O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov
Download 3.68 Mb. Pdf ko'rish
|
kompyuter taminoti daslik 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- — EMS spesifikatsiyasi
- (yuqori xotira
Drayver — maxsus dastur bo’lib, u xotira va EHM tashqi qurilmalarining ishini boshqaradi va MP, AX va EHM ning tashqi qurilmalari orasidagi axborot almashinuvini tashkil etadi. Standart xotira (SMA — Conrentional Memory Area) deb O dan 640 Kbaytgacha oraliqdagi bevosita adreslanadigan xotiraga aytiladi. 64 K dan 1024 K gacha adreslar diapazonidagi bevosita adreslanadigan xotira yuqori xotira (UMA — Upper Memory Area) deb ataladi. Yuqori xotira displeyi (videoxotira) va doimiy eslab qolish qurilmasi xotirasi uchun rezerv qilib qo’yilgan. Lekin odatda yuqori xotirada bo’sh uchastkalar — xotirani boshqarish dasturlari yordamida (drayverlar) umumiy vazifali tezkor xotira sifatida ishlatilishi mumkin bo’lgan «oynalar» qoladi. Kengaytirilgan xotira — bu 1024 K va undan yuqori adresli xotiradir. Bu xotiraga murojaat qilishning ikki asosiy usuli mavjud: — XMS spesifikatsiyasi (u holda bu xotirani XMA — extended Memory Area deb ataladi) bo’yicha; — EMS spesifikatsiyasi bo’yicha (xotirani EM — Expanded Memory deb ataladi). XMS (Extended memory Specification) spesifikatsiyasiga muvofiq kengaytirilgan xotiraga murojaat qilish maxsus drayverlarni (masalan, HIMEM.EXE - High Memory Manager) ishlatib, kerak bo’lganda XMA ning alohida maydonlarini yuqori xotiraning (UMA) bo’sh sohalariga jo’natish yo`li bilan tashkil etiladi. Bu xotirani ba’zida qo’shimcha xotira deb ataladi. EMS (Expanded Memory Specification) specifikatsiyasi ancha ilgarigi hisoblanadi. Bu spesifikatsiyaga muvofiq murojaat qilish jo’natish yo’li bilan emas, balki kerak bo’lganda Expanded Memory ning alohida maydonlarini yuqori xotiraning bo’sh sohalarida aks ettirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Aks ettirish EMA maydonlari adreslarini UMA ning bo’sh «oynachalariga» dinamik joylashtirish yo’li bilan tashkil etiladi; bunda UMA oynasida qayta ishlanayotgan 104 axborot emas, balki shu axborotga murojaat qilishni ta’minlaydigan faqat adreslar saqlanadi. EMS spesifikatsiyasi bo’yicha tashkil etiladigan xotira aks ettiriladigan nomini olgan, shuning uchun Expanded Memory (EM) so’z birikmasini ba’zida aksettiradigan xotira deb tarjima qilinadi ( garchi Expanded atamasi Extended atamasiga o’xshashdir va aniqroq qilib kengaytirilgan, kattalashtirilgan kabi tarjima qilinadi ). Aks etgirilgan xotirani tashkil etish uchun EMM. EXE drayveridan (Expanded Memory Manager) foydalanish lozim. Aks ettiradigan xotira juda ham sekin harakat qiladi va shuning uchun syokin-asta Extended Memory ga o’rnini bo’shatib bermoqda. Kengaytirilgan xotira asosan qiymatlarni va OT ni ba’zi dasturlarini saqlash uchun ishlatilishi mumkin. Ko’pincha kengaytirilgan xotirani virtual (elektron) disklarni tashkil etish uchun ishlatiladi. Xotiraning 1024 K dan 1087 K gacha adresli uncha katta bo’lmagan 64 kilobaytli sohasi bundan mustasnodir (yuqori xotira deb ataladi, ba’zida uni katta xotira deyiladi; NMA — High Memory Area), masalan, u bevosita drayverni ishlatishda ham adreslanishi mumkin. NMA istalgan ma’lumotni, shu jumladan foydalanuvchi dasturlarini saqlash uchun ishlatilishi mumkin. Download 3.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling