O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov
Xotira. Xotira kompyuterda dasturlar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilma. Xotiranig turlari
Download 3.68 Mb. Pdf ko'rish
|
kompyuter taminoti daslik 2019
Xotira. Xotira kompyuterda dasturlar va berilganlarni, amal natijalarini
saqlaydigan qurilma. Xotiranig turlari ko’p: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va boshqalar. Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bo’lib, prosessor undan amallarni bajarish uchun dastur, berilganlarni oladi va amalni bajarib natijani yana unda 99 saqlaydi. Agar kompyuter o’chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan dasturlar va berilganlar yo’q bo’lib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disketlarda saqlab qolish kerak. Doimiy xotira. Kompyuterlarda berilganlar unda avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira (BIOS –Basic Input-Output Sustem –kiritish-chiqarishning asosiy sistemasi) mavjud. Bunday xotiradan faqat o’qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM Read Only memory- faqat o’qish uchun) deb ataladi. Kesh xotira. Kesh xotira kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprosessor orasida joylashgan bo’lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Mikroprosessorning xotiraga murojatida, kerakli dastur va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Vinchesterlar kompyuterning ichida joylashgan bo’lib, uning hajmi bir necha Gegabaytgacha bo’ladi. Vinchester deganda silindrsimon shakldagi maxsus germetik idishga joylashtirilgan, bir o’qqa mustahkamlangan ustma-ust joylashgan disklarnig majmui tushuniladi. Kompyuterda ma’lumotlarni saqlanishi. Har xil turdagi ma’lumotlar (tovush, matn, tasvir, video) kompyuterda raqamlar (kodlar) ko‘rinishida saqlanadi. Har birini saqlashda kompyuter maxsus qoidani qo‘llaydi. Masalan: musiqani saqlash uchun u har bir vaqt intervalida bo‘lgan tovush tebrlanish kodini xotiraga saqlaydi; tasvirda esa tasvirni bir nechta satr va ustunlarga bo‘lib, kesish nuqtalarning har birining rangini kodini xotiraga saqlaydi; matnda esa har bir belgi, raqam, harf kodini xotiraga saqlaydi. Biz o`nlik sanoq sistemada hamma xisob kitoblarni qilsak, kompyuter esa ikkilik sanok sistemada ularni bajaradi. Shuning uchun ma’lumotlarni minimal hajmi BIT deb nomlanib 1 yoki 0 ga teng bo‘ladi. Bu sonlarni ma’nosi - ha yoki yo`q va to`g`ri yoki noto`g`ri. Maksimal 256 belgi bo‘lishi mumkinligi uchun bitta qanaqadir belgi uchun xotirada 1 BAYT hajm xotira ajratiladi(1bayt=8 bit). Baytdan katta o`lchov birliklari ham bor 1 KILOBAYT = 1024 bayt, 1 MEGABAYT = 1024 Kilobayt, 1 GEGABAYT = 1024 Megabayt. 100 Misol uchun bitta A4 formatli qogozni taxminan 2 Kilobayt hajmli ma’lumot egallaydi. Kompyuter asosan ma’lumotlarni saqlash va ular bilan ishlash uchun kerak bo‘ladi. Shu amallarni bajarish uchun biz kutubxonalardan foydalanamiz. Kutubxonalarda ham ma’lumotlar saqlanadi va ularni biz xoxlagan vaqtda ishlatishimiz mumkin. Kutubxonada ma’lumotlar kitoblarda saqlansa, kompyuterda esa Download 3.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling