O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

 
RAM EDO xotirasi MP uchun qiymatlarni TEQQ, ning o`kishiga kerak 
bo`ladigan vaqtni qisqartiradi, xususan, EDO da registr «zanjirlar» to`plani 
qo`shilgan, ularning hisobotiga chiqishdagi qiymatlar mikrosxemaga keyingi 
so`rovgacha ushlanib turilishi mumkin (bugungi kunda RAM EDO tipidagi xotira 
o`rtacha 45 nanosekund murojaat qilish vaqtiga va 264 Mbayt/s processor—xotira 
qiymatlarini maksimal uzatish tezligiga egadir.
 
SD RAM xotirasi tizim unumdorligini, TEQQ, ishlash tezligining processor 
shinasini ishlash tezligi bilan bir-biriga moslashishi hisobiga oshiradi (SD RAM 
hozir 200 MGc chastotalargacha ishlashi mumkin). Bu xotirada qiymatlarga 
murojaat qilish vaqti MP ning ichki taktli chastotasiga bog’liqdir va 6— 10 ns ga 


90 
etadi, qiymatlarni processor—xotira bo`yicha maksimal uzatish tezligi 528 Mbayt/s 
(!) (haqiqatda processor—kesh xotira bo`yicha uzatish tezligiga teng). SD RAM 
xotirasi SHK ning unumdorligini umumiy 25 % ko`paytiradi va ayniqsa jonli 
videografikalarni ko`rib chiqishda va uch o`lchamli grafika bilan ishlashda qulaydir.
Aslida ta’kidlash kerakki, oxirgi raqam SHK kesh-xotirasiz ishlashga xosdir 
— kuchli kesh bor bo`lganda unumdorlikdagi yutuq bir necha foizlarni tashkiletishi 
mumkin.
Xotiraning bu turlarini umumiy qo`llashni Intel 430 TX, VIA Apollo 580 va 
ularga o`xshash bosh platadagi mikrosxemalar to`plani amalga oshiradi (ba’zida 
jargonda ularni Triton 3 deb atashadi).
 
Doimiy eslab qolish qurilmasi (DEQQ) ham bosh platada o`rnatilgan 
modullar (kassetalar) asosida quriladi va ushbu o`zgarmaydigan axborotlarni 
saqlash uchun ishlatiladi: operatsion tizimning yuklovchi dasturlari, kompyuter 
qurilmalarining testlash dasturlari va kiritish-chiqarish bazaviy tizimining (BIOS) 
bazi drayverlari va b. DEQQ dan faqat ma’lumotlarni o`qish mumkin, DEQQ ga 
ma’lumotni yozish EHM dan tashqarida laboratoriya sharoitlarida bajariladi. DEQQ 
ning modullari va kassetalari, odatda, bir necha yuz kilobaytdan ortmaydigan 
sig’imga ega. DEQQ, energiyaga bog’lik, bo`lmagan eslab qolish qurilmasidir.
Izox, 
keyingi 
yillarda 
ba’zi 
SHK 
larda 
yarim 
doimiy, 
qayta dasturlanadigan eslab qoluvchi qurilmalar Flash-xotira ishlatila boshlandi. 
Flash-xotiraning modullari yoki kartalari tug’ridan to`g’ri bosh plata raz’yomlariga 
o`rnatilishi mumkin va quyidagi parametrlarga ega: sig’im 32 Kbaytdan 15 
Mbaytgacha; o`qish bo`yicha murojaat qilish vaqti 0, 06 mks; bir baytni yozish vaqti 
taxminan 10 mks; Flash-xotira energiyaga bog’liq bo`lmagan eslab qolish 
qurilmasidir.
Ma’lumotni qayta yozish uchun Flash-xotiraning maxsus kirishiga dasturlash 
kuchlanishini berish kerak (12 V), bu ma’lumotning tasodifiy o`chib ketish 
imkoniyatining oldini oladi. Flash-xotirani qayta dasturlashni bevosita disketadan 
yoki SHK klaviaturasidan maxsus nazoratchi bor bo`lganda yoki SHK ga ulanadigan 
tashqi dasturlagich orqali bajarish mumkin.


91 
Flash-xotira juda tez harakat qiladigan, ixcham, alternativ MDY eslab qolish 
qurilmalarini — «qattiq jismli disklarni» yaratish uchun ham, BIOS dasturlarini 
saqlaydigan DEQQ, ni almashtirish uchun ham juda qulay bo`lib, u SHK ni 
modernizaciya qilishda bu dasturlarni «to`g’ridan to`g’ri disketadan» yangilash va 
yangiroq versiyalarga almashtirish imkonini beradi.
 
Tuzulish jihatdan asosiy xotira har biri 1 bayt sig’imga egabo`lgan millionlab 
alohida xotira yacheykalaridan tashkil topadi. SHK lar asosiy xotirasining umumiy 
sig’imi 1 Mbaytdan 128 Mbayt oraliqda bo`ladi. TEQQ, sig’imi DEQQ, sig’imidan 
bir-ikki tartib yuqoridir: DEQQ, 64, 128, (kamroq 256) Kbaytni band etadi, qolgan 
sig’im — bu TEQQ, dir.

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling