O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

Mikroprosessorning tuzilishi 
Arifmetik-mantiqny qurilma (AMK) — sonli va belgili axborot ustida 
barcha arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo`ljallangan (SHK larning 
ba’zi modellarida amallarni bajarilishini tezlashtirish uchun qo`shimcha matematik 
soprocessor ulanadi).
Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMK) axborotni o`zgartirishni arifmetik va 
mantiqiy amallarini bajarish uchun mo`ljallangan.
Funksional jihatdan AMK, (36-rasm) odatda 2 ta registrdan, qo`shuvchidan 
summator va boshqarish sxemasidan (maholliy boshqarish qurilmasi) tashkil topadi.
Qo`shuvchi — uning kirishiga kelayotgan ikkilik kodlarni qo`shish jarayonini 
bajaruvchi hisoblash sxemasidir; qo`shuvchi ikkilangan mashina so`zi 
razryadliligiga egadir.
Registrlar turli uzunlikdagi tez harakat qiluvchi xotira yacheykalaridir: 
Registr 1 (Rg 1) ikkilangan so`z razryadliligiga, Registr 2 (Rg 2) esa so`z 
razryadliligiga egadir.
Amallarni bajarishda Rg1 ga amalda qatnashuvchi birinchi son, amal 
tugagandan keyin esa natija joylashtiriladi; Rg2 ga — amalda qatnashuvchi ikkinchi 
son joylashtiriladi (amal tugagandan keyin undagi ma’lumot o`zgarmaydi). Registr 
1 ma’lumotlarni kodli shinalaridan qabul qilishi va unga ma’lumotlarni berishi 
mumkin; registr 2 bu shinalarddn ma’lumotlarni faqat olishi mumkin.
 
Boshqarish sxemasi ko`rsatmalarning kodli shinasi bo`yicha boshqarish 
signallarini boshqarish qurilmasidan qabul qiladi va ularni registrlarning va AMQ 
qo`shuvchisining ishlashini boshqarish uchun signallarga o`zgartiradi.


85 
AMQQ: arifmetik amallarini faqat oxirgi razryaddan keyin qayd qilingan 
vergulli ikkilik ma’lumot ustida, ya’ni faqat butun ikkilik sonlar bilan bajaradi. 
Ko`chib yuradigan vergulli ikkilik sonlar va ikkilik-kodlangan o`nlik sonlar ustida 
amallarni bajarish yo matematik soprocessorni jalb etib, yoki maxsus tuzilgan 
dasturlar bo`yicha amalga oshiriladi.
Mikroprotsessorli xotira (MPX) — uncha katta bo`lmagan sig’imli, lekin o`ta 
yuqori tezkor xotira — SHK ning eslab qoluvchi qurilmalari bobida qisqacha ko`rib 
chiqilgan (233-betga qarang).
MP ning interfeysli qismi MP ning SHK tizimli shinasi bilan aloqasi va 
moslashishi, shuningdek bajarilayotgan dasturning buyruqlarini qabul qilish, 
oldindan tahlil qilish hamda operandlar va buyruqlarni to`liq adreslarini 
shakllantirish uchun mo`ljallangan.
Interfeysli qims o`zining tarkibiga MPX ning adresli registrlari, adresni 
shakllantirish uzeli, MP da buyruqlar buferi hisoblangan buyruqlar registrlari bloki, 
MP ning ichki interfeysli shinasi va kiritish-chiqarish shinasini va portlarini 
boshqarish sxemasini oladi. (Aytilgan qurilmalarning ba’zilari, go`yoki: adresni 
shakllantirish uzeli va MP bevosita bajaradigan buyruqlar registri funkcional 
jihatdan boshqarish qurilmasi tarkibiga kiradi — 35-rasm. ) 
Kiritish-chiqarish portlari — bu SHK tizimli interfeysining bandlari bo`lib, 
ular orqali MP boshqa qurilmalar bilan ma’lumot almashadi. MP da hamma portlar 
soni 655361 ta bo`lishi mumkin (so`z formata soni bilan tasvirlanishi mumkin 
bo`lgan turli adreslar miqdoriga teng). Har bir port adresga — port nomeriga ega; 
moxiyati bo`yicha, bu xotira yacheykasining adresi bo`lib, u shu portni ishlatuvchi 
kiritish-chiqarish qurilmasining bir qismidir, lekin u kompyuter asosiy xotirasining 
bir qismi emas.
Qurilma porti biriktirish texnikaviyurasini va ikkita xotira registrini 
qiymatlarni almashish va boshqaruvchi ma’lumot almashishni o`z ichiga oladi. 
Ba’zi tashqi qurilmalar almashinishi kerak bo`lgan katta hajmdagi ma’lumotlarni 
saqlash uchun asosiy xotirani ham ishlatadi. Ko`pchilik standart qurilmalar (MDY, 


86 
EMDY, klaviatura, printer, soprocessor va b. ) ularga doimiy biriktirilgan kiritish-
chiqarish portlariga ega.
Shinani va portlarni boshqarish sxemasi quyidagi vazifalarni bajaradi: 
• port adresini va uning uchun boshqaruvchi malumotni shakllantirish (portni qabul 
qilishga yoki uzatishga qayta ulash va b. ); 
• portdan boshqarish ma’lumotini, portning tayyorligi va uning holati to`g’risida 
ma’lumotlarini qabul qilish; 
• kiritish-chiqarish qurilmasi porti vd MP o`rtdsida qiymatlarni uzatish uchun tizimli 
interfeysda tuppa-to`g’ri kanalni tashkil etish.
Shinani va portlarni boshqarish sxemasi portlar bilan aloqa uchun 
ko`rsatmalar, adreslar va ma’lumotlarning kodli shinalarini ishlatadi: portga 
murojaat qilishda MP KXSH bo`yicha signal yuboradi, bu signal barcha kiritish-
chiqarish qurilmalariga AQSH dagi adres port adresi ekanligi to`g’risida xabar 
beradi, keyin esa port adresining o`zini yuboradi. Port adresi mos kelgan qurilma 
tayyorlik to`g’risida javob beradi. Bundan keyin KKSH bo`yicha ma’lumotlarni 
almashish amalga oshadi.
Mikroprotsessorning tuzilishini biz asosan birinchi mavzuda ko`rib o`tilgan 
bo`lsa-da, ayrim qurilmalari ishi bilan kengroq tanishamiz.
Buyruqlar registri — eslab qoluvchi registr bo`lib, unda buyruq kodi: bajariladigan 
amal kodi (BAK) va amalda qatnashuvchi operandlar adreslari saqlanadi. Buyruqlar 
registri MP ning interfeysli qismida, buyruqlar registrlari blokida joylashgan.
 
Amallar deshifratori — mantiqiy blok bo`lib, u buyruqlar registridan 
kelayotgan amalning kodiga (BAK) mos ravishda unda mavjud bo`lgan 
chiqishlardan bitgasini tanlaydi.
 
Mikrodasturlarni doimiy eslab qoluvchi qurilma (DEQQ) o`zining 
yacheykalarida boshqaruvchi signallarni (impulslarni) saqlaydi, ular SHK bloklarida 
ma’lumotlarni qayta ishlash amallari jarayonini bajarish uchun kerak. Impuls 
amallar deshifratori tanlagani bo`yicha amallar kodiga mos ravishda 
mikroprogrammalarni DEQQ, dan boshqaruvchi signallarning kerakli ketma-
ketligini o`qiydi.


87 
 
Adresni shakllantirish uzeli (MP ning interfeysli qismida joylashgan) 
buyruqlar registridan va MPX registrlaridan keluvchi rekvizitlar bo`yicha xotira 
yacheykasining (registrining) to`liq adresini hisoblovchi qurilmadir.
 
Ma’lumotlarning, adreslarning va ko`rsatmalarning kodli shinalari 
— mikroprotsessor ichki interfeysli shinasining qismi.
Umumiy holatda BQ, quyidagi asosiy jarayonlarni bajarish uchun 
boshqaruvchi signallarni shakllantiradi: 
• MPX ning buyruqlar adresining registr-hisoblagichidan dasturning navbatdagi 
buyrug’i saqlanayotgan TEQQ, yacheykasining adresini tanlab olish; 
• TEQQ yacheykalaridan navbatdagi buyruqlar kodini tanlab olish va o`qilgan 
buyruqni buyruqlar registriga qabul qilish; 
• amallar kodini va tanlangan buyruqlar belgilarining nimaligini aytib berish (shifrini 
ochish); 
• mos kelgan nimaligi bilingan (shifri ochilgan) amallar kodi bilan mikrodastur 
DEQQ yacheykalaridan boshqaruvchi signallarni (impulslarni) o`qish, ular 
mashinani barcha bloklarida berilgan amalni bajarish jarayonini va bu bloklarga 
boshqarish signallarini yuborishni aniqlaydi; 
• buyruqlar registridan va MPX registrlaridan hisoblashlarda qatnashuvchi 
operandlar adreslarining aloxida tashkil etuvchilarini (sonlarni) o`qish va 
operandlarning to`liq adreslarini shakllantirish; 
• operandlarni tanlab olish (shakllantirilgan adreslar bo`yicha) va bu operandlarning 
qayta ishlashni berilgan amallarini bajarish; 
• amallar natijalarini xotiraga yozish; 
• dasturning keyingi buyruq adresini shakllantirish. 
Shaxsiy kompyuterlar xotiraning 4 ta ierarxik darajasiga ega: 
• mikroprotsessorli xotira (MPX); 
• registrli kesh-xotira; 
• asosiy xotira (AX); 
• tashqi xotira (TEQQ).


88 
Birinchi uchta tipdagi eslab qoluvchi qurilmalarning tezkorligi ularga 
murojaat qilish vaqti (t
mur
) bilan o`lchanadi, tashqi eslab qoluvchi qurilmalarning 
tezkorligi esa ikkita parametr bilan: murojaat qilish vaqti (t
kid
) va o`qish tezligi 
(V
o`qish
) bilan o`lchanadi.
T
mur
— malumotlarni qidirish, o`qish va yozish vaqtlari yig’indisi; 
t
kid
— yig’uvchida (tashuvchi) malumotni qidirish vaqti; 
V
o`qish
— axborotning yonma-yon baytlarini ketma-ket (transfer) o`qish tezligi.
Umumiy qabul qilingan qisqartirishlarni eslatib o`taniz:sekund, ms — 
millisekund, mks — mikrosekund; 1 sq10
3
msq10
6
mksq10
9
ns.
 
Asosiy xotira ( AX ) o`z ichiga tezkor (RAM — Random Access Memory) va 
doimiy (ROM — Read Only Memory) eslab qolish qurilmalarini oladi.

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling