Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi MA‘mun-universitetintm
Download 0.92 Mb.
|
Махсус тарих фанлари мажмуаси
3. Turkiston davlat universiteti
Turkiston xalq universiteti salkam ikki yil davomida rasmiy andozadagi universitet darajasiga osib otdi. Turkiston hukumatining 1919 yil dekabrdagi qarori bilan u Turkiston davlat universiteti (TDU) maqomiga ega bolib, yangi bosqichga qadam qoydi. Bu bevosita Turkiston va Rossiya ortasidagi munosabatlar rivojidagi ozgarishlar natijasi edi. Toshkentda universitet ochilishiga yordam berishni sorab Turkistondan Rossiyaga 1917 yil avgustda shahar Dumasi raisi M.M.Sosnovskiy boshliq birinchi va 1918 yil aprelda irofessor A.A.Semenov rahbarligidagi ikkinchi maxsus delegatsiyani Rossiya Muvaqqat va sovet hukumatlari qollab-quvvatlab, ularga yordam berdilar. 1917 yilda Rossiya Muvaqqat hukumatining Xalq Maorifi vaziri, undan song sovet hukumatining Maorif Xalq komissarligi Toshkentda universitet ochish uchun malum tashkiliy ishlarni amalga oshirdi. 1918 yil iyunda Sankt-Peterburg va Moskva shaharlarida ikkita Tashkiliy byuro tuzilib, ular shu yilning kuzida gidrotexnika va irrigatsiya sohasi mutaxassisi professor I.R.Aleksandrov rahbarligidagi Turkiston universitetining Moskvadagi Tashkiliy qomitasi tarkibiga Moskva va Sankt-Peterburgdagi turli soha olimlari jalb etildi. 1919 yil avgust oyiga kelib Turkiston universitetiiing Rossiyadagi tashkiliy tuzilmasi muayyan shaklga ega bola bordi. 1919 yil 30 avgust kuni Turkiston universiteti professor-oqituvchilariiing umumiy yigilishida universitet rahbariyatiga saylov bolib, unda prof. N.A.Dimo rektor, prof. A.E.SHmidt prorektor etib saylanadi. Turkiston universitetining ikkinchi qanoti Sankt-Peterburg va Moskva oliy oquv yurtlari professor-oqituvchilari asosida mana shu korinishda Moskvada tashkil topdi. Uning birinchi qanoti esa bu paytda Toshkentda faoliyat korsatmoqda edi. Endigi vazifa shu ikki qanotni ozaro birlashtirish asosida universitetni kuchaytirishdan iborat edi. SHundan song Moskvadan birin-ketin beshta poezd Toshkentga jonatiladi. Universitetning Toshkent va Moskva qismlariiing birlashishi toqqiz oyga choziladi. Sovetlar hukmronligi davrida butun Ozbekiston tarixi kabi TDU tarixi ham soxtalashtirildi. Kommunistik mafkura tarixda bolmagan «tarix»ni oylab topdi. SHuning uchun davlat ahamiyatiga ega bolgan hujjatlar ham mantiqqa zid mazmunga ega boldi. Mana shulardai biri Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (RSFSR) Xalq Komissarlari soveti raisi V.I.Lenin 1920 yil 7 seityabrda imzolagan, Toshkentda Turkiston davlat universitetini tashkil etish haqidagi dekret boldi. Bu dekret «Izvestiya» gezetasida 11 sentyabrda elon qilinishi bilanoq, Toshkentda unga nisbatan taajjub va, hatto, norozilik paydo boladi. Birinchidan, dekretning birinchi bandida «Toshkent shahrida universitet tasis etilsin» deyilishining ozi odob va xolislik jihatidan noorin edi. CHunki bu paytda Toshkentda Turkiston universiteti rasman tashkil topib, faoliyat yuritayotgan edi. SHuning uchun ham Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Soveti 1920 yil 25 sentyabrda qaror qabul qilib, unda «Markazda elon qilingan dekret Turkiston Respublikasi konstitutsiyasiga zid» ekanligini korsatdi. Ikkinchidan, dekretning ikkinchi bandida: «Turkiston davlat universiteti bevosita RSFSR Maorif Xalq Komissariati tasarrufida boladi», deb aytilgan bolsa-da, universitet amalda uning tasarrufiga otmadi. Uchinchidan, dekretning uchinchi bandida: «Universitetning mablag taminoti shu komissariat smetasidan ajratiladi», deb korsatilgan bolishiga qaramay, RSFSR universitetni mablag bilai taminlamadi. RSFSR dekretidan keyin ham TDU mablag bilan erli hukumat tomonidan taminlandi. Masalan, 1921 yil 17 sentyabrda Turkiston Xalq Komissariati quyidagicha qaror qabul qiladi: «Turkiston davlat universiteti tibbiyot, qishloq xojaligi, texnika, ijtimoiy, pedagogika, ishchi va harbiy fakultetlardan iborat tarkibda talabalarning umumiy soni 3500 dan oshirilmay, yashab qolishi zarur deb topilsin...» 1920 yil 15 oktyabrda ilmiy kengashlarning birlashgan yigilishida rektor saylovini otkazishda kelishmovchilik yuz beradi. SHu sababdan saylov kechiktirilib, G.NLerdansev (Toshkent) va N.A.Dimo (Moskva) - ikki rektor tenglik asosida universitetga rahbarlik qiladigan boladi. SHu tariqa universitetda «ikki hokimiyatchilik» shakllanadi. Bundan tashqari, kommunistlar oz mafkurasi hukmronligini ornatish, siyosiy va mamuriy rahbarlikni qolga olish uchun boshlagan harakat ham universitetdagi vaziyatni ancha murakkablapggiradi. Ularning kurash harakati talabalar tarkibini «yoqsillashtirish», «burjua olimlari»ni esa kommunistik dunyoqarashga boysundirish bayrogi ostida boldi. 1920 yil 15 dekabrda universitet rektorligiga ikkinchi marta bolgan saylovda kommunistik diktaturaga qarshilik kuchaydi. Komyacheyka universitet rektori lavozimiga prof. N.A.Dimoni taklif etadi. Ammo kopchilik uning nomzodini qollamaydi. SHundan song 19 dekabrda rektorlikka uchiichi marta saylov bolib, V.B.Bush rektor, N.I.Lebediiskiy va K.T.Xurushchevlar prorektor lavozimlariga saylanadilar. Biroq, bunga kommunistik firqa tashkiloti yacheykasi raisi talaba F.ASolkin norozilik bildiradi va Xalq Maorifi Komissarligidan saylov natijalarini tasdiqlamaslikni talab etadi. Nihoyat, 26 dekabrda kommunistlarning tazyiqi ostida rektorlikka tortinchi marta saylov ogkazilib, rektor lavozimiga texnika fakulteti talabasi 24 yoshli F.ASolkin saylanadi. 1920 yildagi statistik malumotga kora, Turkiston davlat universitetida oltita (tibbiyot, fizika-matematika, ijtimoiy iqtisod, texnika, tarix-filologiya va ishchi) fakultet faoliyat yurita boshlagan. Jami talabalar soni 2671 nafar bolib, ularning orasida 24 millat vakili bolgan: ruslar - 1076, yahudiylar - 368, armanlar - 83, ozbeklar - 7 kishini tashkil etgan. 1921 yilning yozida universitetni tarixda birinchi bolib 12 nafar tibbiyot mutaxassisi bitirib chiqadi. 1922 yilda ham universitet bitiruvchilari faqat tibbiyot fakulteti talabalari boldi. Bu yili 17 kishi shifokor diplomini oldi. 1923 yildan boshlab mutaxassislarga yollanma berishda tibbiyot fakulteti yoniga qishloq xojaligi, melioratsiya muhandisligi, mahalliy xojalik va huquq fakultetlari ham qoshiladi. SHu yili universitetni 76 kishi: 25 vrach, 14 agronom, 8 muhandis va 32 huquqshunos bitirib chiqadi. Ularning kopchiligi keyinchalik yirik olim va mutaxassislar bolib etishib, elu yurt, fan olamiga tanildilar. Masalan, tibbiyot fakultetini 1922 yilda tugatgan Z.I.Umidova Ozbekistondagina emas, balki sobiq SSSRda tibbiyot fani taraqqiyotiga katta hissa qoshdi. Ittifoq Tibbiyot fanlari akademiyasining muxbir azosi darajasigacha kotarildi. Turkiston davlat universiteti negizini tashkil etgan fizika-matematika va tarix-filologiya fakultetlari 1921 yilga kelib Markaziy Rossiya hukumati tomonidan tugatilib, ularning ornida (rus tili), tabiiy-tarix va matematika bolimlaridan iborat pedagogika fakulteti tashkil etildi. 1922 yilda fizika-matematika fakulteti qayta tiklandi. Dastlab ikkita (matematika va tibbiy) bolim bilan ish boshlagan fakultet 1923 yilga kelib matematika, fizika, biologiya, ximiya va geologiya bolimlaridan iborat tarkibga ega boldi. Pedagogika fakulteti tashkil topishi bilan respublika Maorif Xalq komissarligi Timiryazev nomidagi xalq maorifi institutini universitetga otkazishni maqsadga muvofiq deb topadi va u ham fakultetlararo institutlar kengashi tarkibiga kiritildi. Bu oziga xos oquv va ilmiy-tadqiqot institutlariiing ozaro birlashuvi universitetda oquv jarayoni hamda ilmiy-tadqiqot ishlari rivojlanishida malum ahamiyatga ega boldi. Fakultetlararo institutlar kengashi tuzilishi bilan universitet oquv jarayonidagi parallelizmga barham berildi, ozaro muvofiklashtirilgan, qatiy tartibga asoslangan oquv-ilmiy ishlar tizimi paydo boldi. Moskvada harbiy fakultet shakllantirilgan bolsa-da, Toshkentga uning birorta ham professor-oqituvchisi kelmadi. SHuning uchun ham qaytadan tashkil etilib, 1920 yil 25 dekabrdan ish boshladi. Unda 12 professor, 40 oqituvchi harbiy mutaxassisliklardan 129 talabaga dars berdi. SHoro hokimiyatining dastlabki yillarida bu kabi harbiy mutaxassislarni tayyorlash ipsh bopgqa oliy oquv yurtlarida ham sinab korildi. Ammo bu tajriba muvaffaqiyat qozonmadi. SHuning uchun ham bu fakultet 1922 yil iyun oyida tugatildi. Uning professor-oqituvchi va talabalari harbiy ixtisosliklar boyicha tashkil etilgan maxsus akademiyalarga ogkazildi. 1921 yilga kelib, ijtimoiy iqtisod fakulteti RSFSRda joriy etilgan nomenklatura asosida ijtimoiy fanlar fakulteti deb iomlandi. SHu yili unda erli millat vakillaridan 42 kipsh, jumladan, 12 nafar ozbek oqidi. Bu fakultet ham uzoq umr kormadi - 1924 yilda tugatildi. Mahalliy xojalik va huquq fakultetini 1922 yilda - 32 kishi, 1923 yilda -39 kishi bitirib chiqadi. Texnika fakulteti 1921-22 oquv yilida qurilish muhandislari, kon, mexanika, elektromexanika va gidrotexnika bolimlariga ega edi. 1922 yilda bu fakultet melioratsiya muhandislari fakultetiga aylanadi. Unda suv va melioratsiya boyicha mutaxassislar tayyorlash belgilandi. Buni RSFSR Maorif Xalq komissarligi 1924 yil oxiriga kelib maqullaydi. SHu yili fakultet dastlabki etti muhandisni tayyorlab chiqarishga muvaffaq boladi. Melioratsiya muhandislari fakulteti asosiy etiborni qishloq xojaligiii va ayniqsa, paxtachilikni rivojlantirish uchun zarur bolgan mutaxassislarni tayyorlashga qaratadi va tez orada bu sohada bir qadar muvaffaqiyatga erishadi. Turkiston Xalq universitetining asosiy fakultetlaridan biri sifatida ish boshlagan qishloq xojaligi fakultetida markazdan mutaxassis va olimlar kelishi bilan agronomiya, zootexnika, iqtisodiyot, biologiya bolimlaridan iborat tizim shakllanadi. Bolimlar qishloq xojaligi ishlab chiqarishini yuksaltirishga qodir mutaxassislar tayyorlash bilan birga, dastlabki yillardanoq oz sohalarida echimini kutayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga ham qol urdilar. Fakultet tarkibidagi 23 kafedra professor-oqituvchilari oz pedagogik faoliyatlarini respublika qishloq xojaligi uchun muhim bolgan ilmiy-tadqiqot va seleksiya-tajriba ishlari bilan birgalikda olib borishdi. 1922 yilda bu fakultetni birinchi marta 25 agronom bitirib chiqadi. 1919 yil fevralda ochilgan ishchi fakulteti vaqt otipsh bilan kengaydi. Uning talabalari alohida ijtimoiy-siyosiy imtiyozlarga ega boldilar. 1922 yil fevralda Eski shaharda ishchi fakultetining musulmon bolimi ochiladi. SHayxontohur masjidi yonidagi madrasada ish boshlagan bu bolimda faqat erli millat vakillari oqishi mumkin boldi. Lekin ular ishchi fakultetining haqiqiy talabasi bolishi uchun ikki yil tayyorlov kursida rus tilini organishi, pgundan song universitetning biror fakultetiga oqishga kirish uchun ipgchi fakultetida yana uch yil oqiish lozim edi. Xullas, musulmonlar universitetga kirishlari uchun ikki pogonali besh yillik tayyorlov bosqichini otab, pgundan keyin oliy malakali mugaxassis bolish uchun yana besh yil oqishi kerak edi. Ishchi fakulteti tinglovchilarining soni yil sayin osib bordi. Ular 1920 yilda - 153 kipshni, 1921 yilda - 368 kipshni, 1922 yilda - 460 kishini, 1923 yilda 784 kishini tashkil qildi. 1921 yilda birinchi bolib 51 kishi, 1922 yilda 60 kishi bitirib, universitetning asosiy fakultetlariga oqishga kirish imkoniyagiga ega boddi. Ularning orasida 30 ga yaqin musulmon millatlari vakillari, jumladan, 18 nafar ozbek bor edi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling