• zararlangan joylardan fuqarolarning evakuatsiya qilish;
• zararlangan hududlarga
odamlarni kiritmaslik;
• fuqarolarni sanitar qayta ishlovdan o‘tkazish, kiyim kechak, texnika,
inshoatlarni dezaktivatsiya qilish.
Radioaktiv moddalar bilan zararlangan joylarda odamlarni hatti-
harakatlari, radiatsiyaviy holatdan kelib chiqib aniqlanadi, bunda:
a) muayyan zararlangan joylarda, odamlar, RSBda bir necha soatdangacha
saqlanishlari va so‘ngra oddiy inshoatlarda bo‘lishlari tavsiya etiladi.
Ammo korxonalar va yashash maskanlar ishlarini
oddiy rejim asosida
amalga oshiradilar.
b) kuchli zararlangan joylardagi fuqarolar himoya inshoatlarda uch
kungacha saqlanishlari va keyingi to‘rtinchi kunda oddiy inshoatlarda bo‘lishlari
mumkin. Bunday holatlarda korxona va maskanlar alohida rejimda ishlashlari,
ochiq joyda ishlovchilar
esa bir necha soatdan, bir necha kungacha ishni
to‘xtatishlari zarur.
v) xavfli va juda xavfli shikastlanishda fuqarolar himoya inshoatlarida uch
kundan kam bo‘lmasliklari, hamda oddiy inshoatlarda
ham tashqariga chiqmasdan
saqlashlari kerak. Bunday korxonalarda hamma oziq-ovqat mahsulotlari germetik
idishlarda saklanishi (shkaflarda, shishali yoki emalli idishlarda,
polietilen
qopchalarda) hamda ovqat tayyorlashda faqat zararlanmagan suvlardan
foydalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: