O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
-rasm. Jahon internet trafigi diagrammasi
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
2.4-rasm. Jahon internet trafigi diagrammasi
Raqamli transformatsiya barcha jarayonlar va oʻzaro ta’sirlarni tezlashtiradi, ularni real vaqt rejimiga oʻtkazadi, bu esa barcha aktor(ishtirokchi)larning oʻzaro bogʻliqligi va oʻzaro ta’sirini kuchaytiradi. Tarmoqli oʻzaro aloqa, agar hamma hamma bilan bogʻlangan boʻlsa va real vaqt rejimida ulanishlarni amalga oshira olsa, ishtirokchilardan tarmoqda oʻzlarini aniq joylashtirilishi, roli va funksionalligini aniqlash talab etiladi. Inson omilini koʻplab ijtimoiy-iqtisodiy munosabat jarayonlaridan chetlashtiradigan buyumlar Internetining (IoT) rivojlanishi jismoniy va raqamli olamni birlashtiradi, funktsiyalarning takrorlanishini diagonal ravishda olib tashlaydi, sanoat chegaralarini yoʻq qiladi, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi (yoʻq qiladi), shu jumladan, «vertikal vaqt” va tashkiliy tizim konturlarini texnologik jihatdan kengaytiradi. Big Data analitikasi va sun’iy intellektning oʻsib borayotgan imkoniyatlari yaqin vaqtlargacha texnologik jihatdan imkonsiz boʻlgan sheriklikni kuchaytirmoqda (masalan, noan’anaviy ma’lumotlar skoringi, B2B operatsiyalarini aqlli skoringi). Bular yangi turdagi tashkiliy tuzilma – ekotizimning paydo boʻlishi va kengayishi uchun zarur shartlardir. Raqamli iqtisodiyot umuman iqtisodiyotni oʻzgartirmoqda. Jumladan, fond birjasida savdolar bilan shugʻullanadigan robotlarni misol 95 keltirish mumkin. Robotlar oʻzgaruvchan sharoitlarga odamlarga qaraganda tezroq javob berishga qodir, chunki ularda foydalilik va xavflarni hisoblash uchun zamonaviy algoritmlar yaratilgan. 2019 yil iyul oyida McKinsey konsalting kompaniyasi kelgusi yillarda hayotni, biznesni va global iqtisodiyotni oʻzgartirishi mumkin boʻlgan texnologiyalar, jumladan, mobil internet, haydovchisiz mashinalar va zamonaviy genomika haqida hisobotni taqdim etdi 47 . Tahlilchilarning prognozlariga koʻra, 2025 yilga kelib, ushbu texnologiyalarni joriy etishdan potentsial iqtisodiy samara 14-33 trillion AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu prognoz asosiy potentsial imtiyozlarni, shu jumladan nisbatan sifatli mahsulotlar va arzon narxlarni chuqur tahlil qilishga asoslangan. Hisobot quyidagi texnologik yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi: Mobil Internet; Avtomatlashtirish; Buyumlar interneti; Bulutli hisoblashlar; Rivojlangan robototexnika; Avtonom transport vositalari; Keyingi avlod genomikasi; Yangi energiya saqlash vositalari; 3D bosib chiqarish; Yaxshilangan materiallar va yoqilgʻi; Qayta tiklanadigan energiya manbalari. Hozirgi kunda dunyodagi voqelikdan xabardor yirik kompaniyalar raqamlashtirish, bulutli texnologiyalar va tarmoqni yangilashdan iborat infratuzilmaga e’tibor qaratishmoqda. Raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyotning shakllanishi iste’molchilar, davlat va umuman jamiyat uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochadi. Raqamli iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha dunyodagi etakchi davlatlar qatorida Singapur, Xitoy, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya va Daniya kabilarni sanab oʻtish mumkin. Mamlakatlar texnologiyalarni raqamlashtirish va yuqori darajadagi tashabbuslarni amalga oshirdi. Jumladan, 2014 yilda Singapur oʻzining Smart Nation kontseptsiyasini 47 https://news.myseldon.com/ru/news/index/213613787 96 asoslab berdi va ushbu kontseptsiyani amalga oshirish uchun biznes hamjamiyatini taklif qildi. «Smart Nation» Kontseptsiyasi – davlat korxonalari raqamli texnologiyalarni aholining kundalik hayotiga kiritish orqali hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan. Ushbu kontseptsiyani amalga oshirish uchun nafaqat yirik kompaniyalar, balki kichik va oʻrta biznes vakillari ham jalb qilingan. Smart hisoblagichlar bilan jihozlangan shahar bloklari datchiklar orqali elektr, suv va boshqalarning sarflanish koʻrsatkichlarini real vaqt rejimida kuzatadilar. Olingan ma’lumotlar hukumatga shahardagi suv iste’molini yaxshilash va toza suv import qiladigan Malayziyadan qaramlikni kamaytirishga yordam beradi. Sensorlar yordamida fuqarolar resurslarni sarflanishini kuzatib borishi va uy xarajatlarini qanday kamaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berishi kerak. Avvalo, dastur ishtirokchilari uy-joy, sogʻliqni saqlash (bemor uydan chiqmasdan yordam olishi, masofadan turib shifokor bilan bogʻlanishi) va transport tarmogʻi (haydovchisiz avtomobillar va avtobuslar) muammolarini hal qilish bilan shugʻullanishadi. Ushbu tizimlarning barchasi birgalikda Virtual Singapur deb nomlangan ekotizimni hosil qiladi. Shunindek, real vaqt birligida sayyohlar yoʻllardagi tirbandlikni kuzatib borish, xavfsizlik kameralaridan ma’lumotlarni koʻrishlari mumkin. Dunyoning rivojlangan davlatlari iqtisodiyotida xizmat koʻrsatish sohasi ustunlikka egaligi va ular asosida axborot texnologiyalarining paydo boʻlishi bilan ajralib turadi. Biroq, jamiyat taraqqiyotdan toʻxtamaydi, uning yanada rivojlanishi va xizmat koʻrsatish sohasining ishlab chiqarishga nisbatan ustunligi ortib borishi, bunda axborot texnologiyalari va IT sektori muhim rol oʻynay boshlaganligi, kishilarni har qanday xizmatdan foydalanish mexanizmini sezilarli darajada soddalashtirdi. Internetning rivojlanishi va global tarmoqqa kirish narxining pasayishi, umuman, insoniyat hayotini va xususan iqtisodiyotini oʻzgartirgan haqiqiy axborot (raqamli) inqilobiga aylandi. Raqamli iqtisodiyot, ya’ni yangi imkoniyatlarning paydo boʻlishi, albatta, inson hayotiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi tufayli iste’molchi kerakli xizmatlarni tezda olishi, Internet- doʻkonlarda arzon narxlarda mahsulot sotib olib, pulni tejashga qodir. 97 Oxir-oqibat, iste’molchi hatto oʻz biznesini onlayn ravishda boshlashi, uydan chiqmasdan tadbirkor boʻlishi mumkin. Jahon banki 2016 yildagi hisobot-sharhida raqamli iqtisodiyot mehnat unumdorligini oʻsishiga, kompaniyalarning raqobatbardoshligini oshirishga, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishga, yangi ish oʻrinlarini yaratishga, qashshoqlik va ijtimoiy tengsizlikka barham berishga yordam berishini ta’kidlab oʻtilgan. Zamonaviy jamiyatning rivojlanishi va raqamli muhit Oʻzbekiston iqtisodiyotini global makonga kirishiga imkon beradi, chunki biznes sohasi uzoq vaqtdan buyon fuqarolar bilan hamkorlikda raqamli texnologiyalardan, shu jumladan raqamli valyutadan foydalanmoqda. Jismoniy pullar bilan bir qatorda raqamli valyuta muomalada qoʻllanilmoqda. Bu esa tovarlar aylanmasini sezilarli darajada oshiradi va umuman iqtisodiyot rivojlanishida ijobiy dinamikani yaratadi. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi toʻliq globallashuvni, iqtisodiyot sohalarida yuqori raqobat muhitini, malakali kadrlarning mavjudligini va yuqori sifatli ta’limni, hayotning yangi sifatini, biznes va davlat xizmatlarini, zamonaviy shaharlarda zamonaviy Internet infratuzilmasini oʻrnatishni, aholining raqamli savodxonligini oshirishni va barcha sohalarda IT mutaxassislarini muntazam ravishda oʻqitishni anglatadi. Raqamli iqtisodiyotning muhim mezoni – davlat va kommunal xizmatlarning sifatini yaxshilash va ularni taqdim etishda davlat xarajatlarini kamaytirishdir. Shu bilan birga, davlat infratuzilmaning barqarorligi va xavfsizligini kafolatlashi, aholining yuqori darajadagi bilimlarini, shu jumladan raqamli savodxonligini ta’minlashi, raqamli iqtisodiyotni barcha sanoat sohalari bilan bogʻlab turishi, eng muhimi, xalqaro raqamli sanoatni milliy infratuzilmaga qoʻshishi kerak. Shu maqsadda davlat texnoparklar, ilmiy-ishlab chiqarish klasterlari va boshqa innovatsion loyihalarni yaratish, raqamli savodxonlik boʻyicha fuqarolarni keng va arzon oʻqitish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, 5G yoki undan yuqori tarmoqlar bilan Internetni qamrab olishni ta’minlash va elektron hujjat aylanishini joriy etish boʻyicha ishlar olib borishi kerak. Bularning barchasi davlatdan katta moliyaviy investitsiyalarni, korxona ishchilari va aholini raqamli iqtisodiyot asoslariga oʻqitish uchun yuqori 98 malakali mutaxassislarni talab qiladi, lekin bu zamon va xalq xizmatiga qoʻyiladigan ilgʻor axborot texnologiyalarining talabidir. Oʻzbekiston hukumati raqamli iqtisodiyot dasturini davlatning strategik rivojlanish rejasiga kiritdi, uning maqsadi respublikada toʻliq raqamli muhit va raqamli maydon yaratishdir. Hukumatning fikriga koʻra, aynan iqtisodiyotni «raqamlashtirish» mamlakatga global raqobatbardoshlik va milliy xavfsizlik masalalarini imkon qadar tezroq hal qilishga imkon beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga 2018 yil 28 dekabrdagi murajaatnomasida: «... 2019 yilda biz raqamli texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha sohalarini yangilashni koʻzda tutadigan Raqamli iqtisodiyotning “Raqamli Oʻzbekiston - 2030” milliy konsepsiyasini ishlab chiqishni boshlashimiz va shu asosda dasturni amalga oshirishimiz kerak», - deya ta’kidlangan. «Raqamli iqtisodiyot» mamlakat hayotining barcha sohalarini raqamli makon bilan ta’minlaydi. Dasturning asosiy maqsadi mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun huquqiy, texnik, tashkiliy va moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish va keyinchalik xorijiy mamlakatlarning raqamli iqtisodiyotlari bilan integratsiyalashuvidir. Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotning kamida 30 foizga oʻsishini ta’minlaydi va korruptsiyani keskin kamaytiradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlarning tahliliy izlanishlari buni tasdiqlaydi. Mamlakat iqtisodiyotda raqamli formatga oʻtish dasturini ishlab chiqishga kirishdi. Ushbu dasturning bosqichlari 2030 yilgacha davom etadi. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sogʻliqni saqlash va qishloq xoʻjaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni koʻzda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan. 99 Respublikada raqamli industriyani jadal rivojlantirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar, biznes hamjamiyati va ilmiy doiralar vakillari hamda xorijiy ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi qabul qilindi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling