O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/62
Sana18.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1707417
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   62
Bog'liq
Maxsus pedagogika

Takt – insonlar orasidagi munosabatlar tizimida umumiy qabul 
qilingan odob qoidalariga rioya qilish qobilyati, o‘zini tuta bilishi. 
Pedagogik texnologiya – bu pedagogning ketma-ketlikda 
amalga oshiriladigan va o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan hara-
katlari bo‘lib, turli pedagogik vazifalarni amalga oshirish maqsadida 
pedagogik jarayonda u yoki bu metodlarni qollagan holda ta’lim 
tarbiyani amalga oshirish. 
Realibitasyaning texnik vositalari – bu maxsus vosita va 
moslamalar yig‘indisi bo‘lib, organizmning nafaqat anatomik va 
fiziologik nuqsonlarini o‘rnini to‘ldiribgina qolmay, balki shaxsni 
atrof-muhitga moslashishiga imkon beradi. 
Psixologik travma - hayotning judayam qiyin vaziyatlarida 
psixikaning vaqtinchalik funksional buzilishi. 
Xavotirlilik - o‘zi anglagan va anglamagan holda psixikaning 
ko‘ngilsizlikni kutish holati bo‘lib, individning xavotirlanishga 
bo‘lgan moyilligidir. 
Autotrening – bu psixoterapiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, o‘z - 
o‘zini ishontirish va maksimal darajada muskullarni bo‘shahstirishga 
qaratiladi. 
Mehnat terapiyasi – ma’lum bir mehnat faoliyati turidan 
foydalangan holda organizmni buzilgan funksiyalarini qayta 
tiklashga qaratilgan davolash metodlari sistemasidir. 
Talab darajasi – shaxsning o‘z - o‘ziga baho berish darajasiga 
bog‘liq holatda ma’lum bir omadga faoliyat natijalari va statusga 
bo‘lgan shaxs ustanovkasi. 
Ustanovka – avvalgi tajribalari asosida yuzaga keladigan 
subyektning u yoki bu faoliyatga tayyorligi va uni yaxshi kechishini 
ta’minlaydigan maqsadga yo‘naltirilgan qat’iy xarakterdir. 
Ijtimoiy ustanovka – bu shaxsning ma’lum bir ijtimoiy 
hodisalarni qabul qilish va baholashga bo‘lgan tayyorgarligi. 
Emotsional turg‘unlik – turli hayotiy hodisalarda insonni 
adekvat emotsional reaksiyasi bo‘lib, emotsiyalarini barqaror saqlay 
olish qobilyati. 


153 
Frustratsiya – maqsadga erishish yo‘lida intensiv ravishda 
omadsizlikka uchrash va qiyinchiliklarni subyektiv ravishda yenga 
olmaslik oqibatida yuzaga keladigan psixik holat. 
Shizofreniya – bu psixik kasallik bo‘lib, tashqi olam va boshqa 
odamlar bilan aloqaning buzilishi o‘z qolipiga o‘ralib shaxsning 
ikkiga bo‘linishi bilan xarakterlanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling