O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi “Ma’mun universiteti” ntm


II bo‘lim. Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi


Download 194.03 Kb.
bet4/5
Sana23.06.2023
Hajmi194.03 Kb.
#1652610
1   2   3   4   5
Bog'liq
Baxodirov Shaxzod hisoboti

II bo‘lim. Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi
III bo‘lim. Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasini qo‘llash tartibi
II bob. Moliyaviy aktivlar
III bob. Debitorlar va kreditorlar
IV bob. Moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi schyotlar
V bob. Balansdan tashqari schyotlar

Shuningdek, amaliyot jarayonida O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidentining 01.12.2005 yildagi PQ-229-sonli qarori ham korxona faoliyatini yuristishda zarur bo‘lgan normative huquqiy hujjat ekanligini inobatga olgan holda, ushbu hujjat bilan ham to‘laqonli tanishib chiqdim.


Qonun hujjatida quyidagilar aks etgan:
TIBBIYOT XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TO‘LASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda xalqimizga zarur sog‘lom va munosib turmush sharoiti yaratish, hamma foydalana oladigan va sifatli sog‘liqni saqlash tizimini shakllantirish borasida muhim ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni va maqsadli dasturlar doirasida fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashni tubdan yaxshilash, xotin-qizlar va bolalar salomatligini mustahkamlash, tibbiy yordam sifatini oshirish uchun tashkiliy va amaliy shart-sharoitlar yaratish, qishloq vrachlik punktlarini shakllantirish, kasalliklar tarqalishining oldini olish tadbirlari izchillik bilan amalga oshirib borilmoqda, bu o‘z navbatida aholi turmush tarzini sezilarli darajada sog‘lomlashtirish imkonini berdi.
Sog‘liqni saqlashni isloh qilish chora-tadbirlari tizimida tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish va moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan tadbirlarga g‘oyat muhim ahamiyat berilmoqda. Keyingi yillarda shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati xodimlarining mansab maoshlari ko‘paytirildi, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida mehnatga haq to‘lashning progressiv shakllari joriy etildi.
Shu bilan birga, tibbiyot xodimlari mehnatini baholash va haq to‘lashning amaldagi tizimini yanada yaxshilash, ular olayotgan ish haqi va rag‘batlantirish mexanizmi bajarilayotgan ishning murakkablik darajasiga va ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatiga aniq va bevosita bog‘liq ekanini ta’minlash talab etiladi.
Mehnatga haq to‘lash tizimida har bir tibbiyot xodimining o‘z professional saviyasi va qobiliyatlarini doimiy oshirishga intilishiga undaydigan barqaror moddiy manfaatdorlikni yaratish zarur.
Qishloq shifokorining ko‘p qirrali mehnatiga haq to‘lash darajasi qo‘yilayotgan talablardan jiddiy orqada qolmoqda, bu esa yosh istiqbolli mutaxassislarni mazkur ish sohasiga jalb etish va muqim o‘rnashib qolishiga imkon bermaydi. Kichik tibbiyot xodimlari va hamshiralarning ayniqsa ixtisoslashtirilgan statsionar davolash muassasalaridagi ish haqi miqdorlari ularga yuklangan ish darajasiga mos kelmaydi, natijada tibbiyot muassasalari ushbu xodimlar bilan to‘liq ta’minlanmagan.
Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini yanada takomillashtirish va ularni moddiy rag‘batlantirish, ularning mehnat haqi miqdorlari bajarilayotgan ishning murakkablik va o‘ta mas’uliyatlik darajasiga, ko‘rsatayotgan tibbiy yordam sifatiga bog‘liqligini kuchaytirish, shuningdek tibbiyot xodimlarining professional saviyasi va malakasini uzluksiz oshirish uchun rag‘batlantirish omillarini yaratish maqsadida:
1. Quyidagilar tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
tibbiyot xodimlari mehnatiga davolash muassasalarining ixtisoslashuv sohasi va xodimlarning malaka toifasini hisobga olgan holda, ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam hajmi, murakkablik darajasi va sifatiga qarab tabaqalashtirilgan tarzda haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish;
tibbiyot xodimlarining qishloq joylarda muqim o‘rnashib qolishini nazarda tutgan holda, shuningdek ixtisoslashtirilgan davolash muassasalarida ishlaydigan kichik va o‘rta tibbiyot xodimlari mehnatiga munosib haq to‘lash uchun shart-sharoitlar yaratish;
shifokorlarning shaxsiy hissasiga, ishlarni og‘ir, o‘ta og‘ir va sog‘liq uchun xavfli mehnat sharoitlarida bajarishiga, shuningdek zamonaviy tibbiyot uskunalaridan foydalangan holda ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklar tashxisi hamda ularni davolashning zamonaviy usullarini egallaganiga qarab shifokorlarni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish;
o‘zining professional burchiga sodiq bo‘lgan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatadigan xodimlar mehnatini xolis baholash va rag‘batlantirish borasida tibbiyot muassasalari rahbarlarining huquqlarini yanada kengaytirish hamda mas’uliyatini oshirish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining:
2006-yil 1-yanvardan boshlab lavozimlar va malaka toifalari bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari, shuningdek ularga tuzatish koeffitsiyentlar o‘rnatilgan holda muassasalar guruhlari bo‘yicha tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini amalda joriy etish;
neonatolog shifokorlar, neyro-, kardio- va mikroxirurglar, ishi yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi jonli mikroorganizm va viruslar bilan bog‘liq bo‘lgan laboratoriyalar, sil kasalligi, anesteziologiya, reanimatsiya, intensiv terapiya, patologik anatomiya, rentgen va radiologiya bo‘limlari tibbiyot xodimlarining mansab maoshlariga ustama haq miqdorlarini maoshning 25—35 foizi doirasida oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilansinki, 2006-yilning 1-yanvaridan boshlab har bir tibbiyot muassasasida (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmatining tibbiyot muassasalari bundan mustasno) Tibbiyot muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi negizida Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi (bundan buyon matnda Jamg‘arma deb yuritiladi) tashkil etiladi. Quyidagilar har bir tibbiyot muassasasi uchun mazkur Jamg‘armani shakllantirish manbalari etib belgilansin:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi PF-5567-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2018-y., 06/20/5567/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati, bolalar tibbiyot muassasalari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda ijtimoiy kasalliklarga (sil, buyrak yetishmovchiligi, onkologiya, ruhiy, narkologiya, endokrin, moxov (lepra), yuqumli, jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan, OITS) ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida — umumiy xarajatlarning 10 foizi;
respublika va viloyat darajasidagi boshqa sog‘liqni saqlash muassasalarida — umumiy xarajatlarning 5 foizi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-maydagi PF-136-sonli Farmoniga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 06/22/136/0425-son)
faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan keladigan daromadlar;
hisobot choragining oxirgi ish kunida xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar bundan mustasno;
tibbiyot tashkilotining balansida bo‘lib, ijaraga berilgan mol- mulklar uchun olingan mablag‘larning bir qismi;
belgilangan tartibda budjet tashkilotlarining ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘lar;
xayriya ishlaridan tushgan mablag‘lar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga:
vaqtincha ishga layoqatsizlik nafaqasini to‘lash va mavjud kreditorlik qarzlarini uzishga;
budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlariga;
budjet tashkiloti xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlariga sarflanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning budjet tashkilotlariga ko‘rsatgan xayriya ishlaridan tushgan barcha mablag‘lar, agar xayr-ehson qiluvchilar tomonidan boshqa shartlar qo‘yilmagan bo‘lsa, budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarflanadi.
Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etish uchun har bir tibbiyot muassasasida tegishli muassasa rahbari boshchiligida va kasaba uyushmasi tashkiloti vakillarining ishtirokida maxsus komissiyalar tuziladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi Tibbiyot muassasasini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni, shuningdek tibbiyot muassasalari to‘rtta (I—IV) guruhining har biri uchun Jamg‘arma xarajatlari manbalarining ikkala yo‘nalishlari o‘rtasidagi foiz nisbatlarini qo‘shma qaror bilan tasdiqlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tibbiyot xodimlari mehnat haqini takomillashtirishga oid chora-tadbirlarini amalga oshirish hisobidan ularning ish haqi kelgusi yilda barcha haq to‘lash manbalari hisobiga (har yilgi indeksatsiyalar bu hisobga kirmaydi) 1,3 baravar oshirilishi to‘g‘risidagi bayonoti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2006-yilgi Davlat budjeti doirasida davlat muassasalari tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
o‘z majlisida davlat muassasalari tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini, shuningdek, tibbiyot muassasalarining barcha guruhlari (I—IV) bo‘yicha ish staji uchun ustama haq to‘lashni nazarda tutgan holda, tibbiyot xodimlarining ayrim toifalariga ustama va qo‘shimcha haq belgilashga oid amaldagi normativ hujjatlar qayta tasdiqlanishini ko‘zda tutuvchi, Davlat muassasalari tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring o‘rnatsin va uning natijalarini har chorakda o‘z majlislarida muhokama qilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.


Download 194.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling