Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi MA‘mun-universitetintm
OZBEKISTONDA ARXIV ISHININGTASHKIL
Download 0.92 Mb.
|
Махсус тарих фанлари мажмуаси
OZBEKISTONDA ARXIV ISHININGTASHKIL
QILINISHI (1925-1940 YILLAR) Malumki, 1924 yili Orta Osiyo respublikalari (Turkiston. Buxoro, Xorazm respublikalari)da milliy-hududiy chegaralanishi otkalildi. Natijada SSSR tarkibvda Ozbekiston SSR va Turkmanisto SSR, Tojikiston ASSR (OzSSR tarkibida) hamda RSFSR tarkibida Qozogiston ASSR va Qirgiziston avtonom viloyati tashkil qilindi. Buning natijasida Ozbekiston SSRning uz arxiv tashkilotlari vujudga keldi. Arxiv hujjatlari yangi tuzilgan respublikalar ortasida quyidagi tartibda bolindi. Orta Osiyo va ittifoq ahamiyatiga zga bolgan arxiv 12 fondlari Orta Osie Markaziy davlat arxivida - Toshkentda saqlanaligan boldi. Har bir resgtublikaga oid arxiv fondlari shu rsslublikaga beriladigan boldi. Turkiston Respublikasining YAgona davlat arxivi fondi shu tarzda bolinib ketdi. 1924 yil 28- dekabrda maxsus qaror bilai OzSSR MIK huzurida OzSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi tashkil qilindi. Ozbekiston hududida tashkil bolgan bercha arxivlar, masalan, Fargona, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xoraam va boshqa viloyatlarda vujudga kelgan archiv fondlari OzSSR Arxiv ishi markazin boshqarmasiga topshirildi. SHuningdek, Orta Osiyo ahamiyatiga ega bolgan arxiv fondlari ham Orta Osiyo markaziy arxivi tuzilmaganligi uchun Ozbekiston arxiv boshqar-masiga topshirildi, chunki ushbu Orta Osiyo arxiv fondlari Toshkentda vujudga kelgan edi. SHunday qilib, OzSSR arxivida faqat respublika tarixiga oid hujjatlargina emas, balki butun Orta Osiyo tarixiga doir materiallar saqlana boshladi. OzSSR MIK va XKSning 1925 yil 22- iyul qarori bilan «OzSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi togrisida»gi nizom tasdiqlandi. Bu nizomga kora respublikada YAgona davlat arxnv fondi (YADAF) tashknl qilindi. Bu fondga hukumat, savdo, sanoat, kooperativ, kasaba uyushmalari gashkilotlari arxivlari, shuningdek, diniy va shaxsiy arxivlar kiritiladi, deb korsatildi. Viloyatlarda viloyat arxiv byurolari tashkil etildi. 1925-yilda Fargana, Samarqand, Toshksnt, Zarafshon viloyatlari arxiv byurolari, 1926 - yidda chsa, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari arxiv byurolari ochildi. 1925-1930 ymllarda arxivlarda ishlaydigan xodimlar soni qisqartirildi. CHunki bu yillarda SSSRda, shuningdek OzSSRda ham industrlashtirish siyosati otkazilib. butun mabla qatiy tejalgan holda industrlashtirishga sarflangan edi. SHu sababli Arxiv boshqarmasida 1924 yildagi 46 xodim orniga 1925-1930 yillari bor-yogi 17 kishi ishladi. Bu hol arxiv tashkilotlari faoliyatiga salbiy tasir korsatdi. Arxiv hujjatlarining tartibga solish ishlari, ulardan foydalanishni tashkil etish surati ancha pasaydi. Qiyinchiliklarga qaramay, arxiv gashkilotlari xodimlari hujjatlarning saklab qolishni ozlarining muhim vazifalari deb bildilar. Arxivlar Orta Osiyoda milliy hududiy chegaralanishning otkazilishi, Turkiston. Buxoro, Xorazm respublikalarining tugatilnshi munosabati bilan bu respublikalar davlat idoralari arxiv materiallarini qabul qilish, ularni respublika poytaxti Samarqandga tashib borish xizmatlarini amalga oshirdilar. Faqat 1925 yil yanvar oyining ozida Arxiv ishi markaziy boshqarmasiga 50 mingga yaqin saqlov birligidagi arxiv materiallari topshirildi. Davlat arxivlarini arxiv matsriallari bilan butlash ishlari keyingi yillarda ham davom etdi. 1925-1929- yillarda 134 ta arxiv fondi qabul qnlindi. 1929 yili Arxiv ishi markaziy boshqarmasi 863 arxiv fondi va 764 ming yigma jild qabul qilgan. Viloyatlar arxivlarida 924 arxiv fondi va 994 ming yigmajild saqlanardi. SHuni takidlash lozimki, arxiv xodimlari kam bolganligi sababli davlat arxivlaridagi hujjatlarning yarmidan koli tartibga solinmagan, bayon qilinmagan edi. Tabiiyki, bunday holda ulardan foydalanishning ham imkoni bolmagan. SHuning uchun davlat tashkshyutlzrining oz arxivlarini tartibga solib, royxat tuzib, ularni davlat arxivlariga (markaziy va viloyat davlat arxivlariga) topshirish talabi qoyildi, 1923 yil dekabrida Turkiston hukumati barcha idora va tashkilot-larga oz hujjatli materiallarini tartibga solib, royxat tuzib davlat arxiviga topshirishni moljallagan edi. 1929 yil may oyida OzSSR MIK Prezidnumi OzSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi maruzasini eshitdi. Qabul qilingan qarorda shu uqtirshtdiki, Markaziy boshqarma tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar uning oldiga ilmiy tashkilot sifatida qoyilgan talablarga javob bermaydi. Qarorda Markaziy boshqarma oz faoliyatnda ilmiy-tadqiqot ishlariga, hujjatlarni elon qilishga, hujjatlar toplamlari tayyorlashga alohila etibor berishi kerakligi korsatib otildi. 1930 yil 9-aprelda Oz SSR MIK Prezidiumiqaroribilan OzSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi OzSSR Markaziy arxiv boshqarmasi deb ozgartirildi. Sovet davri arxivlarining kopayib borishi bilan SSSR MIK va XKS qarorn asosvda 1929 yil aprelda Davlat arxiv fondi kelib chiqishi boyicha inqilobgacha va sovet davri arxiv fondlariga hamda ahamiyati boyicha charkaziy va chahalliy arxiv fondlariga bolindi. 1931 yil 20-mayda OzSSR MIK OzSSR Markaziy arxiv boshqarmasi va uning mahalliy idoralari togrisidagi nizom haqida qaror qabul qildi. OzSSR Markaziy arxkv boshqarmasi huzurida Oz SSR Oktyabr inqilobi markaziy davlat arxivn va Markaziy davlat tarix arxivi tashkpl qilindi. Fargona va Samarqand shaharlarida ularniig bolimlari tashkil etildi. SHahar va tumanlarda zarur hollarda tuman va shahar davlat arxivlari tashkil qilishga qaror qilinai. Arxiv ishlarini qayta qurishga bagishlangai yuqoridagi qarorida lavlat arxiviga qolyozma hujjatlar bilan birga kino-foto-foto hujjatlar ham topshiriladi, dsb korsatildi. Idora, tashkilot, muassasa va korxonalar xujjatlarini davlat arxivlariga oldingi bssh yil orniga tashkil bolgaidan yuz yil keyin topshirish qoidasi joriy qilindi. SHahar, tuman tashkilotlari oz hujjatlarini 3 yildan keyin topshirishlari kerak edi. Qarorda idoralarning daalat arxiviga faqat doimiy eaqlanadigan hujjatlarnigina tolshirishlari uqtirildi. Vaqtincha saqlanadigan (masalan, 3-10 yil) hujjatlarni idoralarning ozlari maxsus komissiya tuzib yoq qilishi takillandi. Bu qoida davlat arxivlarn ishini ancha engillashtirdi. SHuningdek, qarorda Buxoro, Xorazm xonliklari va respublikalari hujjatlarndan vaqtincha saqlanadigan hujjatlarni yuq qidnsh man etildi. 1931 yil 20-maydagi hukumat qaroriga asosan kasaba uyushma arxivlari Oktyabr inqilobi markaziy davlat arxivi tarkibiga kiritilgan edi. 1933 yili OzSSR kasaba uyushmasi harakati markaziy arxivi tashkil qilindi, SHu munosabat bilan Turkiston va Ozbekiston Respublikalari kasaba uyushmalari tashkilotlari arxiv fondlari Oktyabr inqilobi markaziy davlat arxividan ajratilib yangi Markaziy arxivga berildi. Bu arxiv 1942 yilgacha faoliyat korsatdi va yana MDA ga qoshib yuborildi. 1934 yil iyulida SSSR MIK qarori bilan Ozbekiston Markaziy arxiv boshqarmasi tarkibida Ozbekiston harbiy arxivi tashkil qilindn. 1945 yil oxirida bu arxiv tugatildi va barcha arxiv fondlari Moskvadagi SSSR Qyuil Armiya markaziy davlat arxiviga topshirildi. OzSSR tarkibida Qoraqalpogiston ASSRning tashkil bolishi munosabati bilan 1934 yil 11- martda QQASSR Markaziy arxiv boshqarmasi tuzildi. 1935 Yil mahalliy arxiachar tarixida ham katta voqea sodir boldi. SSSR MIK shu yili barcha tumanlarda tuman davlat arxiilarini tuzishni tavsiya qildi. OzSSR MIKning 1935 yil 21- dekabr qaroriga binoai respublikaning barcha shahar va tumanlarida daa^at arxivlari tashkil qilindi. 1936 yili respublikada 31 ta tuman davlat arxivlari va arxivi bolmagan shaharlarda shahar davlat arxivlari tuzildi. 1938 yil yanvarida Fargona, Toshkent, Samarqand, Buxoro viloyatlari qayta tashkil boldi. SHu munosabat bilai 1938 yil iyunida shu viloyatlarda arxiv boshqarmalari tuzildi. 1939 yili respublika arxiv tashkilotlari OzSSR MIK huzuridagi OzSSR ichki ishlar xalq komissariati (IIXK) qaramogiga otkazildi. Malumki, NKVD deb nomlangan bu tashkilot 30-yillardagi qatagonlarni otkazgan. Uning roli, ahamiyati ortib ketishi va arxiv hujjatlari bu tashkilotga koproq kerak bolishi sababli SSSR va OzSSR da arxivlar IIXKga otkazildi. SHu munosabat biyaan OzSSR Markaziy arxiv boshqarmasi orniga OzSSR Ichki ishlar halq komissiariati Arxiv bolimi tashkil qilindi. Joylarda esa, viloyat IIXK boshqarmalariping viloyat arxiv bolinmalari va viloyat davlat arxivlari tuzildi. 30-yillarda respublika arxiv tashkilotlari kadrlar bilan ham anchamustahkamlandi. 1929 yili arxiv tashkilotlarida hammasi bolib 34 ta xodim ishlagan bolsa, 1941 yilga kelib ularning soni 111 taga etdi. SHuningdek, arxiv xodimlarining malakasini oshirishga ham etibor berildi. 1932-1941 yillarda Moskva davlat tarix-arxiv instituti qoshidagi malaka oshirish kursiga 18 kishi yuborildi. Toshkentda Markaziy arxiv boshqarmasi qoshidagi malaka oshirish kursida shahar, tuman, viloyat arxivlari xodimlari muttasil malakasini oshirib bordilar. Arxiv xodimlarining asosiy vazifalaridan biri tashkshtotlarda hujjatlarni davlat arxivlariga qabul qilish, ularni tartibga solish va ilm-fan uchun ulardan foyda,olinishni tashkil qilish edi. Bu sohada ancha ishlar qilindi. 1936 yili rsspublika arxivlarnda 1534 ta arxiv fond-lari va 1 mln 001 ming 680 saqlov birligida hujjatlar saqlanardi. 1941 yilga kelib fondlar soni 41 (60 taga etdi, hujjatlar esa, 1 mln 580 ming 450 saqlov birligidan oshib ketdi. Bu hujjatlarning yarmidan kopi tartibga solingan bolib, ulardan foydalanish mumknn adi. Arxiv tashkilotlari XX asr 30-yillarida arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanishga alohida etibor berdilar. 1935-1936-yillarda 200 dan ortiq maqola matbuotda elon qilindi. 1932 yili «Orta Osiyoda 1916 yil qozgoloni» deb nomlangan hujjatlar toplami elon qilindi. 1933-1934 yillari «Toshkent Sovetining 1917 yilgi protokollari», «Orta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi» nomli hujjatlar toilamlari tayyorlandi. Arxiv hujjatlaridan boshqa maqsadlaryaa ham foylalanildi. Har yili arxiv hujjatlarining korgazmalari tashkil qilinib, namoyish etildi. Markaziy arxiv qiroatxonasida har yili yuzlab olimlar ilmiy ishlari uchun hujjatlardan keng foydalandilar. SHunday qilib, 1925-1940 yillarda rsspublika arxiv tashkilotlari tashkiliy jihatdan ancha mustahkamlandi. Davlat arxivlari tizimi vujudga keldi. Markaziy. viloyat, shahar. tuman davlat arxivlari tashkil qilindi. 30-yillarda koplab yangi hujjatlar davlat arxivlariga qabul qilindi, tartibga solindi. Bu hujjatlardan ilmiy- tadqiqot ishlarila keng foydalanildi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling