O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika


Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning nutq xususiyatlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/62
Sana18.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1707417
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62
Bog'liq
Maxsus pedagogika

 Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning nutq xususiyatlari 
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar nutqi normal bolalarga 
nisbatan rivojlanish, shakllanish nuqtayi – nazaridan birmuncha orqa-
da qoladi. Ularda turli talaffuz kamchiliklari uchrab turadi. Tovushlar 
talaffuzining buzilishi, tovush obrazlarining yetarli shakllanma-
ganligi yozish va o‘qishda xatolarga yo‘l qo‘yishga olib keladi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar lug‘at boyligi birmuncha 
cheklangan bo‘lib, aktiv lug‘ati yetarli rivojlamagan bo‘ladi. Ular 
nutqidagi mavjud tushunchalar tor, noaniq ba’zan esa noto‘g‘ri 
bo‘ladi. Grammatik umumlashtirishlar yetarli bo‘lmaganligi sababli, 
yozuvda turli xil xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar.Maktabgacha yoshdagi 
bolalar nutqida deyarli so‘z turkumlaridan ot va sifat uchramaydi. 
Bolalardagi nutqning shakllanish muddati bog‘cha yoshida 
tugamasdan, boshlang‘ich sinflar davrida ham davom etadi. 
Bolalar nutqida grammatik qoidalar deyarli ishlatilmaydi. 
Grammatik tushunchalar differensiatsiya qilinmaydi. Ko‘p hollarda 
ular “harf-tovush”, “bo‘g‘in so‘z”larni chalkashtirib yuboradilar 


94 
ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilarning shaxsiy sifatlari 
maxsus psixologiyada yetarli o‘rganilmagan. Ruhiy rivojlanishi 
sustlashgan o‘quvchilarning qiziqishlari bog‘cha yoshidagi bolalar 
qiziqishga o‘xshab ketadi. Shuning uchun o‘yin ular uchun asosiy 
faoliyat rolini o‘ynaydi.
Ularning aksariyat 7 yoshda ham maktabga bormasdan bog‘-
chada qolishni xohlaydi. O‘qishga bo‘lgan qiziqishlarga nisbatan, 
o‘yinga bo‘lgan qiziqishlari ustunlik qiladi. O‘yinga bo‘lgan 
qiziqishining ustunlik qilganligi va o‘qishda doimo, muntazam 
muvaffaqiyatsizlikka uchrab turishi natijasida bu bolalarda o‘qishga 
nisbatan salbiy munosabat shakllana boradi. O‘z-o‘ziga ishonmaslik 
hislari shakllanadi. O‘zlarining qobiliyatlarini baholashda haddan 
tashqari past baholash hollari kuzatiladi. Bu esa, ular shaxsining 
shakllanib yetishmasligi, hissiyot – iroda faoliyatlarida o‘quv faoli-
yati uchun zarur bo‘lgan bilish ehtiyojlarining shakllanmaganligida 
o‘z ifodasini topadi. Aksariyat hollarda, ruhiy rivojlanishi sustlash-
gan o‘quvchilarda intellektual faollik, qiziqishlar yetarli bo‘lmaydi. 
ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilar faoliyati o‘rganilganda, 
ularning o‘z faoliyatlarini yetarli rejalashtira olmasligi, xatti-
harakatlarning normal bolalarga nisbatan qo‘zg‘aluvchanligi, o‘z-
o‘zini nazorat qilish saviyasining pastligi, o‘z imkoniyatlarini yetarli 
baholay olmasligi va faoliyatlarini maqsad sari yo‘naltirishning 
yetarli emasligi ma’lum bo‘ldi.
G.I.Jarenkova ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar faoliyatini 
tekshirib, ularni 3 guruhga bo‘ladi. 
Birnchi guruh: barcha ruhiy rivojlanishi sustlashgan 
o‘quvchilarning deyarli yarmini tashkil qilib, har qanday faoliyatga 
sekin kirishadigan, lekin ishga kirishganda keyin, ma’lum vaqt 
samarali ishlaydigan o‘quvchilarni o‘z ichiga oladi; 
Ikkinchi guruh: ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning 32, 
3% ini tashkil qilib, asosan charchaydigan o‘quvchilardan iborat 
bo‘ladi. Bu guruhga kiruvchi o‘quvchilar faoliyatga tez kirishadilar. 
Dastlab, normal ishlab ma’lum vaqt o‘tgach, faoliyat samaradorligi 
keskin pasayib boradi. 
Uchinchi guruh: ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning 17,7 %ini 
tashkil qilib, bular ham charchaydigan bolalardan iborat. Turli 
faoliyatlarga 1 guruhga kiruvchi bolalarga nisbatan tezroq kirishadi, 


95 
ammo ularning ish samaradorligi tezda, keskin pasayib ketadi. 
Maxsus maktab o‘qituvchilari bu o‘quvchilarning ruhiy xusu-
siyatlarini bilib, ularga nisbatan individual munosabatda bo‘lishlari 
lozim. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar shaxsiy sifatlarning 
ayrim tomonlari, ular faoliyatining o‘ziga xos tomonlari 
V.I.Lubovskiy, L.V.Kuznesova, K.S.Lebedinskaya, N.L.Belopols-
kaya, G.I.Jarenkov, N.A.Menchinskaya, N.A.Julidova, N.N.Afanase-
va va boshqalar tomonidan o‘rganilgan va o‘rganilmoqda.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling