Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi MA‘mun-universitetintm
TARIX FAKULETINING ORNI VA AHAMIYATI
Download 0.92 Mb.
|
Махсус тарих фанлари мажмуаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fakultet kafedralari faoliyati
TARIX FAKULETINING ORNI VA AHAMIYATI
Ozbekiston Respublikasi Oliy oquv yurtlarining tarix fakuletlari orasida OZMU tarix fakuletining tutgan orni va ahamiyati goyatda katta hisoblanadi.Zero, viloyatlardagi universitetlar uchun asosiy tayanadigan ishchi dasturlari OZMU ishlab chiqqan fan dasturlari asosida ishlab chiqiladi. Bu borada OZMU tarix fakuletida kafedralarning ham roli katta ekanligini etiborga olib, tarix fakuleti va undagi kafedralar tarixi va ularning bugungi faoliyatiga ham toxtalish joizdir. Ozbekiston Milliy Universitetining Tarix fakulteti 1935 yilda tashkil etilgan bolib, unda Qadimgi dunyo tarixi, Orta asrlar tarixi va YAngi zamon tarixi kafedralari faoliyat olib borgan. Uning tarkibiga keyinchalik "Arxeologiya", "Orta asrlar va yangi tarix"(keyinroq "Jahon tarixi"), Manbashunoslik, arxivshunoslik va muzeyshunoslik, Etnologiya kafedralari ham kirdi. Fakultet faoliyati davomida I.Dodonov, D.Lobashev, A.Hamraev, X.Hamroev, L.Gentshke, G.Kovalyov, O.Toshmuhammedov, G.A.Hidoyatov, A.S. Sagdullaev, X.G. Gulomov, Z.U. CHoriev, A.S. Tatibaev Z.R.Ishonxojaeva, M.M.Haydarovlar tomonidan boshqarilgan. Hozirgi kunda fakultetga A.Muminov rahbarlik qilib kelmoqda. 2017 yil dekabr oyida kafedra professori A.S.Sagdullaevga Akademik unvoni berildi. Fakultet kafedralari faoliyati Ozbekiston tarixi: kafedrasi 1939 yilda tashkil topgan. 2014 yilda u fakultetlararo Ozbekiston tarixi kafedrasi bilan birlashtirilib Ozbekiston tarixi kafedrasi deb qayta nomlandi. Kafedra Jahon sivilizatsiyasining rivojlanishida Ozbekistonning orni mavzusi doirasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi. Bugungi kunda kafedraning ilmiy salohiyatiga professor R.H.Murtazaeva, Z.R.Ishonxodjaeva, X.E.YUnusova va O.P.Kobzevalar oz hissalarini qoshib kelmoqdalar. Jahon tarixi: kafedrasi 1935 yilda oz faoliyatini boshlagan. Kafedra dunyo tarixi fanlarining muammolarini organish boyicha Respublikada yagona markaz vazifasini bajarib kelmoqda. 2000 yilda kafedra negizida 5A120302-Tarix (Umumiy tarix) magistratura mutaxassisligi ochildi. 2017 yil kafedra jamoasi OT-A-1-99 Xorijiy adabiyotlar asosida Jahon tarixi darsligining I-tomni yozish nomli grantga sazovor boldi. 2017 yil kafedra jamoasi OT-A-1-99 Xorijiy adabiyotlar asosida Jahon tarixi darsligining I-tomni yozish nomli grantga sazovor boldi. Manbashunoslik va arxivshunoslik: kafedrasi universitetning tarix fakulteti tarkibida 1991 yili tashkil topgan. 2003 yil iyul oyidan Manbashunoslik va maxsus tarixiy fanlar kafedrasi qoshida Arxivshunoslik bakalavr talim yonalishi ochildi. 2007 yil iyunda arxivshunoslik bakalavr yonalishi bazasi asosida Tarix-arxivshunoslik, Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti, Arxeografiya mutaxassislari buyicha magistratura mutaxassisliklari ochildi. 2011 yil iyun oyida universitetda 5320300 Arxivshunoslik bakalavriat talim yonalishi negizidagi 5A320301 Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti magistratura mutaxassisliklari qayta tashkil etildi. Arxeologiya: Orta Osiyo Davlat universiteti tarkibidagi Arxeologiya kafedrasiga 1940 yil 1 aprelda M.E.Masson tomonidan asos solingan. SHu kunga qadar kafedradan 6 ta akademik etishib chiqqan. Kafedrada 1999 yildan boshlab 5A120401 Arxeologiya, 5A120402 - Etnografiya, etnologiya va antropologiya, 5A120403Etnogenez (ozbek xalqining etnik tarixi) magistratura mutaxassisliklari oz faoliyatini boshladi. Kafedrada 2007-2008 oquv yilidan boshlab (5120400-Arxeologiya) bakalavriat talim yonalishi ochilib, talabalar qabul qilinmoqda. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling