O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi “MA‘mun-universiteti”ntm


Download 0.92 Mb.
bet13/34
Sana22.03.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1286382
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
Bog'liq
Махсус тарих фанлари мажмуаси

Manbashunoslik va arxivshunoslik kafedrasi Kafedraga 1991-1993 yillarda dots. Ergashev F.R., 1993-1998 yillarda dots. Toshmuhamedov O.M., 1998 yilda dots. CHoriev Z.U., 1998-2001 yillarda prof. Vohidov SH.H., 2001-2004 yillarda dots. Bo‘riev O., 2004-2005 yillarda prof. Kamaliddinov SH., 2005-2013 yillarda dots. Saidboboev Z.A., 2013 yildan esa dots. Rahmonqulova Z.B. rahbarlik qilmoqda. Hozirgi kunda kafedrada: prof., Munavvarov Z., t.f.n.,dots. Raxmonqulova Z.B. dots. Saidboboev Z.A., t.f.n., dots. Jumaev U. dots., Bo‘rieva X.O, katta o‘qituvchilar Iofe V.G., Jo‘raev Z.M., CHoriev SH.SH., o‘qituvchilar Rashidov O.R., Saidboboeva G.N.,Nazarov A.Y., Adilov J.X., YUsupova D., o‘rindoshlik asosida: t.f.d. prof. Alimova D.A., t.f.d., prof. Ziyaeva D.X., t.f.n., dots. Bo‘riev O., t.f.n., dots. Jumaev U , t.f.n., dots. Bo‘rieva X.O., Duschanov R.R. mehnat qilishmoqda.

Kafedrada 5A120304 Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqotlar usullari (Osiyo va Evropa mamlakatlari bo‘yicha, 5A220301 Hujjatchilik, hujjatshunoslik va arxivshunoslik magistratura mutaxasissliklari mavjud.


Kafedrada o‘quv jarayonini takomillashtirish va saviyasini oshirish maqsadida turli tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan (O‘zR FA Tarix instituti, SHarq qo‘lyozmalar Markazi, O‘zarxiv agentligi, O‘zbekmuzey, litsey va kasb-hunar kollejlar)
2018 yil 25 aprel kuni "Tarixiy manbashunoslik muammolari" nomli Respublika ilmiy-amaliy konfrensiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur konfrensiya kafedra tomonidan an’anaviy tarzda tashkil qilinadi. Ushbu konfrensiya O‘zbekiston Milliy universiteti 100 yilligiga bag‘ishlangan.
Arxeologiya kafedrasi O‘rta Osiyo Davlat Universiteti (hozirgi O‘zMU) qoshida 1940 yil 1 aprelda M.E.Masson tomonidan tashkil etilgan.
Kafedraga prof. M.E.Masson (1940-1967), prof.G.B.Lunina (1967-1981, dots.Z.I.Usmanova (1981-1992), prof.A.S.Sagdullaev (1992-1998), prof. R.H.Suleymanovlar (1998-2006) rahbarlik qilishgan. Hozirgi kunda kafedraga t.f.n. dotsent Ochildiev Fayzulla Boboqulovich rahbarlik qiladi.
1997 yilda tarix va arxeologiya fanlari doktori, Turkmaniston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tanikli arxeolog Mixail Evgenevich Masson tavalludiga 100 yil to‘ldi. SHu munosabat bilan Toshkent, Ashxobod shaxarlarida bir kator tadbirlar, Toshkentda xar yilgi Masson o‘kishlari o‘tkazildi. SHuni xam aytishimiz joizki, Mixail Masson O‘rta Osiyo Davlat Universiteti (xozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti)ning arxeologiya kafedrasining tashkilotchisi va mudiri edi (1936 yildan). Uning shogirdlari xozirgi kunda Markaziy Osiyoning etakchi arxeologlari, MDXdagi fanlar akademiyalari akademik va muxbir-a’zolaridir.
O‘zbekistonda arxeologiya fanini rivojlantirishda O‘rta Osiyo Davlat universitetida Arxeologiya kafedrasini ochilishi (1940 y.), O‘zFA qoshida dastlab Arxeologiya bo‘limini, sal o‘tib tarix va arxeologiya institutini tashkil etilishi (1943 y.), respublikada qadimshunos mutaxassislarni, ayniqsa mahalliy kadrlarni tayyorlashda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Arxeologiya kafedrasida tahsil olgan talabalardan ko‘plari istiqbolda, nafaqat O‘zbekiston, O‘rta Osiyo, yoki MDH davlatlari, balki, dunyo miqyosida taniqli arxeolog bo‘lib etishdilar
Kafedra faoliyati davomida mashhur olimlardan prof. M.E.Masson, akad. G.A.Pugachenkova, g.f.d. N.G.Mallitskiy, b.f.d. L.V. Oshanin, t.f.d. A.A. Semyonov, I.I. Petrushevskiy, S.N. Zamyatnin, prof. V.P. Smirnov, E.V. Davidovich, B.A. Litvinskiy, B. A. Litvinskiy, E.V. Rtveladze, V.M. Masson, V.I. Sarianidi, N.I Krashennikova, YU.F. Buryakov, O.B. Obelchenko, B.D. Kochnev, R.H. Sulaymonov, Z.I.Usmanova, G.YA.Dresvyanskaya, professorlar: A.S.Sagdullaev va boshqalar faoliyan yuritgan.
O‘tgan asrning 30-40 yillaridan boshlab arxeologiyaga mahalliy kadrlar kirib kela boshladi. Bu jarayonlarda birinchi qaldirg‘och vazifasini o‘tagan YA.G‘. G‘ulomovning bosib o‘tgan hayoti yo‘li, ilmiy pedagogik faoliyati va ilmiy merosi o‘zidan keyingi avlod uchun yuksak namuna vazifasini o‘tadi.
O‘zMU arxeologiya kafedrasi o‘qituvchisi SHaydullaev Alisher SHopo‘latovich O‘zbekiston CHexiya xalqaro arxeologiya ekspeditsiyasida 2008 yildan buyon doimiy a’zosi sifatida muntazam qatnashib kelmoqda. Ushbu ekspeditsiya Surxondaryo viloyatidagi Jandavlattepa (2008 2012 yy), Burguttepa (2014 - 2017), Kayrit qo‘rg‘on (2016-2017) kabi arxeologik yodgorliklarda qazuv tadqiqot ishlarini olib bormoqda. A. SHaydullaev joriy yilda ushbu ekspeditsiya tarkibida Aleksandr Makedonskiy izidan nomli xalqaro grant asosida arxeologik dala qidiruv ishida qatnashib bir qancha yangi ilmiy yangiliklarga erishdi.
O‘zMU arxeologiya kafedrasi o‘qituvchisi Annaev J.T. 2016-2017 o‘quv yillarida O‘zbek-Xitoy xalqaro ekspeditsiyasida a’zo sifatida ishtirok etdi. Surxondaryo viloyatining Termiz tumani xududida joylashgan Talitog‘ora yodgorligida arxeologik tadqiqot ishlarida ishtirok etib kelmoqda.
Kafedra bilan ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomalari tuzilga bo‘lib, Jumladan, Arxeologiya kafedrasi Qarshi Davlat universiteti bilan O‘quv, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnoma, O‘zbekiston Respublikasining Madaniyat va sport ishlari bo‘yicha vzirligi bilan Arxeologik yodgorliklarni saqlash va ilmiy tadqiqot faoliyati yuritish to‘g‘risidagi ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi, O‘zbekiston tarixi muzeyi, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markazi, O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi bilan YOdgorliklarni saqlash, restavratsiya ishlari, muzeylashtirish to‘g‘risidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatlari yuritish masalalarida ikki tomonlama hamkorlik shartnomalar tuzilgan.
Arxeologiya yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan talabalar, magistrantlar, mustaqil izlanuvchilar Arxeologiya kafedrasida faoliyat olib boruvchi professor-o‘qituvchilar va O‘zRFA arxeologiya instituti Toshkent bo‘limi, O‘zRFA tarix institutining qadimgi dunyo va ilk o‘rta asrlar bo‘limlarida o‘zi ilmiy mazulariga doir ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda, xususan arxeologiya mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan SHaydullaev A.SH, Annaev J.T., Mo‘minov O.O‘ lar ilmiy mavzulari bo‘yicha Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga arxeologik ekspiditsiyada ishtirok etishib bronza vailk temir davriga mansub bo‘lgan xali fanga nomalum bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plashga muvaffaq bo‘ldilar, shuningdek, arxeologiya kafedrasining professor o‘qituvchilari Suleymanov R.X, SHonazarov SH.B, doktarant Parmanov SH va talabalar ishtirokida Qashqadaryo viloyati CHiroqchi tumani eski Langar ota qishlog‘iga arxeologik ekspiditsiya tashkil etildi bundan asosiy ko‘zlangan maqsad bronza davriga mansub arxeologik obekt va Amir Temur tug‘ilib o‘sgan diyorni aniqlashga qaratildi natijada Munchoqtepa 1 va munchoqtepa 2 arxeologik yodgorliklarni aniqlashga muvaffaq bo‘lindi shuningdek o‘rta Osiyo arxeologiyasining zamonaviy muammolariga bag‘ishlangan mavzular yuzasidan o‘zaro xamkorlikda ilmiy tadqiqotlar ham olib borilmoqda. 
Kafedra mamlakatimizning bir qator ilmiy va o‘quv maskanlar, jumladan: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti; SHarqshunoslik qo‘lyozmalar instituti, Nukus Davlat universiteti; Qarshi Davlat universiteti; Termiz Davlat universiteti; Samarqand Davlat universiteti;Namangan Davlat universiteti; Toshkent Davlat SHarqshunoslik instituti; Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti; Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetlari bilan hamkorlik qilmoqda.
Urganch davlat universiteti Tarix fakultetining shakllanish jarayoni 1935-yildan boshlanadi. Shu yildan (1935) boshlab Xorazm Davlat pedagogika instituti tarkibida ijtimoiy fanlar o`qitila boshlangan. 
1944-yilga kelib, ijtimoiy fanlar alohida kafedra tarkibiga jamlandi. 
1944-1946-yillarda kafedraga S.Boltacheeva so`ngra Moskvadan yuborilgan L.A.Vishkarev rahbarlik qilgan. 
Kafedrada o`sha yillari L.A.Vishkarev, S.Boltacheeva, A.Mantusieva, Grinka, M.X.Aliakbarov kabi o`qituvchilar ishladilar. 
1954-yilda kafedra jamoasiga falsafa fanlari nomzodi Ya.Rajapov va katta o`qituvchi R. Jumaniyozov, Vapaevlar kelib qo`shildi. 
1954-yildan boshlab institut ijtimoiy fanlar kafedrasiga dotsent Ya. Rajapov mudir etib tayinlandi. U ana shu lavozimda salkam 30 yilga yaqin faoliyat ko`rsatdi. 
O`sha yillarda kafedraning ilmiy salohiyati nihoyatda quyi darajada edi. Olimlarga-fan nomzodlariga, professorlarga ehtiyoj sezilardi. 
Kafedrada ishlayotgan 10 dan ortiq o`qituvchilardan bir kishi yani Ya.Rajapov ilmiy darajaga ega edi xolos. Kafedrani tajribali o`qituvchilar bilan mustahkamlash lozim edi. Shu sababdan Toshkent oliygohlaridan professor J. M.Bobonev, professor B. Ismoilov, professor M.Baratov, professor I. Jabbrov kabi olimlar ishga taklif etildi. 1960-1970-yillarda kafedra salohiyati Toshkent, Moskva, Leningrad, Kiev oliygohlarida nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan yoshlar hisobiga mustahkamlandi. Fan nomzodi, dotsentlardan N.Qalandarov, M.Matniyozov, A.Sotliqov, K.Abdullaev, A.Xayitboev, X.Sapaev, F.Madraximov, A.Sobirovlar yoshlarga ijtimoiy fanlarni o`qitishda alohida fidoiylik ko`rsatdilar. 
1967 yilga kelib Xorazm Davlat pedagogika institutining kengayishi munosabati bilan ijtimoiy fanlar kafedrasi 3 ta kafedraga ajratildi. 
Tarix fakulteti uzoq yillar davomida faoliyat ko`rsatib, dastlab “Filologiya va tarix“ fakulteti deb nomlandi, Filologiya va tarix fakultetidan 2001-yil 3-yanvarda ajaralib alohida “Tarix va huquq” fakulteti bo’lib shakllandi. 
2008- yildan boshlab esa, “Tarix” fakulteti deya nomlanadi. 
Fakultetni 2001-2005-yillar davomida yu.f.n. Ya.Yu.Ollamov, 2005-2009- yillarda t.f.n,dots. S.R.Davletov boshqardi, 2009-yilda t.f.n. T.P. Abdullayev boshqardi. 2013-yildan boshlab t.f.n. O.Shixov rahbarlik qilmoqda. 
Joriy o’quv yilida jami 598 nafar talaba bilim olmoqda. 
Fakultetda quyidagi ta’lim yo’nalishlari bo’`yicha kadrlar tayyorlanadi:
5120300-«Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha)» 5111600- «Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi» 
Shuningdek 5A120302-«Tarih(yo’nalishlar va mamlakatlar)» mutahassisligi bo`yicha magistrlar tayyorlanadi. 
Bugungi kunda o`quv jarayonlari va ilmiy-uslubiy ishlarga quyidagi kafedralar rahbarlik qilmoqda: Tarix kafedrasi. 
Kafedra mudiri., t.f.n., dots. O`.I. Abdullayev, Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi. 
Kafedra mudiri., t.f.n. dots. O.B. Abdullayev , O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va falsafa kafedrasi. 
Kafedra mudiri., f.f.d. M. Xajiyeva. Fakultetda 2 nafar professor, 1nafar fan doktori, 16 nafar fan nomzodi dars beradi. 
Professor o`qituvchilar tarkibibining saviyasi ularning ilmiy tadqiqotlar, ilmiy konferensiyalarda ishtirok etishlari, fanlarning o`quv dasturlariga yangi metod va texnologiyalarni joriy qilishida namoyon bo`ladi. O`quv jarayoniga zamonaviy texnologiyalar, ta`lim berishning faol shakl va usullari, videoleksiyalar va yangi texnologiyalarni qo`llash ko`magida talabalarning tarix va boshqa gumanitar fanlardan bilimi yuksalib, olimpiadalar, intellektual o`yinlar, munozaralarda faolligi oshadi. 
Fakultetda talabalar uchun bir necha ilmiy to`garaklar faoliyat yuritmoqda. 
“Tarix” kafedrasida “Oykumena”, “O`zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va falsafa” kafedrasida “Yosh faylasuflar”, Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasida “Yosh huquqshunoslar” ilmiy to`garaklari faoliyat ko`rsatadi. Talabalar ushbu ilmiy to`garaklarda tarix, falsafa va huquqiy sohalardagi fan yangiliklari bilan tanishib, ilmiy izlanishlar olib boradilar. Fakultetda iqtidorli talabalar guruhi shakllangan bo`lib, ularga muntazam ravishda mutaxassislik fanlaridan, xorijiy tillar va informatika va ahborot tehnologiyalaridan maslahat mashg`ulotlari o`tkaziladi. 2002-2016-yillarda fakultet talabalaridan 3 nafari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibi, 9 nafar talaba Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo`ldilar. 
Fakultet bitkazuvchilari jamiyatning ta`lim va boshqa sohalarida o`zlarining yuksak professional tayyorgarlik darajasini namoyon qilmoqdalar. 
Tarix fakultetida ta`lim olgan qobiliyatli yosh mutaxassislar bugungi kunda o`qish va ish faoliyatlarini xorijda, O`zbekistinning turli hududlarida davom ettirmoqdalar.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling