O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)
2chizma
Suvni ifloslanishi Tabiiy ifloslanish Sun’iy ifloslanish Radiaktiv ifloslanish Kosmik changlar Metallurgiya sanoati Shamol dovul quyun Mashina- sozlik Yog‘in va sel Yoqilg‘i sanoati Vulqon- larning otilishi Energetika sanoati O‘simlik va xayvon- larning o lishi va chirishi Mashinalarga texnik yordam ko rsatish korxonalari Aerop- lanktonlar Avtobazalar Tog‘-kon sanoati Kimyo sanoati Neft mahsulotlari Kimyoviy o g‘itlar Engil sanoat Qurilish materiallari sanoati Suv sporti Boshqa sanoat korxonalari Yog‘ zavodlari Sutni qayta ishlovchi Go sht sanoati Pivo-vino Min eral iflo sla nish Teri-kun zavodlari Dam olish uyi chiqindilari Sog‘liqni saqlash tashkilot- lari Qog‘oz tsellyuloza sanoati Organik iflosla- nish Chorva- chilik kompleks Boshqa oziq-ovqat- lar korxona O‘rmon va yog‘och- sozlik Shaxsiy xo’jalik Maishiy kommunal Radioaktiv chiqindi Sovutish uchun ishlatiladigan radioaktiv- langan suv Yadro qurollarini ishlatish Boshqa yo’llar bilan vujudga kelgan radioaktiv chiqindi Demak eroziya nafaqat tuproq strukturasini buzadi, balki atrof muhitni ham izdan chiqaradi, inshoatlaraga, magistral yo‘llarga, moddiy resurslarga katta zarar keltiradi va insonlarning o‘limiga sabab bo‘ladi. Eroziya qarshi kurashish tadbirlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: agrotexnik, o‘rmon melioratsiyasi va gidrotexnik. Agrotexnik chora-tadbirlarda almashlab ekishni oshirish, ko‘proq o‘tli o‘simliklarni ekish orqali tuproq zichligini oshirishga erishiladi. O‘rmon melioratsiyasi natijasida o‘simliksiz qoman tog‘ yon bag‘irlarini, tekis qumli yaylovlarni turli buta, daraxtlar bilan qoplash kiradi. Gidrotexnik chora-tadbirlar majmuasiga tog‘ yon bag‘irlarni yuvish va o‘yilishdan saqlash uchun gidrotexnik qurilmalar qurish (to‘g‘onlar, terrasalar), tog‘li xududlarda sel oqimini to‘suvchi va to‘xtatuvchi devorlar, tosh-shag‘al- tuproq-yog‘ochlardan fodalangan xolda qurilmalarni qurish kiradi. Tuproqni sun’iy omillar ta’sirida ifloslanishi: sanoat va shahar chiqindi ahlatlarini (gaz, neft, elektr kabellar ishlab chiqarishida, mineral o‘g‘itlar va zaharli kimyoviy vositalarni qo‘llashda, radioaktiv chiqindi moddalarni erga tashlanishi, transport vositalaridan chiqadigan zaharli moddalar, oqova suvlar tarkibidagi bekorchi jinslar va boshqalar) tuproqqa qo‘shilishi natijasida kuzatiladi. Sanoat chiqindilari 2 xil ko‘rinishda tashqariga chiqarib yuboriladi: a) qattiq sanoat chiqindilariga: qurum, kul, shlak, tog‘-kon chiqindilari, yog‘och, plastmassa va boshqa chiqindi materiallar, mineral va organik changlar hamda sanoat ahlatlari kiradi; b) suyuq chiqindilarga: oqova suvlar qayta ishlanganidan keyin qoladigan chiqindilar kiradi. Sanoat chiqindilarining asosiy qismi konchilik, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, yog‘ochni qayta ishlash, IES, kimyo, neftni qayta ishlash, paxta tozalash, to‘qimachilik, tsement ishlab chiqarish va boshqa tarmoqlarda hosil bo‘ladi. Sanoat qattiq chiqindilari o‘simliklarga, hayvonlarga va odamlarga katta zarar keltiradi. Masalan, fosfogips (o‘g‘it ishlab chiqarish sanoatida chiqadigan chiqindi mahsulot) sizot suvlarini ifloslantirishi va zaharlashi mumkin. Ishlab chiqarishning ba’zi chiqindilari tarkibida og‘ir metallar: xrom, qalay, qo‘rg‘oshin, surma va boshqa zaharli moddalarning birikmalari tuproqdan o‘simliklar va hayvonlar orqali odam organizmiga tushadi va turli xil og‘ir kasalliklarga olib keladi. Kontserogen xossalarga ega bo‘lgan changlarni, oltingugurt, azot, uglerod birikmalarini ajralishi inson faoliyati uchun juda havflidir. Tuproq qatlamining radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi ham juda havflidir. So‘ngi yillarda dunyoning bir qator mamlakatlarida radioaktiv moddalardan foydalanish (xarbiy va tinchlik maqsadlarida) oqibatida ekologik falokatlar kuzatilmoqda. Radioaktiv moddalarni qazish, tashish va ishlatish jarayonida, atom bombalarini ishlashi va portlashi davrida, AES larni avariyaga uchrashida, radioaktivlashgan juda mayda chang zarrachalari atmosferaga ko‘tarilib, keyin yomg‘ir bilan yoki o‘zi erga-tuproqqa tushib, uni zaharlaydi. Bunga misol qilib, 1986 yilda Chernobl AES dagi avariyani keltirish mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda 1946-1970 yillari mobaynida sobiq ittifoq tomonidan qirg‘izistonning Maylisoy xududining 23 ta eriga radioaktiv chiqindilar ko‘milgan. Mabodo, o‘sha xududlarda sel, er ko‘chkisi ofatlari yuz beradigan bo‘lsa, nafaqat qirg‘iziston xududi va xalqi uchun, balki O‘zbekiston-ning Farg‘ona vodiysi uchun ham katta ekologik havf tug‘diradi. Bunday havfli xududlarda 10mln.dan ortiq fuqarolar yashaydi. Dunyo bo‘yicha tuproq qatlamining kimyoviy moddalar, ayniqsa pestitsidlar, gerbitsidlar bilan ifloslanishidan saqlashda ularni qoidasiga, normasiga, vaqtiga qarab ishlatishga erishish muhim ahamiyatga ega. Biroq ba’zan yuqori hosil olish va zararkunanda hashoratlariga, begona o‘tlarga qarshi kurashish maqsadida o‘g‘itlarni hamda zaharli kimyoviy moddalar haddan tashqari ko‘p ishlatiladi. Natijada qishloq xo‘jaligi ekinlari ularni o‘zlashtira olmaydi va oqibatda ularning bir qismi tuproqda to‘planib qolib uni zaharlaydi. Olimlarning fikricha kimyoviy zaharli moddalarning havfi AESlarning radioaktiv chiqindilari havfidan 9 barobar havfli ekan. hozirgi vaqtda jahon bo‘yicha ekinlarni himoya qilish uchun turli kimyoviy moddalardan gektariga 300 gr, harbiy Evropa va AQSHda 2-3 kilogramm, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida 200gramm solinayotgan bir vaqtda, paxta dalalarimizda ishlatilayotgan kimyoviy moddalarning yillik miqdori (1990 yil) gektariga 57,7 kg ni tashkil etgan bo‘lsa, xozirgi kunda ulardan foydalanish deyarli 2 barobar kamaygan. Shuning uchun tuproqni zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishidan saqlash uchun begona o‘tlarga qarshi, o‘simliklar bargini to‘kishda, zaharsiz, kishi salomatligiga zarar etkazmaydigan kimyoviy vositalarni qo‘llash katta ahamiyatga ega. Hozirgi kunda maishiy chiqindilarning miqdori ham ortib, ekologik muammolarni yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Ma’lu-motlarga ko‘ra har yili bir nafar shahar aholisiga o‘rtacha 300 kg miqdordagi maishiy chiqindilarni ishlash to‘g‘ri kelmoqda. Shuning uchun Dunyo miqyosida sanoat va maishiy chiqindi ahlatlarni yo‘qotish, jahonshumul masalaga aylandi. Chunki uni yoqish atrof-muhitni, erlarga ko‘mish esa tuproqni ifloslashtiradi va har xil kasalliklar tarqatuvchi mikroblarning ko‘payishiga imkon yaratadi. Shuning uchun hozirgi kunda tuproq qoplamini ifloslanishidan saqlash, chiqindilarni qayta ishlash yoki ularni zararsizlantirib tashlash eng dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Jumladan chiqindilarni qayta ishlash orqali qimmatbaho metallar (konserva bankalar, har xil metal parchalari) rezina buyumlari, plastmassa materiallari va boshqalar ajratib olinmoqda. Ajratib olingan rezina, yog‘och parchalarini gidroliz yordamida (parchalash orqali) yonuvchi gaz, saqichli smola, qattiq uglerodli birikmalar, qolgan qismidan esa kompost olinmoqda. Kompostning harorati yuqori bo‘lganligidan undan issiq xonalarda tuproqni qizdirishda, o‘g‘itlashda ishlatiladi. Shahar axlati va sanoat chiqindilari (simob, rux, margimush, mis, qo‘rg‘oshin, ftor, marganets kabi zaharli kimyoviy moddalar tutgan va maishiy kammunal chiqindilari) tashlangan erlarda tezlik bilan sanitariya hududlari tashkil etilib oldi olinmasa, o‘sha joylar tuprog‘i o‘ta ifloslashib, tabiiy xolda tozalana olmaydi. Chunki tuproqda kimyoviy va organik moddalar miqdori ortib, mikroorganizmlar, ayniqsa (kasallik tarqaluvchi) mikroorga-nizmlar ko‘payib ketishiga sharoit vujudga keladi. Ma’lumotlarga ko‘ra 1 ga toza tuprqda 16-150000 ming bakteriya mavjud bo‘lsa, birga ifloslangan tuproqda 1 mld.gacha mikroblar borligi aniqlangan. Oqibatda tuproq ifloslanib, har xil yuqumli kasalliklarni, jumladan sibir yazvasi, o‘lat vabo, ichburug‘ tifi, sil kasalligini tarqatuvchi manbaaga aylanadi. Shunday qilib, atmosfera havosini, tuproqni va suv basseyinlarini turli xil zararli moddalar bilan ifloslanishi oqibatida ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar kelib chiqadi. Bunday ekologik vaziyatlar nafaqat atrof-muhitni izdan chiqaradi, balki insonlarning salomatligiga normal hayot faoliyatiga kata xavf tug‘diradi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling