O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

OS/2 operasion tizimi. OS/2 (Operating Sistem/2) bitta foydalanuvchili kо‘p 
masalali OT dir, bir tomonlama (MS DOS -> OS/2) MS DOS bilan dasturli 
kelishadigan hamda 80286 va undan yuqori MP bilan ishlash uchun (IBM PC AT 
va PS/2 SHK) mо‘ljallangan. OS bir vaqtning о‘zida 16 tagacha dasturni bajarishi 
mumkin (ularning har biri о‘zining xotira segmentida), lekin ularning ichida faqat 
bittasi MS DOS uchun tayyorlangan bо‘ladi. 
OS/2 ning muhim xususiyatlari quyidagilardir: 
• foydalanuvchining kо‘p oynachalik interfeysining borligi; 
 • qiymatlar bazasi tizimi bilan ishlash uchun dasturli interfeyslarning borligi; 
• lokal hisoblash tarmoqlarida ishlash uchun samarali dasturli interfeyslarning 
borligi.
OS/2 sig‘imi 16 Mbayt gacha bо‘lgan tabiiy TX ni va har bir masalaga 512 
Mbayt gacha bо‘lgan virtual xotirani qо‘llab-quvvatlaydi.
OS/2 ning kamchiliklariga birinchi navbatda quyidagilar xosdir: 
• yuqori resurslar sig‘imi: 80286 va undan yuqori MP, 1, 5 Mbaytdan kam 
bо‘lmagan sig‘imli tezkor xotira, qattiq diskdagi yig‘uvchi; 
• hozirgi vaqtga kelib ishlab chiqilgan dasturli ilovalar (ADT) hajmining nisbatan 
katta emasligi.
UNIX operasion tizimi 
UNIX — kо‘p foydalanuvchili, kо‘p masalali OT bо‘lib, u dasturlarni va turli 
foydalanuvchilarning fayllarini etarlicha kuchli himoya vositalarini о‘z ichiga oladi.


144 
UNIX OT dasturlarining kо‘p qismi Si tilida yozilgan (DOS va OS/2 dagi kabi 
assemblerda emas) va mashinaga bog‘liq emasdir, bu OT ning yuqori 
harakatchanligini va amaliy dasturlarni universal EHM ga, mini EHM ga va turlicha 
arxitekturali SHK larga osongina о‘tkazishni ta’minlaydi. UNIX oilasidagi OT ning 
muhim xususiyati uning modulliligi va keng servisli dasturlar tо‘plami bо‘lib, ular 
foydalanuvchi-dasturlovchilar uchun qulay operasion vaziyatni yaratishni 
ta’minlaydi (ya’ni bu tizim amaliy dasturlovchilar mutaxassisligi uchun alohida 
samaralidir).
UNIX ierarxik faylli struktura, virtual xotira, kо‘p oynali interfeys, kо‘p 
processorli tizimlar, kо‘p foydalanuvchili qiymatlar bazasini boshqarish tizimi, bir 
jinsli bо‘lmagan hisoblash tarmoqlarini qо‘llab-quvvatlaydi.
UNIX ning kamchiligi — katta resurslar sig‘imi va bu SHK asosidagi kо‘p 
foydalanuvchilar tizimi uchun kо‘pincha ortiqcha bо‘ladi.
TDT dasturlarini yuqorida keltirilgan 4 ta gURО‘hga bо‘limishi etarlicha 
shartlidir, negaki rivojlangan operasion tizimlar odatda о‘zining tarkibiga murakkab 
bо‘lmagan servisli dasturli vositalarni va xattoki texnik xizmat kо‘rsatish 
tizimi elementlarini ham oladi.

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling