O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

«
Предметный указатель » (mavzu kursatkichi) bо‘limi sizga ma’lumot 
mavzusini sо‘z yoki termin buyicha qidirish imkonini beradi. Ma’lumot indekslari 
alfavit tartibida sanab utilgan barcha kalit sо‘zlari bilan olingan kitobning real 
indeksiga uxshashdir. Bu bо‘lim, foydalanuvchi maxsus mavzuni «Soderjaniye» 
(Mundarija) bо‘limida topa olmagan xolda, juda qulaydir. 
Agarda atama yoki ishorani boshqa yul bilan topish mumkin bulmasa, 
« Поиск» (Qidiruv) bо‘limini tanlash kerakli ma’lumotni topish imkoniyatini 
beradi. Bu usul bitta maxsus imkoniyat buyicha barcha mavzularni topish kerak 
bо‘lgan xolda qulaydir. 
WINDOWS XP tizimi savol-javob oynasining ixtiyoriy sohasi buyicha 
ma’lumot olish uchun shu oynaning ixtiyoriy sohasida sichqonchaning ung 
tugmachasini bosish kerak. Unda «что это такое?» (Bu nima?) savoli aks etadi. 
Sichqonchani kerakli band ustiga olib kelib bosilsa, ma’lumotning qisqa kurinishi 
aks etadi. 
«
Выполнить » (Bajarish) bо‘limi ixtiyoriy dastur yoki faylni ishga tushirish 
uchun ishlatiladi (Agar kerakli dastur «
программы » (Dasturlar) qismida bulmasa, 
bu opsiya juda zarurdir). 
«
Завершение работы » (Ishni tugatish) qismi ish tugagach, kompyuterni 
bezarar uchirishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, ushbu qism kompyuterni yangidan 
ishga tushirish yoki tarmoqda yangidan rо‘yxatdan о‘tkazish imkoniyatlariga ega. 


162 
16-§. 
Fayllar va disklarga xizmat kо‘rsatuvchi dasturlar 
Kompyuter axborotlarni qayta ishlovchi qurilma sifatida xizmat qilar ekan
undan foydalanish inson uchun qulay va sodda bо‘lishi kerak. Bunday imkoniyatni 
esa, har bir foydalanuvchi о‘ziga moslab «yaratib oladi».
Bunday muhitga nimalar kiradi? Birinchidan, kompyuter siz mо‘ljallagan 
ishlarni bajara olishi uchun u yetarlicha xotiraga ega bо‘lishi, yetarlicha tezlikda 
ishlay olishi, zarur qurilmalarni ishlata oladigan dastur ta’minotiga ega bо‘lishi 
lozim. Bular kompyuterning texnik jihatdan talabga javob berishini taqozo qiladi. 
Foydalanuvchi ulardan о‘ziga mosini tanlashi maqsadga muvofiq. 
Sistemali blokni qulay joyga о‘rnatish lozim. Uning ustiga printerlarni qо‘yish 
yaramaydi. Bu kompyuterning ishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Sistemali blokka 
ulanadigan barcha simlarni faqat kompyuter о‘chirilgan vaqtdagina ulash yoki 
sug‘urish mumkin.
Ikkinchidan, foydalanuvchi har kuni amalga oshiradigan ishlarini bajarish 
uchun interfeysni qulay holatga keltirib qо‘yishi lozim. Masalan, birgina matn 
muharririga kuniga bir necha marta murojaat qilinishi mumkin. Bunday dasturni 
ishga tushirish uchun bir necha katalog ichiga kirish talab qilinmasligi, balki bosh 
katalogda (Windows muhitida «Рабочий стол» da) joylashishi lozim. Bu 
dasturlardan foydalanish masalasi.
Monitorni vaqti-vaqti bilan nam lattada artib turish, foydalanilmayotgav 
vaqtda kompyuter ustini maxsus g‘ilof bilan о‘rab qо‘yish lozim. Monitorni 
yorug‘lik bilan mutanosib tarzda о‘rnatish maqsadga muvofiq. 
Uchinchidan, qurilmalardan foydalanishni qulay holatga keltirish lozim. 
Masalan, о‘ng qо‘l bilan ishlaydiganlar uchun sichqonchaning chap tugmachasi, 
chap qо‘l bilan ishlaydiganlar uchun о‘ng tugmachasi foydalanish uchun qulay 
bо‘ladi. Ularni operasion tizimdagi mos parametrlarni о‘zgartirish bilan sozlab 
qо‘yish kerak. 
Klaviatura. Klaviatura yetarlicha ishonchli va mustahkam qurilma bо‘lgani 
bilan, uni e’tibordan chetda qoldirish kerak emas. Hech qachon klaviatura ustiga 
biror narsa qoymaslik, uning yoniga suyuqlik solingan idishlar qо‘ymaslik lozim. 


163 
Chunki, non ushoqlari, suyuqliklar klaviatura tugmalari ichiga tushib qolishi 
oqibatida u ishdan chiqishi mumkin. Klaviaturadan foydalanilmayotgan vaqtda 
uning ustini berkitib qо‘yish maqsadga muvofiq.

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling