Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi MA‘mun-universitetintm
Download 0.92 Mb.
|
Махсус тарих фанлари мажмуаси
4.Orta Osiyo davlat universiteti
Biror xalq hayotida ulkan ahamiyat kasb etadigan har qanday hodisa kabi sovet mamlakatining Osiyo qismidagi birinchi universitetning taraqqiyot yoli ham silliq kechmadi, uning olga siljishi tinimsiz chigal sinovlar bilan yonma-yon boldi. Turkiston xalq universiteti sifatida tashkil topgan oliy maskan yil otib-otmay, davlat universitetiga aylandi. Tugilganining beshinchi yilida dorilfunun maqomi yana bir bor ozgarishga yuz tutdi. Goyat ulkan hududdagi aholini malakali kadrlar bilan taminlash va bu olkalar turmush yosinini ozgartiradigan darajada ilmiy ishlar bilan shugullanishga yonaltirilgan bu maskan 1923 yilning iyul oyidan etiboran birinchi Orta Osiyo davlat universiteti (OODU) tarzida atala boshladi. Sirasini aytganda, bu nom universitetning asl maqomini tolaroq ifoda etardi. Negaki, bu davrga kelib, ushbu oquv yurtida nafaqat Turkiston respublikasi, balki Xorazm xalq respublikasi, Buxoro xalq respublikasi, Qirgiz avtonom viloyati fuqarolari ham oqiyottan va ularniig soni yildan yilga ortib borayottan edi. CHunonchi, shu yili yuz nafar qirgiz yoshlari talabalikka qabul qilingandi. Eron hukumati ellik nafar talaba okitib berilishi sorab murojaat qilgandi. Bu hol universitetning faoliyat doirasini bir mamlakatdan tashqariga chiqarib, xalqaro maqomga ega qildi. Aytish kerakki, TurDUning OODUga aylanish sanasi manbalarda turlicha korsatiladi. Jumladan, «XX let Sredne-Aziatskogo gosudarstvennogo universiteta» kitobining 13-betida bu hodisa 1923 yilning 19 iyulida roy bergan deyilsa, «ToshDU ilm va marifat maskani» asarida osha yilning 17 iyulida ekani qayd etiladi. 1924 yilda otkazilgan milliy chegaralanish va tashkil qilingan har bir yangi respublikaning bilimli zamonaviy mutaxassislarga ota muhtojligi Orta Osiyo davlat universitetining ahamiyatini yanada oshirdi. Osha davr hukumati tomonidan ulkan hudud va kop sonli aholiga ega bolgan mintaqadagi yagona universitetning ravnaqiga imkoniyat darajasida etibor qaratildi. Lekin, birinchidan, bu imkoniyatning ozi goyat cheklangan edi, ikkinchidan, markscha-lenincha mafkura birinchi universitetning emin-erkin taraqqiy etipshga yol qoymasdi. SHu sababli OODUning osish yoli ancha chigal va murakkab boldi. SHoro davrida tayyorlangan hamda ular asosida keyingi yillarda yozilgan ayrim adabiyotlarda Orta Osiyo davlat universiteti yildan yilga miqdor jihatidan ham, sifat jihatidan ham tinimsiz osib, yuksalib borganligi qayd etiladi va buni isbotlashga xizmat qiladigan raqamlar keltiriladi. Holbuki, bir odamning umri faqat osish quvonchlaridan iborat bolmaganidek, birinchi universitetning taraqqiyoti ham silliq hamda kozni quvontirar darajada yarqiroq kechmagan. Bunday bolishi mumkin ham emasdi. Buning ustiga raqamlar hamisha ham haqiqiy ahvolni aks ettiravermaydi. CHin vaziyatni bilmoq uchun raqamlar zamiridagi mohiyatga etib borish talab etiladi. 1924 yilda Turkiston davlat Botanika bogi birinchi universitetga qoshib berildi. U qishloq xojatigi fakulteti talabalari uchun amaliyot otash, botanika va tuprokshunoslik institutlari xodimlari uchun ilmiy tajribalar otkazish manbasiga aylandiki, bu hol oqitish sifatining kotarilishiga sabab boldi. 1924 yilda universitet kutubxonasi fondidagi kitoblar soni 75000 nusxaga etdi. Ular orasida nodir qolyozma asarlar ham talaygina edi. 1940 yilda esa kugubxona 376 ming kitob fondiga ega boldi. 1923 yilning noyabridan «Orta Osiyo davlat dorilfununi axbori» (Byulleten Sredneaziatskogo gosudarstvennogo universiteta) chop etila boglandi. Asosan, Rossiyadan kelgan olimlarning rus tilida bitilgan turli mavzudagi ilmiy izlanishlari chop etiladigan ushbu nashr tez orada dunyo olimlarining nazariga tushdi. Buni «Axborot»ning 1925 yilda chet ellardagi 278, 1929 yilda 438 oliy maktab va ilmiy markazga jonatilgani ham isbotlaydi. Milliy chegaralanish otkazilib, Ozbekiston alohida respublikaga aylangandan song ham OODU rasmiy ravishda sobiq ittifoq Markaziy Ijroiya qomitasi ixtiyorida qoldirilib, federal byudjetdan taminlanadigan va u sobiq ittifoq Markaziy Ijroiya qomitasining ilmiy-oquv va adabiy-matbuot ishlari qomitasi rahbarligida ishlaydigan bolib qolaverdi. Bu Orta Osiyoda yagona oliy maktabga alohida etibor tarzida talqin etilsa-da, aslida universitetning erli hukumat tasiriga tushib, erli millatlar manfaatiga boysundirilishidan xavotir natijasi edi. 1926 yilda universitetning fakultetlari soni kopayib, ettitaga etdi. OODU qoshida tibbiyot, qishloq xojaligi, fizika-matematika, melioratsiya muhandisligi, erli xojalik va huquq, sharq va ishchi fakultetlari faoliyat yuritar edi. 1929 yilda talabalar soni 2750 nafarni tashkil etdi. Universitet fakultetlarining yiriklashib borishi ularning tashkiliy faoliyatida bir qator qiyinchiliklar kelib chiqishiga sabab boldi. Fakultetlarning ichki ixtisoslashuvi kuchayib, bolimlar soni ortishi natijasida boshqa fakultetlar bilan aloqa susayib bordi. Ayrim fakultetlarning ilmiy salohiyati osha davr olchovlari bilan yondashilganda, alohida oliy oquv yurti darajasida edi. Natijada, oliy talimni bir universitet miqyosidagina ushlab turish tashkiliy pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq emasligi oydinlashib, Orta Osiyo davlat universitetining ayrim fakultetlari asosida yangi oliy maktablarni ochish zaruriyati paydo boldi. 30-yillar boshida markazdan qochish qonuniga muvofiquniversitet tarkibidagi bir qator fakultetlar mustaqil oliy oquv yurtlari bolib ajralib chiqdi. 1929-1932 yillarda Toshkentning ozida OODU bazasida industrial, qishloq xojaligi, tibbiyot, qishloq xojaligi irrigatsiyasi va mexanizatsiyasi, moliya-iqtisod, pedagogika institutlari, Samarqand shahrida xalq xojaligi instituti, Ashxobodda zooveterinariya instituti, hozirgi Xojandda qishloq xojaligi instituti tapgkil etildi. Bulardan tashqari, universitetdan bir qator ilmiy-tadqiqot instituglari ham ajralib chiqib, mustaqil ilmiy tashkilotlarga aylandi Ikkinchi jahon urushi arafasida Orta Osiyo davlat universiteti asosida tashkil etilgan oliy oquv yurtlari soni 14 taga etdi. Turkiston shorolar MIQiing 1919 yil 31 yanvardagi 195-buyrugi bilan tashkil etilib, 1920 yilning 11 fevralida ochilgan va toliq orta malumotga ega bolmagan ishchi va dehqonlarni universitet «kursini otashga tayyorlashdan iborat» ishchi fakulteti bu davrga kelib, ancha oyoqqa turdi. Fakultetga ozbeklar va bopgqa erli millat vakillarini qabul qilish bir qadar kopaydi. Ilk bor 153 tinglovchi bilan ish boshlagan bu fakultet 1923 yilda 784, 1924 yilda 773, 1925 yilda 889,1928 yilda 900 nafar tinglovchi qabul qildi. Lekin fakultetning talimiy tarkibi erli aholi uchun ota noqulay tuzilgandi. CHunonchi, fakultet aeoeiy va tayyorlov bolimvdan iborat bolib, asosiy bolimda uch yil, tayyorlov bolimda ikki yil oqish kerak bolardi. Demak, orta maktabni bitirmagan yurt egasi besh yil ishchi fakultetida, yana besh yil ozi kirgan fakultetda oqishi lozim bolardiki, bu erli yoshlarning ilm olish imkoniyatini pasaytirardi. Faqat 1930 yilga kelib, fakultetda oqish muddati uch yilga keltirildi. SHu holatda bu yordamchi fakultetning faoliyati 1938 yilga qadar davom etdi. Universitetda mahalliy xalq vakillari soni haddan tashqari kam edi. Jumladan, 1925-1926 okuv yilida 157 nafar erli aholi oqishga qabul qilingan bolsa, 1928- 1929 yilda bu korsatkich 256 nafarga etdi. Ularning yarmi ozbek millatiga mansub kishilar edi. Lekin ularning juda katta qismi oqishni oxiriga qadar etkaza olmasdilar, albatga. Fikrimizni OODUga qabul qilinuvchilar miqdori bilan uni bitiruvchilar soni ortasida juda katta ayirma borligi ham isbotlaydi. CHunonchi, agar 1924 yilda universitetga 2278 nafar talaba qabul qilingan bolsa, besh yildan song, yani 1928 yilda OODUni bitirgan yosh mutaxassislar soni bor- yogi 250 kishini tashkil qildi. Boshqacha aytganda, oqishga kirgan har besh kishining birigina universitetni bitirib chiqa oldi, xolos. Bulariing orasida ozbeklar qancha bolganligini faqat tasavvur etish mumkin. SHunga qaramay, baribir, sekinlik bilan bolsa-da, universitet oquv-ilmiy faoliyatida olga siljish davom etardi. 1922 yilda universitetning bitiruvchilari orasida barmoq bilan sanarli bolsa-da, mahalliy xalq vakillari, xususan, keyinchalik sobiq ittifoq tibbiyot akademiyasining akademigi darajasiga erishgan Zulfiya Umidova kabilar borligi koz yumib bolmaydigan fakt edi. Yillar otishi bilan ota-bobolari ilmga chanqoq ozbek millati vakillari universitetga tobora koproq kela boshladi. 1928-1929 oquv yilida abiturientlarniig 19 foizi erli aholi bolib, ularning yarmidan kopi ozbeklar edi. Togri, abiturientlarning aksariyati kirish imtihonlaridan otolmasdi, kirganlarning ham talaygina qismi oqishni tashlab ketishga majbur bolishardi. Lekin universitetda oqishga intilish jarayoni boshlangan va u tobora ommaviy tus olmoqda ediki, bu holning ozi kishini umidlantirardi. 1928-1929 oquv yilidan etiboran barcha fakultetlar qoshida tayyorlov kurslari ochilib, ularga erli aholi vakillari qabul qilinib, universitetga kirishga tayyorlanadigan boldi. 1930 yilda bu kurslar oqish kunduzgi va kechki tarzda olib boriladigan tayyorlov bolimlariga aylantirildi. SHuningdek, 1929 yildan boshlab, ikkinchi bosqichli maktabni, texnikum yoki qisqa muddatli oqituvchilar institushni bitirgan erli aholi universitetga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadigai boldi. Sobiq ittifoq MIQning 1932 yil 19 sentyabrdagi «Oliy maktab va texnikum-lardagi oquv dasturlari va tartibi togrisidagi» qaroriga muvofiq qabul imti-honlari yana tiklandi. Universitetda imtihon sessiyalari va diplom ishlari himoyasi joriy etildi. Bu davrda maruza oliy talimning asosiy usuli darajasiga kotarildi. 1930 yilning martida Orta Osiyo xalqlari tillari fakultetlararo kafedrasi tashkil etildi. SHu yillardan boshlab erli millatlar tilini oqitishga bir qadar etibor qaratildi. Bu tillardan biri boyicha kirish imtihonlari topshirish majburiy qilib qoyildi. 30-yillar ortalariga kelib, birinchi marta universitetdagi ayrim fanlarii oz tillarida oqishlari zarur bolgan «milliy guruh»lar paydo boldi. Lekin talimni milliy tilga otkazish tezgina roy berib qolmadi. Dastlab ayrim fanlargina milliy tilda oqildi. Song matematika, fizika, botanika, zoologiyaga doir bazi kitoblar universitet domlalari tomonidan ozbekchalashtirildi. Bu harakat keyinchalik ham turli suratlarda davom ettirildi. 1941 yilga kelib OODU professor-oqituvchilari tarkibida 21 nafar ozbek bor edi. OODU tarkibidan bir qator oliy oquv yurtlari ajralib ketishi sababli 1931 yilga kelib, uning tarkibida birgina fizika-matematika fakulteti qoldi. Bu yagona fakultet asosida tez orada biologiya, ximiya va fizika-matematika kabi uch fakultet tanjil qilindi. Tabiiyki, talabalar soni keekin qisqarib ketgandi. Korinadiki, OODU garchi universitet deb gyumlanishda davom etsa ham, amalda tabiiy-aniq fanlar oliy oquv yurtiga aylangan edi. CHin manodagi universitet bolishi uchun unda filologiya, tarix, geografiya, huquqshunoslik, iqtisod singari ananaviy fakultetlar ochilishi lozim edi. 1935 yilda tarix va geografiya fakultetlari ochilib, fakultetlar soni beshtaga etdi. 30-yillar adogida chet tillar, pedagogika (1937), rus va ozbek tillari (1939), jismoniy tarbiya va harbiy ish (1939) kabi bir qator fakultetlararo kafedralar tashkil etildi. Sobiq ittifoq MIQning 1938 yil 16 apreldagi qarori bilan Orta Osiyo davlat universiteti Ozbekiston Respublikasi Xalq komissariati kengashi tasarrufiga otkazildi. U esa OODUni Xalq maorifi komissarligi qaramogiga otkazdi. Endilikda universitetni mablag bilan taminlash respublika hukumati zimmasiga tushardi. SHuniig uchun ham dastlabki yillarda universitet taminotida moliyaviy taqchillik va uning oqibati olaroq, tashkiliy uzilishlar roy berdi. 1939 yilda OODUda ximiya-texnologiya fakulteti ham tashkil qilindi. Lekin universitet tabiatiga u qadar mos kelmaydigan ushbu fakultet 1940 yilning 1 sentyabridan talabalari bilan birga, Orta Osiyo industrial instituti tarkibiga kiritildi. Fakultetlar sonining kamayishi oz-ozidan talabalar miqdorining ham ozayishiga olib keldi. SHuning uchun ham oliy maktablar ishlari Butunittifoq qomitasining 1939 yil 29 iyuldagi buyrugi bilan OODUning talabalari soni 4500 kishidan iborat bolishi kerakligi qatiy belgilab qoyildi. Ushbu buyruqqa muvofiq universitetning tashkiliy tuzilmalarini kengaytirish maqsadida tarix fakulteti tarix-filologiya fakultetiga aylantirildi. Orta Osiyo davlat universiteti rahbariyati kafedralar faoliyatiii jonlantirishga bir muncha etibor qaratdi. SHuning uchun ham garchi fakultetlar soni kamayib-kopayib tursa-da, kafedralar tizimini sakdab qolish va uning miqdorini muntazam ravishda ostirib borishga erishildi. Ham oquv, ham ilmiy-tadqiqotlar olib boritshga uyushtirish borasida eig qulay tuzilma bolmish kafedralar soni 1937 yilda 17 ta, 1938 yilda 36 ta bolgan bolsa, 1939 yilda 46 taga etdi. 1940 yiliing boshiga kelib, professor-oqituvchilar orasida 15 iafar fan doktori bor edi. Bu korsatkich 1938 yilda 6 nafarni tashkil etgaidi. Fan iomzodlari miqsori 85 kishiga etdi (1938 yilda 52 nafar), professorlar esa 39 kishini tashkil qildi (1938 yilda 32 kishi), dotseitlar 60 nafarga etdi (ikki yil oldin ular 32 kishi edi) va h.k.3 1939-1940 oquv yilida universitet xalq xojaligining matematika, mexanika, fizika, geofizika, botanika, zoologiya, antropologiya, tuprokshunoslik, geografiya, tarix, organik kimyo, noorganik kimyo, fizik va kolloid kimyo, analitik kimyo, silikatlar texnologiyasi, yoglar texnologiyasi, vinochilik, spirtchilik kabi on sakkiz sohasi boyicha mutaxassislar tayyorlardi. SHu oquv yilida universitetga hujjat topshirgan abiturientlarning 40 foizi, talabalikka qabul qilinganlarning 25 foizi erli millatlar vakillari edi. 1938 yilda tarix, mexanika-matematika va geografiya fakultetlarida sirtqi talim tashkil etildi va 1939 yildayoq OODUning sirtqi bolimini 18 kishi bitirib chiqdi. Bu holat erli aholini oliy talim bilan qamrab olishda katta ahamiyatga ega boldi. 1939 yilning 1 sentyabrida Orta Osiyo davlat universitetiga 2116 talaba qabul qilingan bolsa, shulardan 1560 nafari kunduzgi, 556 kishi sirtqi bolimda bilim olardi. Ularning 683 nafari erli millatlar vakillari bolib, bu 32,5 foizni tashkil etardi. SHularning yarmidan koprogi ozbeklar edi. Korinadiki, OODUda oliy maktablar ishlari Butunitgifoq qomitasiiing 1939 yil 29 iyulda chiqarilgan va talabalar soni 4500 kishi bolishi kerakligi borasidagi buyrugi yarmiga ham bajarilmadi. YAnayam achinarlisi shundaki, 1939-1940 oquv yilida universitetni bitirgan kishilar soni bor-yogi 273 nafarni tashkil qildi. Birinchi Orta Osiyo davlat universiteti professor-oqituvchilari tarkibi ham huddi talabalar tarkibi kabi bolib, unda erli ziyolilariing mikdori goyat oz edi. 1930 yilda universitet domlalari orasida atigi 28 nafar erli aholi vakili bolib, bu oqituvchilarning bor-yogi 6 foizini tashkil qilar edi. Oradan ikki yil otgach, bu korsatkich 10 foizga etdi. Bular orasida professor unvoni berilgan Abdulla Avloniy, Sulton Segizboev, shu universitetni bitirgan yosh matematik olim Qori-Niyoziy, erli xojalik va huquq fakultetining sobiq talabasi shoir Oybek kabilar bor edi. 1940 yilda OODU aspiranturasida 103 yosh mutaxassis tahsil korgan. Bu borada sezilarli osish bolganligini qayd etish lozim. Zero, 1937 yilda aspirantlar miqdori bor-yogi 30 kishini tashkil etgandi. Aspirantlarning 40 foiziga yaqini erli aholi vakillaridan iborat edi3. Barcha ishni oz tabiiy yosini bilan emas, balki zugum va zorlik bilan amalga opshrishga tobora organib borayotgan shoro hukumati talaba yoshlarga ham xojalik yuritipshing ayni usulini singdirishga harakat qildi. SHu bois talabalar 20-yillarning ortalaridan ilm olishga mutlaqo bogliq bolmagan ishlarga jalb etiladigan boldi. Universitet talaba yoshlaridan oldin respublikada er-suv islohotini otkazishda foydalanilgan bolsa, songroq majburiy kollektivlashtirish tadbiriga ham jalb etildilar. Hech qancha otmay, kompartiya talabalarni ozlari tashkil etishda qatnashgan kolxozdagi paxtalarni yigib-terib olishga safarbar eta boshladi. SHu tariqa 1929 yilning 17-19 oktyabr kunlari Orta Osiyo davlat universiteti talabalari dunyo universitetlari orasida birinchi bolib, paxta terimiga chiqishdi. Bu yaroqsiz anana yurtimiz ozodlikka chiqqunga qadar, qariyb 66 yil davom etdi. Birinchi Orta Osiyo davlat universiteti ham bepoyon shoro mamlakati boylab izgib yurgan qatagondan chetda qolmadi. Bu qatagonning mualliflari uchun oz fikri, etiqodi va dunyoqarashi bor har qanday ziyoli dahshatli dushman hisoblanar edi. Tabiiy, aynan OODUday tafakkur maskanida bunday kishilar koproq bolardi. SHuning uchun ham universitet jamoasi 30-yillarning ikkinchi yarmida qatagon mashinasining bugun qudratini yaqqol his qildi. 1936 yilning kuzida universitet rektori V.YA.YArotskiy, N.YAroshevich, T.Jurgenov, A.SHmidt, K.Lapkin singari professor-oqituvchilar qamoqqa olindi. Urushdan oldingi yillarda erli millat vakillari nafaqat talaba yoki domla, balki universitet rahbari darajasida ham ishlay olishlari mumkinligi korindi. 1931 yilning noyabrida sovet xojaligi va huquqi fakultetini 1928 yilda bitirib, siyosiy iqgisoddan talabalarga saboq bergan va tez orada pedagogika fakulteti etakchisi darajasiga kotarilgan N.Murodov universitetga rektor kilib tayinlandi. Universitetning ozbeklardan chiqqan birinchi rahbari bolmish bu kishi 1932 yilning iyul oyiga, yani Moskvaga qizil professura institutiga oqishga ketgunsha qadar OODUni boshqardi. Uning orniga ikkinchi bir yosh ozbek, keyinchalik olamga maggghur yirik matematik olimga aylangan Toshmuhammad Qori-Niyoziy tayinlandi. Bularning rahbarlik davri, garchi uzoq davom etmagan bolsa-da, erli millat vakillarining oqish va jamoat ishlariga koproq jalb etilgan davri boldi. Universitet faoliyatining dastlabki bosqichlarida gumanitar fanlar yonalishida ham jiddiy tadqiqotlar qilindi. Qozoq va qoraqalpoq etnografiyasini organish boyicha prof. A.Divaev, Tojikistonga etnografik nuqtai nazardan tekshirishda M.Andreev, Qashgarni etnografik jihatdan tadqiq etishda A.Semyonov kabi olimlar keig qamrovli ishlarni amalga oshirdilar. Aholiiiig udumlari, oyinlari, ogzaki ijodi, kuy-qoshiqlari, ertagu dostonlari, topishmoq va maqollari yozib olindi, tasnif qilindi. Lekin, negadir, ozbeklarni etnografik nuqtai iazardan tekshirishga etarli etibor qaratilmadi. Faqat 1928 yilga kelibgina ozbek xalq ogzaki ijodi namunalarini yozib olishga bir qadar kirishildi. 1940 yilga kelib Orta Osiyo davlat universiteti nafaqat Ozbekiston yoki Orta Osiyo, balki Ittifoqdagi yirik oliy maktablardan biriga aylandi. Uiing ilmiy salohiyati haqida pguni aytish mumkinki, 40-yillar boshida Ozbekistondagi barcha oliy oquv yurtidagi fan doktorlarining 80 foizi, professorlarning 56 foizi shu universitetda faoliyat korsatardi. Tashkil etilishi vaqtidayoq Orta Osiyo davlat universiteti shu mintaqa respublikalari va Qozogistonda zamonaviy fanlarni rivojlantirish markazi bolishi kozda tutilgan edi. SHuning uchun ham universitet bagrida bir qator ilmiy-tadqiqot ochoqlari tashkil etilib, mintaqa ehtiyoji uchun zarur hisoblangan fan sohalarini rivojlantiripgga etibor qaratildi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling