O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov
-jadval. Bolalar gazniqobini o‘lchovini topish
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matoli niqoblar
11-jadval.
Bolalar gazniqobini o‘lchovini topish Niqob o‘lchami O‘lchov nomi 1 2 3 4 Yuz balandligi, mm 72mm gacha 72-87 88-95 96-103 Gazniqobdan foydalanish umumiy tartibda berilgan «Gazlar» degan komandada, yoki atmosferada radioaktiv birikmalar, zaharli moddalar, biologik ta’sir tarqalganda, mustaqil ravishda kiyib olinadi. Filtrlovchi sanoat gazniqoblari ham bir necha rusumda bo‘lib, ular asosan turli sanoat va qishloq, xo‘jaligi tarmoqlarida kuzatiladigan favqulodda vaziyatlarda ishlatiladi. Ularning turlari va xususiyatlari to‘g‘risida oldingi mavzularda ma’lumot berilgan. Izolyatsiyalovchi gazniqoblar asosan turli xil zaharli birikmalar aralashmasi bo‘lganda, ularning kontsentratsiyasi yuqori bo‘lganda hamda atmosferada kislorod miqdori juda kichik hollarda ishlatiladi. Bundan tashqari, izolirlovchi gazniqoblar suv ostida va er ostida bajariladigan ishlarda ham foydalaniladi. Izolyatsiyalovchi protivogazlar saqlash xususiyatiga ko‘ra 2 gruhga: kislorod bilan kimyoviy bog‘langan gazniqob (IP-4, IP-5) va siqilgan kislorod yoki havo bilan foydalaniladigan gazniqob (KIP-7, KIP-8)larga bo‘linadi. Izolyatsiyalovchi gazniqoblar bilan asosan, fuqaro muhofazasining qutkaruv va avariyani tiklovchi tizimlar ta’minlanadi (suvga cho‘kkan odamlarni, yong‘inda qolgan fuqarolarni qutqaruvchilar, radioaktiv chang tarqalgan va yuqori kontsentratsiyali zaharli modda.lar bo‘lgan joylardagi avariyani tiklovchi va boshqa tizimlar). Resperatorlar asosan radioaktiv va mexanik changlardan nafas organlarini saqlovchi vosita hisoblanadi. Fuqarolar muhofazasida asosan R-2 va ShB-1 rusumli resperatorlar ishlatiladi. Resperator R-2 filtrlovchi yarim niqob va mahkamlovchi tasmadan iborat. Niqobda 3ta klapan: 2tasi nafas olish uchun va bittasi nafas chiqarish uchun xizmat qiladi. Resperatorni tashqi tomoni poliuretanli materialdan, ichki tomoni esa yupqa xavo o‘tkazmaydigan polietilenli plyonkadan tarkib topib, ularni o‘rtasiga filtrlovchi polimer tolalari joylashtirilgan (3-rasm). 3-rasm. Resperator R-2: 1-yarim niqob; 2-nafas oluvchi klapan; 3-nafas chiqaruvchi klapan; 4-burun qisqichi; 5-tasmalar. Chiqarilgan havo esa tashqariga haydaydigan klapan orqali chiqarib yuboriladi. Resperator R-2 uch xil o‘lchamda chiqarilib, uning o‘lchami yuz balandligini o‘lchash orqali aniqlanadi. 1-o‘lcham 99-109 mm, 2-o‘lcham 109-119 mm va 3-o‘lcham 119 dan katta. Bolalar uchun resperator nol o‘lchamda chiqariladi. Resperatorlar polietilenli qopchada germetik ravishda saqlanadi. SHB-1 rsumli resperator 1 martali ishlatiladigan o‘lchamsiz saqlovchi vosita hisoblanib, bunda filtrlovchi element sifatida Petryanov matosi ishlatiladi. SHB-1 resperatori Chernobl avariyasida qo‘llanilib, yaxshi natijalar berganigi ma’lum. Matoli niqoblar - nafas organlarini saqlovchi vositalarning asosiy uslubi sanalib, u radiaktiv moddalardan, biologik tumanlardan saqlovchi vosita hisoblanadi. Lekin bu vosita zaharli moddalardan saqlay olmaydi. Bunday vositalar zich to‘qilgan matolardan har bir fuqaro o‘zi tayyorlashi mumkin va uning rusumi MM-1 deb ataladi. Yana nafas organlarini saqlovchi oddiy vositalar qatoriga paxta, dokali taqqichlar ham kiradi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling