O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

 
Tez eslab qolish qurilmasi (TEQQ SHK ishining joriy bosqichidagi 
hisoblash jarayonida bevosita qatnashayotgan axborotlarni (dasturlar va qiymatlar) 
saqlash uchun. mo`ljallangan.
TEQQ — energiyam bog’liq xotira: kuchlanish uzilganda unda saqlanayotgan 
ma’lumot yo`qoladi. TEQQ, asosini yarim o`tkazgichli eslab qolishelementlarining 
(triggerlarni) matricasini o`z ichiga olgan katta integral sxemalar tashkil etadi. Eslab 
qoluvchi elementlar matricaning vertikal va gorizontal shinalarining kesishishida 
joylashgan; ma’lumotlarni yozish va o`qish tanlangan xotira yacheykasiga tegishli 
bo`lgan elementlar bilan ulangan matricaning shinalari bo`yicha elektr impulslarni 
berish orqali amalga oshiriladi.
Konstruktiv jihatdan tezkor xotira elementlari ayrim xotira modullari 
ko`rinishda bajariladi — katta bo`lmagan plataga bitta yoki bir nechta 
mikrosxemalar kavsharlangan.
Qo`llaniladigan modullar tiplari: 
— DIP (Dual In Line Package) va SIPP (Single In Line Package), hozir juda kam 
qo`llanilmoqda; 
— SIMM (Single In Line Memory Module); SIMM modullari 256 Kbayt, 1, 4, 8, 
16, 32 yoki 64 Mbayt sig’imga ega, saqlanayotgan bitlar juftligini nazorat qilinadi 
va nazorat qilinmaydi; kompyuterning bosh platasi raz’yomlariga mos keluvchi 30 


89 
- («qisqa» — eskirgan variant) va 72-kontaktli («uzun») raz’yomlarga ega bo`lishi 
mumkin; uzun modullar RAM EDO xotirasini tashkil etishda ham qo`llaniladi.
— DIMM (Dual In Line Memory Module) — 168-kontaktli raz’yomlarga ega 
bo`lgan yangi tipdagi moduldir; shunday mos raz’yomlarga ega bo`lgan faqat yangi 
tipdagi tizimli platalarga o`rnatilishi mumkin. DIMM modullari RAM EDO va SD 
RAM xotiralarni tashkil etishda qo`llaniladi.
486 MP uchun bosh platalarda 30- va/yoki 72-kontaktli modullar ishlatiladi, 
Pentium-mashinalarda esa odatda 72-kontaktli SIMM modullar yoki 168-kontaktli 
DIMM modullar qo`llaniladi. 30-kontaktli SIMM modulning uzunligi 10 sm dan 
oshiqroq, DIMM modulning uzunligi esa 13 sm atrofida. Bosh platala xotira 
modullarini o`rnatish uchun bir nechta raz’yomlar guruhi (banklar) bo`lishi mumkin, 
bitta bankka bir xil sig’imli bloklarni qo`yish mumkin, masalan, faqat 1 Mbaytdan 
yoki faqat 4 Mbaytdan, turli xil sig’imli bloklarni faqat turli banklarda o`rnatish 
mumkin. Ko`pchilik mikrosxemalarda murojaat qilish vaqti 60 yoki 70 ns; agar bosh 
plata 60 nanosekundli modullarga mo`ljallangan bo`lsa, unga 70 nanosekundli 
modullarni o`rnatish mumkin emas, teskarisiga esa mumkin.
Hozir tez saxifali murojaat qilinadigan FPM (Fast Page Mode) xotira bilan bir 
qatorda Pentium va Pentium Pro MP lari uchun ishlab chiqilgan ko`paytirilgan 
tezkorlikli DRAM xotirasining ushbu yangi tiplari paydo bo`ldi: RAM EDO 
(Extented Data Output) va SD RAM (Synchronous DRAM).

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling