Fanning maqsadi. Ushbu fanning maqsadi talabalarga axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlarning nazariy asoslarini, axborot texnologiyalari va tizimlarining asosiy tushunchalarini, iqtisodiy masalalarni yechishda dastury ta’minotlarni qo‘llashni o‘rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish kiradi.
Maqsadlar talabalarga quyidagilarni o‘rganish imkonini beradi:
talabalarni zamonaviy operasion tizimlarning funksional imkoniyatlari bilan tanishish;
matn va jadval ma’lumotlarini qayta ishlash dasturlari, shuningdek taqdimotlar tayyorlash dasturlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;
zamonaviy dasturlash tillaridan foydalangan holda dasturlar yaratish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish;
mahalliy kompyuter tarmoqlarida, shuningdek, Internet tarmog‘ida ishlashning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish;
ma’lumotlar bazalari va katta ma’lumotlar (Big Data) bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;
zamonaviy axborot tizimlarining tuzilishi, rivojlanish tamoyillari haqida nazariy bilimlarni shakllantirish;
elektron hukumat, elektron va mobil tijorat sohasida foydalanish va rivojlanish tendensiyalari haqida bilimlarni shakllantirish;
raqamli iqtisodiyot texnologiyalari, masalan, bulutli texnologiyalar, blokcheyn texnologiyalari haqida tasavvurni shakllantirish;
tarmoq ma’lumotlarini qayta ishlash sharoitida axborot xavfsizligini ta’minlash usullari bilan tanishish.
Fanning vazifasi – nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va unda bulutli texnologiyalarni qo‘llash, axborot tizimlari va texnologiyalari xavfsizligini ta’minlashning strategic yo‘nalishlari, biznes- muhitlarda biznes axborot tizimlarining faoliyat yuritishi, elektron biznesni yuritish yo‘llari va ulardan samarali foydalanishning ahamiyatini ochib berishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |