Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi MA‘mun-universitetintm
URUSHDAN KEYINGI DAVRDA OZBEKISTONDA ARXIV ISHI (1946-1960 YILLAR
Download 0.92 Mb.
|
Махсус тарих фанлари мажмуаси
4. URUSHDAN KEYINGI DAVRDA OZBEKISTONDA ARXIV ISHI (1946-1960 YILLAR).
Urushdan keyingi yillarda arxivchilar oldida turgan muhim vazifa arxiv materiallariga ilmiy-malumotnoma apparati, malumotnomalar tuzish ishi edi. Hujjatlardan foydalanishni yaxshilash uchun korsatgich (putevoditel)lar, ilmiy royxatlar, kataloglar va boshqa axborotnomalar tayyorlash zarur edi. Bu ishlarni amalga oshirishdan avval' arxivchilar davlat arxivlarida saqlanayotgan tartibsiz arxiv fondlarini tartibga soldilar. 1946-1951 yillarida 280 mingga yaqin saqlov birligi tartibga solindi, 150 ming keraksiz, axamiyatsiz yigma jildlar yoq qilishga ajratildi. SHunday qilib, davlat arxivlaridagi hujjatlariingbarchasi tartibga solindi. Bu zsa, arxiv hujjatlaridan foydalanishni osonlashtiradigan ilmiy axborotnomalar tuzish ishiga kirnshishga imkon berdi. Urushdan keyingi yillarda OzSSR Markaziy davlat tarix arxivining korsatgichi tayyorlandi va OzSSR Oktyabr inqilobi markaziy davlat arxivi korsatgichi ustida ish boshlandi. Bundan tashqarn, 10 dan ortiq arxiv foidlarining sharhi-axborotnomasi tuzildi, tematik sharxlar yozildi. Ayrim muhim arxiv fondlarining royxatlari nashr qilish uchun tayyorlangan edi, lekin elon qilinmay qoldi. Fotohujjatlar uchun ham tematik va ismlar kataloglari tashkil qilindi. Bu qilingan ishlar davlat arxivlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlari haqida tadqiqotchilarga tolaroq axborot olish va ulardan kengroq foydalanish uchun imkoniyat ochib berdi. Arxiv tashkilotlarinint muhim ishlaridan yana biri idoralar arxivlarini tartibga solish va hujjatlarnn ehtiyot qilib saqlashni tashkil etish edi. Bu ishda OzSSR Ministrlar Sovetining 1949 yil 13-yanvardagi davlat va idoraviy arxivlar ishiii yaxshilash togrisidagi qarori muhim ahamiyat kasb etdi. Bu qaror elon qilingandan kenin koplab tashkilotlar arxivlari uchun maxsus binolar ajratdilar, arxivlariii tartibga soldilar. 1951-1954 yillari Toshkentda 378 tashkilot arxivlari targibga solinli. Idoralar arxiv ishlarini yaxshilash uchun bir necha metodik qollanma tayyorlandi. Masalan, «Tashkilotlarda arxiv hujjatlarinshp ekspertizasini otkazish uchun esdalik», «Idoralar arxivlari ishini nazorat qnlish uchun korsatmalar», «Ministrliklar arxivlari ishinn rejalashtirish va hisobot qilish boyicha korsatmalar» shular jumlasidandir. 1963 yil 14 oktyabrda OzSSR Ministrlar Soveti «OzSSRda arxiv ishini yaxshilash 1-adbirlari togrisida» qaror qabul qildi. Bu qaror idoraviy arxivlar, yani tashkilotlar arxivlari ishini yaxshilashda muhim rol oynadi. Uiga kora idora arxivlarini yaqin 2-3 yil ichida tartibga solishni tugagish, doimiy saqlanadigan hujjatlarni davlat arxivlariga topshirish. arxivlarning ozini esa, hujjatlarini beshikast saqlashga yaraydigan binolarga joylashtirish va ularni malakali kalrlar bilan taminlash keng yolga qoyildi. Davlat arxivlari tashkilotlar arxivlari ishini nazorat qilishni kuchaytirdilar. SHu bilan birga, ularga yordam berishga katta etibor qaratdilar. Bu ishlar iatijasida respublikada 1964 yili 1809 tashkilotda, 1965 yili 1759 tashkilotda arxiv hujjatlari tartibga solindi. Idoraviy arxivlar bilan bir qatorda tashkilotlarda ish yuritish ishini yaxshilashga ham katta etibor berildi. Davlat arxishtari idoralarda ish yuritishni yaxshilashga yaqindan yordam berishdi. 1959 yili Toshkent shahrida birinchi bor ish yuritish kursi ochilib, kotiba va ish yurituvchilar malakasi oshirildi. Keyingi yillarda bunday tadbirlar doimiy amalga oshirilib turildi. Er masalaga oid har xil qollanmalar, korsatmalar ishlab chiqildi. Bu qollanmalar idoraviy arxivlar ishini va ish yuritishini yaxshilashga katta hissa qoshdi. Davlat arxivlari uchun maxsus binolar ham qurildi. 1964- yili MDAga yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi. 1970- yili OzSSR kino-foto-fonohujjatlar MDAga maxsus bino qurib berildi. Lekin viloyatlarda kop arxivlar eski binolarda faoliyat yuritib kelar, ularda hujjatlarni saqlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan edi. Davlat arxivlari hujjatlarni qabul qilish sohasila ham anchagina nshlar qildi. 1946-1955 yillarda 600 mikgdan koproq saqlov birligidagi hujjatlar vazirliklar, idoralar arxivlaridan qabul qilib olindi. Bu sohada joylarda ham ancha tadbirlar otkazildi. 1947 yili respublikada 118 tuman va 5 ta shahar arxivida 137 ming saqlov birligida yigma jildlar saqlangan bunsa, 1955 yili 8 shahar va 138 tuman davlat arxivlarida 642 ming saqlov birlkgida hujjatlar bor edi. 1946-1955 yillarda 5 ta hujjatlar toplamg kashr qilindi. «Frontdan xatlar» (1949-yil), «Afgonistonda Angliya agressiyasi» (1889-1917 yillar) ana shunday hujjatlar toplamidir. Arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanitni yaxshilashda OzSSR Minnsgrlar Sovetining 1956 yil 31- martdagi «OzSSR Ministrliklari va idoralar arxiv materiallarini saqlash usullarini tartibga solish va ulardan foylalanishni yaxshilash tadbirlari togrisida»gi qarori muhim rol oynaydi. Respublika hukumati arxiv tashkilotlariga hujjatlardan foydalanishni kengaytirish, hujjatli toplamlar, malumotnomalar. arxiv fondlari axborotnomalarini tayyorlashni va «Ozdavlatnashr»ga ularni nashr qilishni topshirdi. Bu qaror arxiv tashkilotlarining ilmiy yashlarni, hujjatlarni elon qilish borasidagi nshlarini jonlantirib yubordi. Bir necha yil ichida 20 ga yaqin hujjatlar toplamlari nashr qshshndi. SHu jumladan oktyabr tontarishiga oid 2 ta, "bosmachilar" harakatiga doir 2 ta, kollektivlashtirishga oid 4 ta, «Orta Osiyoni tadqiq qilgan rus olimlari» nomli seriyada 4 ta toplam tayyorlanib nashr qilindi. 60-yillardan boshlab mavzular boyicha arxiv hujjatlarining kataloglari tayyorlana boshlandi. 1963-3967 yillarda 50 mingdan ortiq kartochka yozilgan edi. Markaziy davlat arxivida ilmiy malumotnoma apparati bolimi tashknd qilinib, bu bolim xodimlari MDAning tizim (sistematik) katalogini tayyorlashga kirishdilar. Oldin tuzilgan tematik kartotekalar kartochkalari sistematik katalogiga qoshildi. SHuningdek, fotohujjatlarga ham 50 ming kartochka tuzildi. Bu kataloglar hozirgi kunga qadar toldirib borilmoqda va tadqiqotchilarga hujjatlar qidirish ishlarini engillashtirmoqda. 1960 yili OzSSR MDA sovet fondlari korsatgichi (putevoditel) nashr qilindi. 1964 yili OzSSR kino-foto-fonohujjatlar MDA korsatgichi elon qilindi. Bu korsatgichlar tadqiqotchilarning arxiv materiallaridai foydalaiishida juda katga qulayliklar yaratdi. 50-yillarning ohiri va 60-yillar ichida arxiv ishini yaxshilash maqsadida davlat arxivlari va arxiv idoralarida qator tashkiliy filiallari qurish ishlari amalga oshirildi. 1958 yili OzSSR Oktyabr inqilobi Markaziy davlat arxivi OzSSR Markaziy davlat garix arxivi bilan birlashtirilib; yagona OzSSR Markaziy davlat arxivi tashkil qilindi. Bir yildan keyin bu arxivga OzSSR kino-foto-fonohujjatlar markaziy davlat arxivi ham qoshildi. SHunday qilib, 50-yillar oxiriga borib respublikada arxiv | tashkilotlarining tartibl" tizimi vujudga keldi. Bu tizim ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega bolgan barcha hujjatlarni ehtiyot qilib saQlash va ulardan foydalanishni tashkil qilish imkopiyatiga ega boldi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling