O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
104 2 § Jamiyatni raqamlashtirish muammolari va Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish xususiyatlari Reja: 1. Jamiyatni raqamlashtirish muammolari 2. Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyotga o’tishning me’yoriy-huquqiy asoslari 3. Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning oʻziga xos xususiyatlari 4. 2020 – 2022-yillarda elektron hukumatni yanada rivojlantirish boʻyicha ustuvor loyihalar Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, raqamli iqtisodiyot ob’yektiv jarayon boʻlib rivojlanishga cheksiz imtiyozlar berishdan tashqari, bunda muammolar ham koʻpchilikni tashkil etadi. Raqamli iqtisodiyot deganda odatda raqamli texnologiyalardan foydalangan holda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, sotish va iste’mol qilish bilan bogʻliq har qanday iqtisodiy faoliyat, shuningdek elektronikadan foydalanish, tijorat, veb va internet iqtisodiyoti tushuniladi. Raqamli iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi bir qator muammolarning paydo boʻlishiga sabab boʻlmoqda. Avvalo, ma’lumotlarga erishish va ularni yaratish bilan bogʻliq muammolarni aytib oʻtish kerak. Ma’lumotlarni qayta ishlash va qoʻllash uchun yanada tejamkor texnologiyalar talab etiladi. Shuningdek, tranzaktsiya xarajatlarini kamaytirish (ma’lumot bilan bogʻliq xarajatlarni kamaytirish), ma’lumotni qidirish, qayta ishlash va moslashuvchanlik hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirish ham muhim hisoblanadi. Ammo, tranzaktsion xarajatlar ulushi pasaytirish va axborot texnologiyalari, axborotni himoya qilish, uning ishonchliligini baholashni oshirish bir vaqtning oʻzida roʻy berishi talab etiladi. Shuningdek, biznes faoliyatini onlayn rejimga 105 oʻtkazish vositachilar va agentlarga boʻlgan ehtiyojni pasaytiradi, ba’zan hatto yoʻq qiladi. Shuni qoʻshimcha qilish kerakki, onlayn iqtisodiyot mijozlar buyurtma beradigan individual buyumlar ommaviy ishlab chiqarishga yoʻl beradi. Yana bir muammo shundaki, texnologik innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar yangi layoqatlarga ega mutaxassislarni talab qiladi. Jumladan, dasturchilar, marketologlar, tahlilchilar va boshqalarga ehtiyoj paydo boʻladi. Oʻz navbatida bunday mutaxassislarning yetishmasligi, koʻplab malakasiz ishchi joylarining tugatilishi va daromadlarning tabaqalanishiga olib keladi. Tashqi manbalardan olingan ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash ham muammolar sirasiga kiradi. Ma’lumotlar an’anaviy ravishda haqqoniy va ishonchli (agar ular uchta mustaqil manbadan tasdiqlansa) turlarga boʻlinadi. Bugungi kunda ishonchli ma’lumotlar uchun oʻzaro mustaqil ma’lumot manbalarini yaratish texnik muammoga aylandi. Umuman olganda, transformatsiya muammolari, mahsulotdan tovargacha boʻlgan jarayonning ijtimoiy- iqtisodiy natijalariga oid ma’lumotlar alohida tahlil va muhokama qilishni talab qiladi. Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida raqamlashtirishning poydevori boʻlgan aloqa va axborotlashtirish sohasida qator ishlar amalga oshirildi. Pochta aloqasini, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni boshqarishni yanada takomillashtirish, bozor munosabatlarini rivojlantirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish va shu sohaga xorijiy sarmoyalarni jalb etish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 23 iyuldagi “Axborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-1823-son farmoni imzolangan. 48 Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada toʻliqroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan bahramand 48 http://mitc.uz/uz 106 boʻlishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida” farmoni imzolangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar texnologiyalari davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida» 2012 yil 23 oktabrdagi PQ- 1836-son qaroriga muvofiq, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlarida axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish jarayonlarida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining rolini oshirish va ishtiroki koʻlamlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 dekabrda “Axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasini yanada rivojlantirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish toʻgʻrisida”gi qarori imzolangan. Mazkur qarorda quyidagilar nazarda tutilgan: Respublika axborot-kutubxona markazining faoliyatini; axborot va pochta xavfsizligi, telekommunikatsiya tarmoqlari tizimini, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilish texnologiyalarini joriy etishni, zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq axborot va pochta xavfsizligini ta’minlash boʻyicha texnik infratuzilmani rivojlantirishni; tanlov asosida tanlab olinadigan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasini rekonstruksiya qilish, ularni rivojlantirish va kompyuterlashtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishni; efirga ruxsat berilmagan chiqishlarning va davlat tuzilmalari radio vositalariga toʻsqinlik qilishning oldini olish maqsadida radio chastota spektridan foydalanish ustidan davlat nazorati uchun maxsus nazorat- oʻlchov texnikasi sotib olish xarajatlarini qisman qoplashni; axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining sifatli vositalarini va mahalliy dasturiy mahsulotlarni, shu jumladan, ijtimoiy-koʻngilochar va ta’lim yoʻnalishidagi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishni; qishloq joylarda xizmatlar koʻrsatuvchi aloqa, radioeshittirish va televideniye tashkilotlariga vaqtincha moliyaviy yordam berishni; 107 Oʻzbekiston Respublikasining qishloqlari va chekka aholi punktlarining telekommunikatsiya infratuzilmasini maqsadli qayta jihozlash va yanada rivojlantirishni; operatorlar va provayderlar tomonidan koʻrsatiladigan universal aloqa xizmatlarini rivojlantirishni; dasturlashtirish, tizimli ma’muriyatchilik, kompyuter dizayni, animatsiyalar va axborot texnologiyalarining boshqa yoʻnalishlari boʻyicha tanlovlar, musobaqalar va bellashuvlar oʻtkazish yoʻli bilan axborot- kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislar faoliyatini ragʻbatlantirishni; litsenziyalar berilganligi, abonent raqamidan foydalanganlik uchun mobil aloqa operatorlari tomonidan toʻlanadigan toʻlov, aloqa sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan olingan jarima sanksiyalarining undirishdan tushgan mablagʻlar summasining 5 foizi miqdorida davlat boji Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi huzuridagi byudjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga ajratilishi boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirishda foydalanish. Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyot butun jahonda boʻlgani kabi yangi soha sanalib, uni rivojlantirish boʻyicha keyingi yillarda bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqildi. 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-sonli “Oʻzbekiston respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarorida Oʻzbekistonda iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida davlat tomonidan keng koʻlamli chora-tadbirlar koʻrilayotgani, elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilgani, elektron toʻlovlar rivojlantirilayotgani va elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy baza takomillashtirillayotgani ta’kidlanadi. Shuningdek, ushbu qarorda keltirilganidek, axborot-texnologik platformalarda faoliyat koʻrsatadigan raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda, bu esa shunday platformalarning yangi modellarini yaratish zaruratini taqozo etmoqda. “Blokcheyn” texnologiyalari (ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari), “sun’iy aql”, superkompyuterlar imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, kripto-aktivlar boʻyicha faoliyat jahonning koʻplab mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish 108 yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. “Blokcheyn” texnologiyalari nafaqat iqtisodiyotning koʻplab sektorlariga, balki davlat boshqaruvi tizimiga va boshqa jamoatchilik munosabatlariga asta-sekin joriy etilmoqda. Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, investitsiya muhitini yaxshilash, shuningdek, 2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida: Quyidagilar raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish boʻyicha eng muhim vazifalar hisoblanadi: investitsiyaviy va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini diversifikatsiya qilish uchun kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mayning (turli kriptovalyutalarda yangi birliklar va komissiya yigʻimlari formatida mukofot olish imkonini beradigan taqsimlash platformasini ta’minlash va yangi bloklar yaratish boʻyicha faoliyat), smart-kontrakt (raqamli tranzaksiyalarni avtomatik tartibda amalga oshirish orqali huquq va majburiyatlar bajarilishini nazarda tutuvchi elektron shakldagi shartnoma), konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sugʻurtalash, kraud-fanding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish; “blokcheyn” texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amaliy ish koʻnikmalariga ega malakali kadrlarni tayyorlash; kripto-aktivlar boʻyicha faoliyat va “blokcheyn” texnologiyalari sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotda loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun “blokcheyn” texnologiyalarini ishlab chiqish sohasida faoliyat koʻrsatadigan yuqori malakali xorijlik mutaxassislarni jalb qilish; xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini hisobga olgan xolda “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish uchun zarur huquqiy bazani yaratish; 109 raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi. “Blokcheyn” texnologiyalari joriy etiladigan aniq faoliyat sohalari manfaatdor vazirlik va idoralarning takliflari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan belgilanadi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni va “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida majburiy tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi lozim. Kripto-aktivlar aylanmasi maxsus normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Yuridik va jismoniy shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bogʻliq operatsiyalari, jumladan norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar soliq solinadigan obyekt hisoblanmaydi, mazkur operatsiyalar yuzasidan olingan daromadlar esa soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziya olgan shaxslar tomonidan oʻtkaziladigan kripto-aktivlar aylanmasi bilan bogʻlik valyuta operatsiyalariga valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalari tatbiq etilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “2018–2020-yillarda “Blokcheyn” texnologiyalarini rivojlantirish dasturi” quyidagilarni nazarda tutadi: a) kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mazkur faoliyatni tashkil etishning huquqiy asoslarini yaratish orqali joriy etish va rivojlantirish, bunda kripto-aktivlarni mahalliy va xalqaro kripto-birjalarda realizatsiya qilish imkoniyatini nazarda tutishni; b) 2021-yil 1-yanvardan boshlab “blokcheyn” texnologiyalarini: davlat organlari faoliyatiga, jumladan boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilishda, davlat xaridlarini amalga oshirishda, 110 davlat xizmatlarini koʻrsatishda, shaxs toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni verifikatsiyalashda tatbiq etishni; davlat reyestrlari, klassifikatorlari va boshqa ma’lumotlar bazalarini yuritishda, jumladan ularga kiritilgan axborotni yangilash va undan foydalanishda joriy etishni; ustav fondida davlatning ishtiroki ustuvor boʻlgan yirik tijorat tashkilotlarining korporativ boshqaruvi tizimiga, jumladan biznes- jarayonlarni takomillashtirish, ishlab chiqarish, ma’muriy va operatsion jarayonlarni maqbullashtirish, shuningdek, zamonaviy menejmentni tatbiq etish va resurslarni boshqarish uchun tatbiq etishni; kliring operatsiyalarida, toʻlovlarni amalga oshirishda, savdoga oid moliyalashda, shuningdek, loyihalarga kredit berishda joriy etishni. Keyingi vaqtda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda elektron hujjat almashinuvi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish uchun elektron tijorat tizimlari bosqichma- bosqich joriy etilmoqda. Shu bilan birga, sohadagi ishlar haqiqiy ahvolining tahlili markazlashgan ma’lumotlar tizimiga integratsiyani ta’minlaydigan yagona axborot-texnologik platformaning mavjud emasligi natijasida joriy etilayotgan dasturiy hujjatlar tarqoq ekanini koʻrsatmoqda”, deya ta’kidlanadi 2018-yil 21-noyabrda qabul qilingan PQ-4022-sonli “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarorida. Shuningdek, mazkur qaror bilan raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy infratuzilmani qoʻllash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasida vakolatli organ hisoblanib, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi, shu jumladan, “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish bilan bogʻliq loyihalarni davlat- xususiy sheriklik shartlarida amalga oshirish uchun investorlarning mablagʻlarini jalb etish va birlashtirish asosiy vazifalaridan biri hisoblangan davlat muassasasi shaklidagi “Raqamli ishonch” raqamli 111 iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilgan. Agentlik va Jamgʻarma tomonidan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda samaradorlikning asosiy koʻrsatkichlari (KPI) va mamlakatda raqamli iqtisodiyotni joriy etish uchun zarur texnik bazani yaratish bilan bir qatorda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2019- 2021-yillarda “Universal Mobile Systems” MChJni rivojlantirish Konsepsiyasi ishlab chiqildi: operatorning boshqaruv tizimiga, shu jumladan, mobil xizmatlar koʻrsatish sohasida yetarli tajribaga ega malakali mutaxassislarni jalb etish orqali innovatsion menejmentni joriy etish; ichki kuch va mablagʻlarni safarbar etish, telekommunikatsiya uskunalarini modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash; Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar darajasida internet global tarmogʻiga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar toʻliq qoplashni bosqichma-bosqich ta’minlash; barcha davlat xizmatlarining faqatgina operatorning ma’lumotlarga ishlov berish markazlari orqali koʻrsatilishini ta’minlash. Operatorga: faqat oʻz tijorat ehtiyojlari uchun, boshqa operator va provayderlarga ovozli telefoniya va internet trafigi xalqaro kanallarini tashkil etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish huquqisiz xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga (ma’lumotlar va ovoz uzatish tarmoqlariga), shu jumladan, “IP-telefoniya” texnologiyasidan foydalangan holda toʻgʻridan toʻgʻri ulanish; zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarish maqsadida Jamgʻarma bilan kelishilgan holda shartnoma asosida mustaqil xorijiy, milliy konsultant va ekspertlarni jalb etish huquqi berildi. 2018-yil 13-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF- 5598-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni tasdiqlandi. Unda qayd etilishicha, mamlakatimizda ma’muriy tartibotlardan oʻtishni soddalashtirish, aholi turmushi sifatini oshirish, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan elektron hukumatni, shu 112 jumladan davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini modernizatsiya qilish va rivojlantirish borasida izchil choralar koʻrilmoqda. Shu bilan birga, raqamlashtirishni ta’minlashga va raqamli iqtisodiyotga oʻtishga toʻsqinlik qilayotgan qator hal qilinmagan muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda. Xususan, davlat axborot tizimlarini rivojlantirishning yagona prinsiplari ishlab chiqilmagan, ushbu sohadagi tadbirlar esa oʻzaro va boshqa axborot tizimlari bilan uzviy bogʻlanmagan holda amalga oshirilmoqda. “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmasi lozim darajada rivojlanmayapti, bu davlat xizmatlarini koʻrsatishda va idoralararo elektron hamkorlik qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllashga oʻz ta’sirini koʻrsatmoqda. “Elektron hukumat” tizimini joriy etishda ta’sirchan muvofiqlashtiruv va yagona texnologik yondashuvning mavjud emasligi resurslarning nooqilona foydalanilishiga olib kelmoqda hamda tadbirlarning samaradorligini pasaytirmoqda. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimining joriy etilishini ta’minlash, aholi, biznes va davlat oʻrtasida samarali oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun qoʻshimcha shart-sharoit yaratish maqsadida, shuningdek, 2017 – 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, “Elektron hukumat” tizimini joriy etish raqamli iqtisodiyotning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi; Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Vazirlik) elektron hukumat sohasidagi hamda davlat boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etishda vakolatli organ hisoblanadi, ushbu sohada yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’uldir. Vazirlikning elektron hukumat sohasida, shuningdek, davlat boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etish boʻyicha oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari ijrosini ta’minlash respublikaning barcha vazirliklari, idoralari va tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi. Davlat boshqaruvida axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarini yaratish va joriy etish boʻyicha loyihalar, shuningdek, bunday loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlikda ekspertizadan oʻtkazilishi shart. 113 Vazirlik raqamli iqtisodiyotni joriy etish boʻyicha vazifalarni amalga oshirish doirasida xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlar bilan bevosita oʻzaro hamkorlik qilish huquqiga ega. “Elektron hukumat” tizimini joriy etishda uning samaradorligi va shaffofligini oshirishni ta’minlaydigan, jumladan loyihalar boʻyicha yagona milliy distribyutorni tashkil etish orqali yaxlit jarayon (ishlab chiqish, loyihalashtirish, kelishish, loyihalar boʻyicha tovarlar, ishlar, xizmatlar xarid qilish, shuningdek, ularni foydalanishga topshirishning yagona tizimini) barpo etildi. 2019-yil 18-maydagi “Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4321-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorida “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab- quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MChJning ustav kapitalidagi davlat ulushini kamida 51 foizga oshirishni ta’minlash choralarini koʻrilib, uning ustav kapitalidagi davlat ulushini keyinchalik “Universal Mobile Systems” MChJga ustav kapitalini koʻpaytirish hisobiga belgilangan tartibda oʻtkazish taklifi ma’qullangan. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling