Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi MA‘mun-universitetintm
OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY OQUV YURTLARINING TARIX FAKULTETLARI ORASIDA OZMU TARIX FAKULETINING ORNI VA AHAMIYATI
Download 0.92 Mb.
|
Махсус тарих фанлари мажмуаси
OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY OQUV YURTLARINING TARIX FAKULTETLARI ORASIDA OZMU TARIX FAKULETINING ORNI VA AHAMIYATI haqida soz yuritishdan oldin avvalo Milliy Universitetning tarixiga ham toxtalish joizdir.
1. Musulmon Xalq dorilfununi Millatparvar jadidlar Rossiyada fevral inqilobi amalga oshganidan song Turkistonda paydo bolgan demokratik erkinlik sharoitida rus demokrat ziyolilari bilan hamkorlikda universitet tashkil etish harakatida turgan bir paytda oktyabr davlat tontarishi yuz berdi va yangi sovet hukumati - Turkiston Xalq Komissarlari soveti tuzildi. Ushbu hukumatning 1918 yil 16 martdagi Toshkentda Turkiston xalq universitetini tashkil etish haqidagi Maorif Xalq Komissariatiga bergan buyrugida faqat rus va rus tilida sozlovchi aholining oliy talimga bolgan ehtiyoji qondirilishi etiborga olindi. Musulmonlarning bu sohadagi ehtiyoji va jadidlarning universitet tashkil etish borasida qilgan amaliy ishlari etiborga olinmadi. Ushbu buyruq asosida rus ziyolilari jadal ishga kirishadi. Bundan xabar topgan Munavvarqori Abdurashidxonov 9 aprel kuni zamonaviy oliy talim tarafdorlari bolgan jadidlarning faol guruhini oz uyiga toplab, vaziyatni tushuntirdi va universitet tashkil etish goyasini ortaga qoyadi. Yigilganlar uning rahbarligida 9 kishidan iborat «Musulmon xalq dorilfununining tashkilot komissiyasi»ni tuzdilar. Bu komissiya hukumatning qaroriga qarama-qarshi ravishda demokratik ruhda tuzilgan edi. SHuning uchun ham komissiya asosan ikki yonalishda, yani ozini hukumatga tan oldirish va bevosita dorilfununni tanjil etish kabi ishlar bilan mashgul boldi. Tashkilot hayati juda tezlik bilan ishga kirishib, milliy oliy talim ochogi - Musulmon Xalq dorilfununini tashkil etish yolida bir oydan sal ortiq vaqt ichida onta majlis otkazadi. Uning shu yil 2 mayda otkazilgan 7-majlisida Turkiston Xalq universiteti shorosi va Turkiston Xalq Maorifi Komissariati tomonidan Musulmon Xalq dorilfununining tashkilot komissiyasi rasman tan olinganligi malum qiliiadi. 3 may kuni Tashkilot komissiyasiniig iavbatdan tashqari kengaytirilgan majlisi bolib, unda Musulmon Xalq dorilfununi rahbariyati («idora hayati»)ga saylov boladi. Munavvarqori Abdurashidxonov rais (rektor), Iso Toxtaboev raisiing birinchi muovini, Burxon Habib raisning ikkinchi muovini, Abdusamiqori Ziyoboev xazinador, Muxtor Bakir sarkotib etib saylanadi. Musulmonlar uchun dorilfunun ochilishini ruslar uchun ochilgan Turkistoi Xalq universiteti rahbariyati ham qollab-quvvatlab yordam berib turdi. Uning mudiri professor O.V.Popov Musulmon xalq dorilfununi tashkilot komissiyasining 8-majlisi (6 may)da qatnashib: «bundan keyin dorilfununni ikkinchi deb emas, balki bir dorilfunun deb atamok kerak», - deydi. SHundan song Musulmon Xalq dorilfunuii Turkiston Xalq universitetiga shoba qilib birlashtiriladi. Munavvarqori Abdurashidxonov rahbarligidagi komissiyaning mehnati samarasi olaroq, 1918 yil 12 may shanba kuni Musulmon Xalq dorilfununining «rasmi kushodi» - rasmiy tantanali ochilish marosimi bolib otadi. Eski shahardagi Vikula Morozovniig sobiq dokoni joylashgan binodagi tantana hayatidan hukumat azolari, xalq komissarlari, musulmon va rus xalq dorilfununlarining raislari (rektorlari) va boshqalar joy oladilar. Munavvarqori Abduraishdxonov qisqa nutq sozlab, yigilishni ochadi. U oz nutqida musulmonlar chorizm yarim asr qullikda yashaganshsh, ozodlik katta talafotlar evaziga qolga kiritilganini alohida takidlaydi. SHu bilan birga, u «Xalqning ilmga kop ziyoda muhtojligini... qonlarini tokib olgap hurriyatidap song turkis-toiliklarga ham oqimoqqa imkon topilgani» haqida toxtaladi. SHundan keyin Munavvarqori harbiylarga xos usulda yigilganlarni hurriyat shahidlarini xotirlab bir necha daqiqa sukut saqlashga chaqiradi. SHu paytda askariy musiqa marshi chalinadi. Songra musulmon hurriyat shahidlari uchun Samiqori afandi tarafidan Kalomi SHarifdan, ularning xotirasiga fatvo, oyatlar oqiladi. 1918 yilning 12 mayi millat ehtiyojiga aylangan dunyoviy oliy talim maskani paydo bolgan, bugungi Milliy uiiversitetning asosi yaratilgan muborak kun bolib tarixga kiradi. Milliy uygonish davrining buyuk allomasi Mahmudxoja Behbudiy ozining «Oyina» jurnalida mushtariylarning Turkistonda dunyoviy oliy milliy talim istiqboli haqida bergan savoliga javob berib, «Toshkentdagi Munavvarqori maktabi mana shuiday oliy tahsilga zamin bola olishi mumkinligini aytgan edi». Musulmon xalq dorilfununi ochilishini osha davrdagi taniqli olim A.A. Divaev quvonch bilan shunday ifodalaydi: «Mana bugun Toshkentda Musulmon dorilfununi ochilishi tantanasida qatnashishga muyassar boldik. Turkiston uchun tong otdi, yorug quyosh balqidi... YAshasin Turkiston xalqining tayanchi va umidi bolgan oquv yurti». Musulmon Xalq dorilfununi 15 ta ilmiy-ijodiy, madaniy-marifiy va demokratik musulmon uyungma hamda tashkilotlari vakillaridan iborat 45 kishilik kengash tomonidan boshqarildi. Uning ilmiy-ijodiy va pedagogik jamoasi tez orada 299 kishiga etadi. SHundan 22 tasi oliy diniy madrasalarni, 2 tasi Rossiya universitetlarini bitirgan edilar. Ularning orasida onlab taniqli jadid shoir va adiblari, jadid maktabi va darsliklari asoschilari, 20 ga yaqin turli xil soha vakillari bor edi. Musulmon Xalq dorilfununi ham huddi ruscha Turkiston universiteti kabi uch bosqichli bolishi rejalashtirildi: 1. Oliy bosqich: besh yillik dorilmuallimin - oqituvchilar instituti. 2. Orta bosqich: kasb-hunar orgaguvchi har xil maxsus kurs va togaraklar, masalan, erkaklar uchun rassomchilik, duradgorlik, xotin-qizlar uchun bichish-tikishii orgatish hamda bolalar bogchasi uchun tarbiyachilar tayyorlash. 3. Quyi bosqich: «Ibtidoiy shoba» (bolim). Buning ozi 15 yoshdan kichik bolmaganlar qabul qilinadigan uch guruhga bolinadi: 1) savodi bolmaganlar; 2) oldin eski maktabda oqib savodi chiqqan, ammo dunyoviy ilm-fanlardan xabari bolmaganlar; 3) ibtidoiy (boshlangich) «rushdiy» jadid maktabini bigirib yanada chuqurroq bilim olmoqchi bolganlar. Dorilmualliminning «rasmi kushodi» - ochilish marosimi 1918 yil 31 mayda bolib otdi. Bu tantanali yiginga taniqli olim Abubakir Divaev raislik qildi. Birinchi bolib dorilmualliminning yaqinda saylangan raisi (rektori) Munavvarqori Abdurashidxonovga soz beriladi. U jamoatchilikni tabriklab, oz shodligini izhor qiladi. Dorilmualliminning ilmiy-pedagogik jamoasi osha davrdagi etuk pedagog va dunyoviy ilmlarning bilimdonlaridan tashkil gopadi. Unda mahalliy «qadim» maktabi va madrasalarni tugatganlar uchun birinchi tayyorlov sinfi, tajribasi kam bolgan, usuli jadid maktablarini endigina bitirganlar va boshlangich makgab oqituvchilariga ikkinchi tayyorlov sinflari tashkil qilinadi. Sentyabr oyiga kelib, dorilmualliminda ilgaridan eski maktabda ishlab kelgai 36 muallim, usuli jadid maktablarini yaqinda tugatganlardan 56 kishi, rus-tuzem maktabi va ananaviy «qadim» maktablarida oqiganlardan 78 kishi tahsil oladi. Jadid ziyolilari uchun katta umid va ishonchga aylangan dorilmuallimin musulmon xalqlari uchun oqituvchi tayyorlovchi yagona markaz sifatida xizmat qilib, keyinchalik ozbek, qozoq, qirgiz, tojik, turkman va boshqalarning Toshkentda oz tillarida oqituvchilar tayyorlovchi kurslari va institutlari paydo bolishida asosiy ilmiy-pedagogik negiz va tayanch vazifasini bajaradi. 1918 yil 31 maydan uning maxsus gazetasi «Xalq dorilfununi» chiqa boshlaydi. Tort oy davomida jami 15 ta soni bosildi. Bu gazeta sovet davrida ozbek tilida chop etilgan dastlabki gazeta boldi. Uniig asosiy shiori «YAshasin ilmiy inqilob, yashasin xalq maorifi» bolgan. Musulmon xalq dorilfununining jadid maktablari ondan ortiq joyda tashkil topadi. Huddi shu turdagi ottizdan ortiq maktab Sirdaryo, Ettisuv, Samarqand va Fargona viloyatlarida ham ochildi. Sovet huqumati Musulmon Xalq dorilfununini dastlab rasman tan olishga majbur bolsa-da, unga nisbatan dushmanlik siyosatida boldi. Uning haqiqiy milliy oliy oquv yurti darajasiga osib chiqishiga imkon bermadi. Osha 1918 yilning kuziga kelib, Musulmon Xalq dorilfununi va uning asoschilari kommunistik qatagonning dastlabki qurbonlari bolishdi. Tarixiy haqiqat respublika Birinchi Prezideiti Islom Karimovning 2000 yil 28 yanvardagi «Toshkent Davlat universiteti»ga «Ozbekieton Milliy universiteti maqomini berish togrisida»gi Farmoni bilan tiklandi. Unda «Vatan va millat taraqqiyoti yolida fidoyilik korsatgan jadid ziyolilari-mizning buyuk xizmatlarini etirof etish»ga alohida urgu berilib, «upiversitetning asoschilari jadid ziyolilari, uning tashkil etilgan sanasi esa 1918 yil 12 may» deb belgilandi. Birinchi Prezident Islom Karimovning buyuk mutafakkir va oz vaqtida millatimiz fidoyisi bolgan Munavvarqori Abdurashidxonov haqidagi ushbu sozlari yoshlarimizda faxr va gurur hislarini uygotdi: «Toshkent universiteti» 1920 yilda Roseiyadan kelgan vakillar tomonidai emas, balki 1918 yilda fidoyi marifatparvar Munavvarqori Abdurashidxonov tashabbusi bilan Turkiston Xalq milliy dorilfununi eifatida faoliyat boshlagan. Bu harakatni butun jamiyatimiz, ayiiqsa, yoshlarimiz bilishi kerak, deb oylayman. Bu tarixiy voqea universitet peshtoqiga alohida lavha qilib yozib qoyishga munosib». Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling