O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov
Bug’alteriya, iqtisod va boshqa
Download 3.68 Mb. Pdf ko'rish
|
kompyuter taminoti daslik 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- V bob . DASTURLASH TEXNOLOGIYASING USKUNAVIY VOSITALARI VA TEXNOLOGIYALAR
- 25-§. Dasturlash texnologiyasi va uning imkoniyatlari
10. Bug’alteriya, iqtisod va boshqa
sohalarda qo‘llaniladigan dastur? 256 A. Turbo Pascal B. 1C C. Power Point D. Access V bob . DASTURLASH TEXNOLOGIYASING USKUNAVIY VOSITALARI VA TEXNOLOGIYALAR Ushbu bobda dasturlash texnologiyasi, Visual basic dasturlash tili, Delphi dasturlash tili, C++ dasturlash tili va ularning imkoniyatlari, dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari, Elektron va multimediyali qo‘llanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalari haqidagi bilimlarning bilan tanishasiz. 25-§. Dasturlash texnologiyasi va uning imkoniyatlari Fan va texnikaning keyingi yillardagi yutuqlarini juda qup hollarda dasturlash bilan bog’liq deb hisoblashadilar. Ammobuto`gri emas. Birinchi va tuzilishi jihatidan murakkab bo`lgan ko`p maqsadlihisoblash qurilmalari XIX asrda yaratilgan bo`lib, ularga dastur tuzish muammosiga birinchi bo`lib Ada Lavleys (u Charlz Bebbidjning «Difference Engine» hisoblash mashinasida ishlar edi) duch kelgan. 1949 yilibirinchi dasturlash tili Short Code yaratilgan. Elektron hisoblash mashinalarining dastlabki avlodlaridadastur tuzuvchilar lasturlarni mashina kodlarida yaratishar edi. Tasavvur etish uchun «Hello, word!» kabi matnni chiqarish uchun yaratilgan dasturning bir qismini keltiramiz va siz uning naqadar dasturchi uchun noqulay ekanini anglab etasiz. Mashina kodlari keyingi yillarda dasturlash olamiga kirib keluvchilar (elektronika sohasidagi nomutaxassislar) uchun noqulay bo`lgan. Ammo tez orada foydalanuvchila uchun tushunarli bo`lgan yuqori darajali dasturlash tillari yaratilib, dasturlash bilan shug’ullanuvchidar safi kengayishiga sabab bo`ldi. Birinchi yuqori darajali dasturlash tillariga 20 asrning 50-yillaridabo`lib yaratilgan FORTRAN, Cobolva Algollarni keltirish mumkin. Bu tillar shu kunlarda ham «yashab kelmoqdalar» va keyingi yillarda yaratilgan minglab dasturlash 257 tillarining avlodlaridan hisoblanishadi. Quyidagi kedtirilgan sxemada dasturlash tillarining qisqa tarixini keltiramiz: Dasturlash tillari ichida 1958 yilda yaratilgan Algol tili muhim o`rinni egallaydi. Uning yaratuvchilardan biri Djon BekusFORTRAN tilining asoschilaridan biri bo`lgan. ALGOritmic Language nomi bu tilning algoritmlarni yozish uchun mo`ljallanganligidan dalolat beradi. Juda ham aniq mantiqiy tuzilishga ega bo`lgan Algol tili ilmiy va texnikaviy adabiyotlarda algoritmlarni yozish uchun qo`llanila boshlandi. Keyingi yillarda uning Algol 60 va Algol 68 versiyalari yaratildi. Algol 68foydalanish uchun noqulay holda yaratilgan bo`lib shveytsariyalik olim Niklaus Virt uning qabul qilinishiga o`zining noroziligini bildirdi Shu bilan birgabu versiya qator dasturlash tillarining yaratilishiga sababchi bo`ldi. 1967 yili Niklaus Virt Algol W nomli o`zining versiyasini yaratdi. Ammo muallifga shu kungacha mavjud bo`lgan dasturlash tillaridagi noqulayliklar yoqmas (jumladan, talabalarni dasturlar yaratish metodlaribilan tanishtirishda dasturlash tillarining imkoniyatlaridan foydalanish) va u 1968 yili o`zining dasturlash tilini yaratishga kirishdi. 1970 yili dasturlash olamida ikki olamshumul hodisa yuz berdi: birinchisi Unix operatsion tizimining yaratilishi bo`lsa, ikkinchisi Pascal dasturlash tilining yaratilishi. Niklaus Virt bu tilni XVII asrning buyuk faylasuf va matematigi Blez Paskal sharafiga Pascal dasturlash tili deb atadi. Dastlab, dasturlash tilining to`liq 258 versiyasi SDC6000 kompyuteri uchun yaratilgan. O`zining aniqligi, mantiqiyligi va boshqa qator xususiyatlari bilan dasturlashni o`rgatishdagi imkoniyatlari bilan bu dasturlash tili o`z o`rnini topa oldi. 1975 yiliBill Geyts va Pol AllenBASIC dasturlash tili versiyasini, Virthamda Yensen esa «Pascal User Manual and Report» tilini yaratishdi. Keyingi yillarda bu dasturlash tillarining iurli versiyalari yaratila boshlandi. Jumladan, kompyuter texnologiyalari sohasidagi muhim hodisalaridan biriga aylangan 1983 yilda Borland firmasi yordamida Filip Kan tomonidan yaratilgan Turbo Pascal dasturlash tili shulardan biridir. Shu vaqtgacha bu tilning qator versiyalari ko`zga tashlandi (1992 yili, Borland 7. 0). Jahondagi mashhur korporatsiyalardan biri bo`lgan Borlando`zining qator dasturlash tillari turli opertsion tizimi uchun yaratgan va ulardan ayrimlari keltiramiz: Operatsion tizimlar Dasturlash tillari MS-DOS Turbo Pascal, Turbo S, Turbo Assembler WINDOWS Delphi, C++ Builder, JBuilder, Linux Kylix Dasturlash tili-matnlarni yozish qoidalari tizimidan iborat bo`lib, kompilyator tomonidan bu matnlar aniq instruktsiyalar va kattaliklar to`plami sifatida taqdim etilishi zarur. Barcha dasturlash tillari o`zlarining mashina tiliga bog’liqlik darajasi bilan baholanadilar. Mashina tiliga bog’liq tillarda instruktsiya va operandlar maxsus belgili nomlar bilan ifodalanadilar. Masalan, Intel protsessori uchun assembler tilida yozilgan dasturdan lavha keltiramiz: Mov cx, 100 Les bx, AOB Dec bx @@Test : iNC bx Cmp Byte PTR [bx], 0 Loopne @Test Mashina tiliga bog’liq tillarning afzalligi yuqori darajadagi dasturlarni yaratishda bo`lib, bu dasturlar xotirada minimal hajmni egallab, hisoblashlarni 259 maksimal tezlikda bajaradilar. Ammo bu tillar yordamida murakkab dasturlarni yaratish nihoyatda noqulay. Download 3.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling