O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Fuqarolarni favqulodda vaziyat haqida


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

 


6.2. Fuqarolarni favqulodda vaziyat haqida 
“ogohlantirish” tartibi 
 
Favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni himoya qilishning har tomonlama 
omillarida alohida o‘rin tutadigan uslubi - bu fuqarolarni o‘z vaqtida ogohlantirish 
hisoblanadi. 
Ogohlantirish radio, televizor vositalari orqali amalga oshiriladi. Bunda 
fuqarolarni ogohlantirishdan oldin sirena, ishlab chiqarish gudogi, transport 
vositalarining signallari va boshqa belgilar orqali ogoh etiladi. Ya’ni bu belgilar 
«DIQQAT HAMMAGA» degan ma’noni anglatadi. 
Shu belgilarni eshitgan har bir fuqaro radio, televizorlarni qo‘yishlari zarur. 
Har bir ofat yuz berganda, ularni fuqarolarga hamda xalq xo‘jaligiga ko‘rsatadigan 
ta’sir xususiyatlarini hisobga olgan holda ogohlantirish matnlari tuziladi. 
Masala, a) atom elektr stantsiyasida yuz bergan avariya haqida 
fuqarolar muhofazasi quyidagi tartibda xalqni ogoh qiladi: «DIQQAT», 
Fuqaro Muhofazasi shtabidan gapiramiz, Fuqarolar! Atom elektr stantsiyasida 
avariya sodir bo‘ldi. Shu AES atrofida joylashgan «UzBAT» korxonasi, Xamza 
aloqa uzatish tarmog‘i, yangi qurilayotgan metro stantsiyasi, Toshkent mineral suv 
quyish zavodi va uy-joylar, mahallalarga radioaktiv changlarning tushishi 
kutilmoqda. 
Shu hududda yashovchi hamma fuqarolar o‘zlarining, yashovchi uylari 
germetikligini (zichligini) mustahkamlashlari, uy xayvonlarini pana joyga 
kiritishlari, oziq-ovqat mahsulotlarini, suvlarni radioaktiv chang tushishidan 
saqlashlari, o‘zlari esa yodli preparatdan qabul qilishlari kerak. Keyingi xatti 
harakatlar fuqarolar muhofazasi shtabi yo‘riqnomalari asosida boradi». 
b) xavfli kimyo zavodidagi avariyada: 
«Diqqat! Fuqarolar muhofazasi shtabidan gapiramiz, Fuqarolar! Chirchiq 
kimyo kombinatida odamga kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda (KTZM) - 
ammiakning to‘kilishi oqibatida avariya sodir bo‘ldi. Zaharlangan havo Toshkent 
 


shahri tomon tarqalmoqda. Kimyoviy zaharlanish zonasiga o‘sha atrofdagi 
korxonalar va aholi yashash joylari (korxona, mahalla yashash joylari nomlari 
ko‘rsatiladi) kiradi. Kimyo korxonasiga yaqin bo‘lgan ishlab chikarish 
tarmoqlaridagi ishchi xizmatchilar, mahallalardagi yashovchilar o‘z uylarini, ish 
joylarini xavfsiz holatda qoldirishlari (gaz, suv, elektrni o‘chirishlari) va 
Toshkentga evakuatsiyaga tayyorlansinlar. Kimyo korxonasidan uzoqdagi 
korxonalar, mahallalardagi (nomlari ko‘rsatiladi) yashovchilar o‘z ish joylarida, 
uylarida qo‘shimcha germetikligini ta’minlab saqlanishlari lozim. 
Eshitganlaringizni qo‘ni-qo‘shnilarga etkazing!»

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling