Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi MA‘mun-universitetintm
Orta Osiyo davlat universiteti ikkinchi jahon urushi yillarida
Download 0.92 Mb.
|
Махсус тарих фанлари мажмуаси
5.Orta Osiyo davlat universiteti ikkinchi jahon urushi yillarida
Ikkinchi jahon urushi mamlakatimiz uchun alohida sinov yillari boldi. Urush-ning dastlabki kunlaridanoq universitet olimlari va talabalaridan bir qanchasi kongilli bolib jangga otlandilar. Mamlakat himoyasi bilan bir qatorda universitetdagi ilm-fanning toxtab qolmasligsha harakat davom etdi. Universitetdagi oquv-uslubiy va ilmiy faoliyat urush yillarining talablari boyicha qay-ta tashkil etildi. Birinchi navbatda, mamlakat mudofaasi uchun muhim bolgan sohalarga etibor qaratildi. Besh yillik oquv tizimi harbiy holatni hisobga olgan holda uch yillik qilib belgilandi va bu maqsadsa dasturlar qayta tuzib chiqildi. Harbiy kafedra qoshida snayperlar, radistlar, telegrafistlar, harbiy tarjimonlar va hamshiralar tayyorlaydigan kurslar tashkil qilindi. Birgina snayperlar kursi qisqa muddatda 200 kishini tayyorlab, frontga yubordi. Universitetdan harbiy xizmatga chaqirilgan I.D.Kurganskiy 1945 yili oz qadrdon oquv dargohiga qahramon bolib qaytdi. 1941 yilning noyabrida Samarqanddagi Ozbekiston davlat universiteti Orta Osiy davlat universiteti bilan birlashtirildi. Buning natijasida 1941-42 oquv yilida 5 fakultet: tarix, fizika-matematika, ximiya, biologiya, tuproqshuposlik-geografiya-geologiya fakultetlari faoliyat olib bordi. Bular qatoriga urush yillarida tashkil etilgan filologiya va sharqshunoslik fakultetlari qoshildi. Universitetda urush yillarida Fanlar akademiyasining 4 haqiqiy azosi, 7 muxbir azosi, 41 fan doktori va 65 fan nomzodi ishlagan edi. 1942 yili universitet talabalari soni 881 kishini tashkil etar edi. Urush yillarining songgiga borib, 246 muallimdan 42 nafari professor, 99 tasi dotsent ilmiy unvoniga ega boldi. Urush davrida universitetni 821 mutaxassis bitirib chiqdi. Ayni yillarda universitetda 34 doktorlik va 277 nomzodlik dissertatsiyalari yoqlandi. Urush yillari faqatgina mamlakatni himoya qilish yoki qiyin sharoitga qaramay oquv jarayonini tashkil etish kabi masalalar bilan cheklanilgani yoq. Ayni yillarda ilmiy faoliyat rivoj topganini anglatuvchi qator manbalar mavjud. Xususan, Alisher Navoiy tavalludining 500 yillik yubileyi ayovsiz janglar davom etayotgan bir paytda universitet ilmiy jamoasi tomonidan nishonlandi. Navoiy mavzusida Olim SHarafiddinovning «Alisher Navoiy. Hayoti va ijodi» monografiyasi chop etildi. Rossiyalik olim E.E.Bertels «Navoi. Ocherk tvorchestva» asarida ulug ozbek adibining hayot yoli va ijodiy faoliyati jahonniig eng peshqadam adiblari Dante, SHekspir, Bayron, Pushkin ijodi darajasida baholanishi lozimligini anglatish bilan birga, Navoiy ijodiy merosiga nisbatan «fors adabiyotining taqlidchisi», «saroy amaldori» kabi yondashuvlardan kelib chiqib emas, balki badiiy-ilmiy nuqtai nazardan yondashish kerakligini uqtirdi. 1943 yilning noyabrida Ozbekiston Fanlar akademiyasining tashkil etilishi muiosabati bilai universitet olimlaridan T.A.Sarimsoqov, professorlar V.I.Romanovskiy, A.S.Uklonskiy va boshqalar akademiklikka saylandilar. Muxbir azolari sifatida professorlar E.P.Korovin, I.P.Sukervanik faoliyat boshladilar. 1944 yili universitetda SHarq fakultetining tashkil etilishi munosabati bilan uning Eron-afgon, turk va uygur bolimlari ochildi, keyinroq esa Arab filologiyasi va SHarq mamlakatlari tarixi bolimlari ish boshladi. Mahalliy olimlar bilan bir qatorda sharqshunoslik ilmining dargalari hisoblangan akademiklar M.S.Andreev, E.E.Bertels, professorlar I.P.Petrushevskiy, A.A.Semenov, A.N.Boldirev, L.Z.Pisarevskiy kabilar ham yurtimiz talabalariga bilim berish bilan mashgul boldilar. 1945 yilning may-iyunida tuproqshunoslik-geologiya-geografiya fakulteti ikkiga ajralib, Tuproqshunoslik-geologiya hamda Geografiya fakultetlari sifatida mustaqil faoliyat korsata boshladilar. Filologiya fakultetining bunyodga kelishi mamlakatda nafaqat til va adabiyot talimi, balki filologik ilmning taraqqiyoti uchun ham etiborli omil boldi. Dastlab fakultetning rus va ozbek bolimlari tashkil etildi. Songra esa Ozbek tili va adabiyoti kafedrasi mustaqil faoliyat boshladi va uning mudiri etib taniqli adabiyotshunos olim A.Sadiy tayinlandi. SHunday qilib, urush yillarida ilm-fan rivoji toxtab qolgani yoq, bu davrga kelib universitetning 8 fakultetida 55 ta kafedra ish yuritgan bolsa, undagi professor-okituvchilar soni 246 nafarga etdi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling