O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

 
Drayver — maxsus dastur bo`lib, u xotira va EHM tashqi qurilmalarining 
ishini boshqaradi va MP, AX va EHM ning tashqi qurilmalari orasidagi axborot 
almashinuvini tashkil etadi.
 
Standart xotira (SMA — Conrentional Memory Area) deb O dan 640 
Kbaytgacha oraliqdagi bevosita adreslanadigan xotiraga aytiladi.
64 K dan 1024 K gacha adreslar diapazonidagi bevosita adreslanadigan 
xotira yuqori xotira (UMA — Upper Memory Area) deb ataladi. YUqori xotira 
displei (videoxotira) va doimiy eslab qolish qurilmasi xotirasi uchun rezerv qilib 
qo`yilgan. Lekin odatda yuqori xotirada bo`sh uchastkalar — xotirani boshqarish 
dasturlari yordamida (drayverlar) umumiy vazifali tezkor xotira sifatida ishlatilishi 
mumkin bo`lgan «oynalar» qoladi.
 
Kengaytirilgan xotira — bu 1024 K va undan yuqori adresli xotiradir.
Bu xotiraga murojaat qilishning ikki asosiy usuli mavjud: 
— XMS specifikatsiyasi (u holda bu xotirani XMA — extended Memory Area deb 
ataladi) bo`yicha; 
— EMS specifikatsiyasi bo`yicha (xotirani EM — Expanded Memory deb ataladi).
XMS (Extended memory Specification) specifikatsiyasiga muvofiq 
kengaytirilgan xotiraga murojaat qilish maxsus drayverlarni (masalan, 
HIMEM.EXE - High Memory Manager) ishlatib, kerak bo`lganda XMA ning 
alohida maydonlarini yuqori xotiraning (UMA) bo`sh soholariga jo`natish nuli bilan 
tashkil etiladi. Bu xotirani ba’zida qo`shimcha xotira deb ataladi.
EMS (Expanded Memory Specification) specifikatsiyasi ancha ilgarigi 
hisoblanadi.Bu specifikatsiyaga muvofiq murojaat qilish jo`natish yo`li bilan emas, 
balki kerak bo`lganda Expanded Memory ning alohida maydonlarini yuqori 
xotiraning bo`sh sohalarida aks ettirish yo`li bilan amalga oshiriladi.Aks ettirish 
EMA maydonlari adreslarini UMA ning bo`sh «oynachalariga» dinamik 
joylashtirish yo`li bilan tashkil etiladi; bunda UMA oynasida qayta ishlanayotgan 
axborot emas, balki shu axborotga murojaat qilishni ta’minlaydigan faqat adreslar 
saqlanadi.


94 
EMS specifikatsiyasi bo`yicha tashkil etiladigan xotira aks ettiriladigan 
nomini olgan, shuning uchun Expanded Memory (EM) so`z birikmasini 
ba’zida aksettiradigan xotira deb tarjima qilinadi ( garchi Expanded atamasi 
Extended atamasiga o`xshashdir va aniqroq qilib kengaytirilgan, kattalashtirilgan 
kabi tarjima qilinadi ). Aks etgirilgan xotirani tashkil etish uchun EMM. EXE 
drayveridan (Expanded Memory Manager) foydalanish lozim. Aks ettiradigan xotira 
juda ham sekin harakat qiladi va shuning uchun syokin-asta Extended Memory ga 
o`rnini bo`shatib bermoqda.
Kengaytirilgan xotira asosan qiymatlarni va OT ni ba’zi dasturlarini saqlash 
uchun 
ishlatilishi 
mumkin. 
Ko`pincha 
kengaytirilgan 
xotirani virtual(elektron) disklarni tashkil etish uchun ishlatiladi.
Xotiraning 1024 K dan 1087 K gacha adresli uncha katta bo`lmagan 64 
kilobaytli soxasi bundan mustasnodir (yuqori xotira deb ataladi, ba’zida uni katta 
xotira deyiladi; NMA — High Memory Area), masalan, u bevosita drayverni 
ishlatishda ham adreslanishi mumkin.
NMA istalgan ma’lumotni, shu jumladan foydalanuvchi dasturlarini saqlash 
uchun ishlatilishi mumkin.
Izoh. Zamonaviy SHK larda virtual adreslash rejimi (Virtual — tasavvur qiladigan, 
tuyuladigan) mavjuddir. Virtual adreslash katta sig’imli AX bor bo`lganda yoki 
virtual xotirani tashkil etishda SHK ning adres kengligini oshirish uchun ishlatilib, 
unda AX bilan bir qatorda tashqi xotiraning (odatda diskli) bir qismi ham ishga 
tushiriladi. Virtual adreslashda absolyut adres A
a6s
ni shakllantirishda A
sega
ning bo 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling