O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

Image [disk yurituvchi nomi] 
Agar disk yurituvchi kо‘rsatilmasa, faol (joriy) disk yurituvchi tushuniladi.
Image.bak faylini xosil kilishni bekor qilish uchun Image/Noback buyrug‘i 
beriladi.
Image dasturining bajarilish vaqti juda qisqa, shuning uchun uni tez-tez 
bajarib turish tavsiya etiladi.
Yordamchi diskni tayyorlab qо‘yish ham foydalanuvchi uchun muhimdir. 
Yordamchi disk nima va uning vazifasi qanday, degan savolga javob beraylik. 
Kompyuterning boshlang‘ich yuklanish jarayonida DOS ning tizimlarini ochish va 


168 
ularni ishlatish uchun (ya’ni boshkarishni buyruq fayllarga berish uchun) BIOS 
dasturlaridan foydalaniladi. Agar bu dasturdagi ma’lumotlar buzilgan bо‘lsa, 
kompyuter ishga tushmaydi (yuklanish oxiriga Yetmaydi) yoki ba’zi bir mantiqiy 
disklar (diskdan yuklanish rо‘y berganda) «kо‘rinmaydi». Bunday holatda 
yo’qolgan yoki buzilgan ma’lumotlarni tiklash oson ish emas, xatto mutaxassislar 
uchun xam talaygina vaqt talab qiladi. Bu vaziyatda Rescue dasturi yordam beradi. 
Ushbu dastur ma’lumotlarni (yuklash dasturini) yordamchi diskka yozib qо‘yadi va 
ularni shu diskdan qayta tiklab beradi.
Yordamchi diskni tayyorlash uchun 2 — 3 daqiqa vaqt sarf etiladi va har safar 
DOS konfiguratsiyasi о‘zgartirilganda yordamchi diskni yangilab turish tavsiya 
etiladi.
Kompyuterni ishlatish jarayonida diskda juda kо‘p keraksiz va bak 
kengaytmali fayllar xosil bо‘ladi. Xotirani kengaytirish, tozalash maqsadida qattiq 
disklarni keraksiz fayllardan tozalash uchun Wipeinfo dasturidan foydalanish 
mumkin.
Kompyuterdan kancha kо‘p foydalaNilsa, qattiq diskning fayllarga tо‘lib 
qolish extimoli shuncha ortadi. Albatga, har qanday axborotni u ishlatib bо‘lingach, 
xotiradan о‘chirish kerak buladi. Lekin shunda xam ba’zi bir «keraksiz» fayllar soni 
kо‘payib ketadi. Bunday xollarda (ba’zan, axborot xajmi anchagina katta 
bо‘lganda), axborotlarni «sikuvchi» maxsus arxivlash dasturlari qо‘llaniladi. 
Arxivlash dasturlari maxsus uslublarni qо‘lllash xisobiga axborotlarni «siqish» 
imkonini beradi, ya’ni axborotning nisbatan kichik xajmdagi nusxasini yaratish 
hamda bir nechta faylni bitta faylga birlashtirish imkonini beradi. Bunday dasturlar 
bilan keyingi bobda tanishasiz.
Qattiq diskdagi manzillar joylashishi yagona tizim (kо‘rinish)ga ega bо‘ladi. 
Bu xolat barcha kо‘rinishdagi disklarga taalluqli. Diskni doimiy ishlatish jarayonida 
– fayllarni yozish, о‘chirish, qayta yozishda juda kо‘p bо‘sh joylar xosil bо‘ladi va 
kо‘pgina fayllar bо‘lak-bо‘lak bо‘lib ajralib qoladi.
Shunga о‘xshash hollarda fayllar joylashishini optimallashtiruvchi dastur, 
masalan, SpeeDisk yoki ScanDisk dasturlaridan foydalanish mumkin. Bu dasturlar 


169 
barcha fayllarni disk (manzil) boshlanishiga kо‘chiradi va fayllarning bо‘laklarga 
ajralishini tо‘g‘rilaydi. Bunday dasturlarning bajarilishi bir necha minutni tashkil 
etadi. Shu bois, vaqti-vaqti bilan komlyuterning barcha mantiqiy disklarini 
optimallashtirish maqsadga muvofiq. 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling