O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Fuqarolar muhofazasining amaliy mashg‘ulotlarini


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

 


8.2. Fuqarolar muhofazasining amaliy mashg‘ulotlarini
tayyorlash va o‘tkazish 
Rahbarlar tarkibini, tizimlar va aholini o‘qitishda amaliy mashg‘ulotlarga 
jalb qilish katta ahamiyatga ega. Amaliy mashg‘ulotlar rahbarlar tarkibini, FM 
kuchlarini va aholini FM vazifalarini bajarishga tayyorlashning yuqori va aktiv 
formasi hisoblanadi. Amaliy mashg‘ulotlarda tuzilmalarga kirgan fuqarolarning 
aniq va tartibli harakatlari, turli xil jixozlar, asbob-uskunalar, texnikalardan 
foydalanish uslublari o‘rganiladi, aloqa va tuzilmalarni boshqarish masalalari 
ishlab chiqiladi.
FMning amaliy mashg‘ulotlarini zamon talablariga mos holda o‘tkazish, 
fuqarolarni dushman tomonidan qo‘llaniladigan zamonaviy qurol vositalaridan
shuningdek hududimizda kuzatiladigan tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariyalari 
va fojiyalar oqibatlaridan muhofaza qilish, odamlarda ma’naviy-ijtimoiy va 
psixologik sifatlarni tarbiyalash, ob’ektlarni uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini 
ta’minlash, qutqaruv va tiklov ishlarini amalga oshirish bo‘yicha bilimlarini, 
qobiliyatlarini oshirish imkonini beradi.
FVDTda FMning quyidagi amaliy mashg‘ulotlari tashkil etiladi va 
o‘tkaziladi: 
1. 
shaxsiy tarkib uchun maxsus-taktik; 
2. 
rahbar tarkib uchun shtab-komanda; 
3. 
o‘qitilayotgan hamma toifadagilar uchun, kompleks mashg‘ulotlar. 
Maxsus taktik amaliy mashg‘uloti tuzilmalarning oldiga qo‘yilgan 
vazifalarni bajarishga o‘rgatishdan iborat. Bunday mashg‘ulotlarda har qanday 
FVning (harbiy davrda ham, tinchlik davrda ham) oqibatlarini tugatish, aholini va 
ishlab chiqarish tarmoqlarini muhofaza qilish choralari ko‘riladi va o‘tkaziladi 
hamda komandir-boshliq tarkibining amaliy mahorati takomillashtiriladi.
Tuzilmalar maxsus-taktik mashg‘ulotlarda o‘z ob’ektlarining moddiy-o‘quv 
bazalaridan: har xil qurilmalaridan, jamoaviy himoya vositalaridan foydalanadilar.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling