O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
-rasm. Raqamli iqtisodiyot ekotizimi
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
2.3.-rasm. Raqamli iqtisodiyot ekotizimi
Har bir xab esa 10 ta kesmaga ajratiladi: Dastur ishlab chiqish va dizayn; Analitika va ma’lumotlar; AI va Big Data (sun’iy intellect va kata hajmli ma’lumotlar); Hardware (IT qurilmalai); Biznes-modellar; Internet buyumlar (IoT); Mobil platformalar; Tartibga solish dastaklari; Start-uplar; Investisiyalar. Raqamli platformalarning rivojlanish sohasidagi yorqin misollardan biri sifatida Alibaba elektron savdo tizimiga ega boʻlgan Xitoy kompaniyasini keltirib oʻtish mumkin. Undan foydalanish tajribasi shuni 45 Цифровая экономика России в 2016 году: статистика и тенденции. [Электронный ресурс].- Режим доступа: http://www.iksmedia.ru/news/5401378-Czifrovaya-ekonomika-Rossii-v-2016.html. Подробнее на IKSMEDIA.RU: http://www.iksmedia.ru/news/5401378-Czifrovaya-ekonomika-Rossii-v-2016 Xablar davlat va jamiyat marketing va reklama moliya va savdo infratuzilma va aloqa media va ko’ngil ochish kiberxavfsizlik ta’lim va kadrlar 92 koʻrsatadiki, ma’lumotlar toʻplash jarayoni iqtisodiyotning turli sektorlariga ekspansiya uchun oʻta raqobatli ustunliklar yaratadi. Alibaba bu – oddiygina raqamli platforma emas, balki platformalar ekotizimidir. Tushunarliki, bunday ekotizim qudrati alohida platformalar kuchidan katta boʻladi. Hatto AQSH ham hozirgi kunda bu poygada yutqazmoqda, chunki u yerda turli platformalarni integratsiya qilishga toʻgʻri keladi, Xitoyda esa bu sohada rivojlanish samaradorlikni oshirish hisobiga – bir platformadan boshqa platformaga qarab oʻtish asta-sekinlik bilan roʻy berdi. Ekotizimlarning rivojlanishiga quyidagilar ta’sir etadi: Investisiyalarning oʻsishi; Ma’lumotlarni saqlash tizimlarini takomillashtirish; Internet-bogʻlanish tezligini oshirish; Sun’iy intellekt sohasidagi ishlar; Giperkonvergent bozor infratuzilmasinin rivojlanishi; Bulutli xizmat koʻrsatishni oʻsishi (IaaS). Raqamli transformatsiya manfaatdor tomonlar tomonidan qoʻllab- quvvatlanadi: • davlat tomonidan – sohani tartibga solish, normalar va tartib- qoidalarni belgilash, qoʻllab-quvvatlash choralarini ta’minlash nuqtai nazaridan, shuningdek, raqamli paradigmaga oʻtish uchun ishlab chiqarish liderlarini ragʻbatlantirish; • iqtisodiyot tarmoqlarining etakchi korxonalari tomonidan – ekspertlar hamjamiyatini birlashtirish, ma’lumot almashish doirasida rivojlanish uchun resurslar va ularga kirishda raqamli xizmatlar, standartlashtirish, ishonch va xavfsizlik darajasini ta’minlash; • innovatsion kompaniyalar tomonidan – yangi raqamli xizmatlar va iste’molchilarga moʻljallangan mahsulotlar paydo boʻlishining asosiy drayveri sifatida koʻrish. Shunday qilib, raqamli rejimga oʻtish uchun ochiqlik va jamoatchilikning ishtiroki printsipial jihatdan muhimdir va raqamli sanoatning ekotizimlarini shakllantirish raqamli iqtisodiyotning asosiy echimiga aylanmoqda. Raqamli sanoatning ekotizimi – bu raqamli xizmatlarning innovatsion rivojlanishi va tarqalishi uchun shart-sharoitlarni 93 ta’minlaydigan muhit, raqamli mahsulotlar, dasturlar va qurilmalardan iborat. Ekotizimni yaratish nafaqat tashkiliy, balki texnologik jarayondir. Chunki aynan raqamli texnologiyalar ekotizim ishtirokchilari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni avtomatlashtirishga, biznesni global miqyosda kengaytirishga imkon beradi 46 . Gartner, Inc. (NYSE: IT) – etakchi global tadqiqot va konsalting kompaniyasi – har qanday biznesni aktivlari, jarayonlari va funktsional boʻlinmalari yopiq tizim sifatida emas, balki tashkilotdan tashqarida ham ochiq chegaralari boʻlgan platformalar toʻplami sifatida koʻrib chiqishga chaqiradi. Hozirgi rivojlanayotgan texnologik yoʻnalishlar beshligida «ekotizim kuchi» ikkinchi oʻrinni egallaydi. Ekotizimdagi munosabatlar va aloqalar kompleksi nafaqat biznesning muvaffaqiyatiga, balki inson atrof-muhiti holatiga, insonning ushbu muhitni kelajak avlodlar uchun saqlab qolish qobiliyatiga ham ta’sir qiladi. Ushbu ta’sir kompleksi biznes ekotizimining institutsional xususiyatini oʻz ichiga oladi. Shu sababli, tashkiliy hodisa – biznes ekotizimi – ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi, texnologik xavfsizligi va kasbiy layoqat nuqtai nazaridan koʻrib chiqiladi. Jamiyatda faol takrorlanadigan “Biznes raqamli tizimga oʻtadi” shiori bir tomonlama, tor darajada fikr yurituvchilar tomonidan barcha ma’lumotlarning raqamli shaklga oʻtkazilishi sifatida qabul qilinadi. Ammo biznes aloqalari sohasida ushbu shior raqamli ma’lumotlar bilan toʻgʻri ishlash va undan analitik qimmatliklarni – yangi gʻoyalar va bilimlarni chiqarib olish qobiliyatiga aylanmoqda. Raqamlashtirish ishbilarmonlik muvaffaqiyatining drayveriga, biznesdagi raqobatbardosh ustunlikka aylanmoqda. Bugungi kunda ushbu qimmatliklarga kerakli vaqt oraligʻida osongina «erishish» mumkin emas. Innovatsion jarayonlarni jadallashtirish uchun tashqi kuchlarni birlashtirish – oʻzlarining ekotizimini shakllantirish – tashkilotlarga raqobat kurashida kuchli mavqega ega boʻlishga imkon beradi. Jamiyat raqamli transformatsiyasining muqarrarligi («Raqamlashtirilishi mumkin boʻlgan hamma narsa raqamlashtiriladi» – 46 https://studme.org/339535/ekonomika/postroenie_ekosistemy_organizatsionno_tehnologicheskiy_protsess 94 Den Reymer, 2016) va ushbu oʻzgarish natijasida tashkiliy sohadagi agentlar uchun qanday kasbiy mahoratlarni rivojlantirish kerak?, qanday tashkiliy modellarni joriy etish kerak? qaysi harakatlar algoritmlarini qoʻllash kerak? qanday xatti-harakatlar eng moslashuvchan hisoblanadi? kabi yangi savollar tugʻiladi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling