Seminar mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg‘ulotlarda tavsiya etiladigan mavzular.
1-mavzu. “Stol tennisi o‘yinining tarixi.” 2-mavzu. “Stol tennisi qoidalari.” 3-mavzu. “Stol tennisi o‘yin texnikasi.” 4-mavzu. “Stol tennisi o‘yin taktikasi.” 5-mavzu. “Stol tennisi o‘yin tasnifi.”
Seminar mashg‘ulotlarida talabalar yengil atletika bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazishni, yengil atletika turlari bo‘yicha mashqlar texnikasining elementlarini harakatlarni nazariy o‘rgatiladi hamda musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha nazariy bilim, ko‘nikma hamda malakalarga ega ekanliklari aniqlanadi.
Seminar mashg‘ulotlarida talabalar ma’ruza mashg‘ulotlaridagi mavzular bo‘yicha berilgan ma’lumotlarni qay darajada o‘zlashtirganligi aniqlanadi, baholanadi hamda ularni bilimlari yanada mustahkamlanadi.
Seminar mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqildi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini seminar mashg‘ulotlar orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarni mustahkamlashga erishish, tarqatma materialllardan foydalanish, sport musobaqalarida qatnashib, o‘yinlarni tashkil qilish, hakamlik qilish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalarning bilimini oshirish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.
IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar.
Tavsiya etiladigan mustaqil ishlarning mavzulari:
Stol tennisii o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi.
2. O‘zbekistonda stol tennisii o‘yinini rivojlanishi.
3. Stol tennisi federatsiyalarini tashkil etilishi hamda faoliyati.
4. Stol tennisi o‘yin qoidalarini tavsifi.
5. Stol tennisi to‘pchasini o‘yinga kiritish usullari.
6. Stol tennisi o‘yin texnikasi usullari va hakamlar faoliyati.
7. Stol tennisi o‘yinida uchraydigan holat va harakatlarga o‘rgatish.
8. Stol tennisi o‘yini bo‘yicha jahon chempionatlarining o‘tkazilish tarixi.
9. Stol tennisi o‘yin qoidalarining o‘yin taktikasini o‘zlashtirishdagi ahamiyati.
10. Stol tennisi o‘yin texnikasi usullarini o‘rgatish.
11. Stol tennisi o‘yinida jismoniy tayyorgarlik.
12. Stol tennisi o‘yinida texnik tayyorgarlik.
13. Stol tennisi o‘yinining nazariy asoslari.
14. Stol tennisi o‘yinida zarba berish texnikasini takomillashtirish uchun mashqlar.
15. Stol tennisi o‘yini bo‘yicha trenirovka jarayonini tashkil qilish.
16. Stol tennisi o‘yin texnikasi va taktikasining tasnifi.
17. Stol tennisi o‘yinida raketkani ushlash va uni boshqarish texnikasini takomillashtirish uchun mashqlar.
18. Stol tennisi o‘yin texnikasini takomillashtirishni nazorat qilish.
19. Stol tennisi o‘yini bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va hakamlik qilish.
20. Boshlangich tayyorgarlik bosqichi.
21. Sport mukammaligi bosqichi.
22. Oliy sport mahorati bosqichi.
23. Tayyorgarlik bosqichi.
24. Musobaqa davri.
25. O‘tish davri.
26. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichi.
27. Murabbiylar uchun pedagogik yo‘naltirish.
28. Oliy sport mahorati bosqichi.
29. Sport barkomalligi bosqichi.
30. Maxsus tayyorgarlik.
Talaba mustaqil ta’limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlari hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi.
Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish, tarqatma materiallar ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish, mashqlar chizmasini chizish va mashq variantlarini ishlab chiqish, maxsus adabiyotlar bo‘yicha mavzular ustida ishlash, mashq davomida ishlatiladigan sport anjomlarini o‘rganish, talabaning o‘quv,ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish, faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari, masofaviy ta’lim.
Mustaqil o‘zlashtirilgan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |