2-MAVZU: TARIX FAKULTETIDA ARXIVSHUNOSLIK MUTAXASSISLIGI BOYICHA OQUV JARAYONINING TASHKILIY USULLARI VA OQUV JARAYONIDA TALABALARNING MUSTAQIL ISHLASHI
REJA:
1.OZMU TARIX FAKULTETIDA MUTAXASSISLIK BOYICHA OQUV JARAYONI
2.TALABALARNING OQUV JARAYONIDA MUSTAQIL ISHLASHI
ADABIYOTLAR:
1. Sadiev A. X!X asrda Turkistonda tarix fani,-Ozdavnashr, 1960.
2.Ozbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining ozbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish togrisidagi Qarori , Xalq sozi gazetasi, 1998 yil 27 iyul.
3.B.Dostqoraev Ozbekiston Milliy Universiteti 100 yoshda T, 2008 yil
Ozbekiston Milliy Universitetining tarix fakultetida mutaxassislik boyicha oquv jarayonining tashkiliy usullari va oquv jarayonida talabalarning mustaqil ishlashiga alohida ahamiyat beriladi.Bu borada fakultetdagi kafedralarning tutgan orni katta.
Tarix fakultetining Arxeologiya kafedrasi qoshida 1940 yildan tashkil etilgan oquv kabinet-muzeyi faoliyat yuritmoqda. 1940 yilda Arxeologiya kafedrasining ochilishi vaqtida asos solingan. Ushbu kabinet muzeyida talabalar turli arxeologik topilmalarni taxlil qilish, tiplarga ajratish, klassifikatsiyalash, fiksatsiya hamda restavratsiya qilish boyicha amaliy mashgulotlarni amalga oshirishadi. SHuningdek, muzeyda arxeologik fond mavjud bolib, unda kafedraning arxeologik dala topilmalari saqlanadi.
Arxeologiya kafedrasi qoshida zamonaviy asbob-uskunalarga ega bolgan GIS laboratoriyasi tashkil etilgan. Laboratoriya ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar uchun zamonaviy moddiy-texnik jihozlar bilan taminlandi. Hozirgi kunda Toshkent, Toshkent viloyati va Qarshi vohasi arxeologik yodgorliklarini zamonaviy jihozlar bilan tadqiqotlar asosida organish keng yolga qoyilgan.
Tarix fakultetida talabalar uchun tashkil etilgan "Xalqaro hayot" ilmiy-amaliy seminari doirasida 2018 yil 1 may kuni akademik A.S.Sagudullaevning "Markaziy Osiyo qadimgi xalqaro aloqalar tizimida" mavzusidagi workshop shaklidagi seminar mashguloti bolib otdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |