O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
-rasm. Tadbirkorlik ekotizimi koʻrinishi
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
2.2.-rasm. Tadbirkorlik ekotizimi koʻrinishi
Olimlar oʻzida ichki raqobat va kooperasiyani tashkil qiluvchi oʻzaro hamkor tashkilotlarning (kichik korxonalar, korporatsiyalar, universitetlar, ilmiy muassasalar, notijorat sektori tashkilotlari va b.) dinamik tarkibini EKOTIZIM deb atay boshlashdi. R.W.Ayres ekotizimning maqsadi kompaniyalarining oʻz sheriklari bilan oʻzaro aloqalarini takomillashtirish, oʻzaro etakchi boʻladigan innovatsion mahsulotlarni yaratishda ifodalangan raqobatbardosh ustunliklarni rivojlantirish ekanligini ta’kidlaydi 41 . Uning fikricha, kompaniyalar uchun “sogʻlom” ekotizimni qaror toptirish uchun innovasiyalar joriy etish va yangi aloqalarni oʻrnatishi kerak. 41 Yakovleva A. Yu. Faktori i modeli formirovaniya i razvitiya innovatsionnix ekosistem.Dissertatsiya na soiskanie uchenoy stepeni kandidata ekonomicheskix nauk Natsionalniy issledovatelskiy universitet «Visshaya Shkola Ekonomiki». M., 2012. [Elektronniy resurs]. – Rejim dostupa: https://search.rsl.ru/ru/record/01005472744. http://dlib.rsl.ru,http://libed.ru/knigi-nauka/98679-l-faktori-modeli- formirovaniya-razvitiya-innovacionnih-ekosistem.php 89 “Ekotizim” atamasi biznes aylanmaga nisbatan yaqinda kirib keldi. Ilmiy adabiyotlarda biznes ekotizimiga quyidagi ta’rif berilgan. Bu tabiat xilma-xilligi boʻlgan atrof-muhit elementlarining barqaror ochiq tizimidir, ular oʻrtasida doimiy ravishda resurslar almashinuvi jarayonlari boʻlib turadi, bu ham korporativ, ham mintaqaviy, milliy va integratsion darajalarda ishlashning barqarorligini ta’minlaydi. 42 Umuman olganda, “ekotizim” atamasini ilmiy adabiyotlarda qoʻllashning ma’nosi innovasiyalarni faol yaratish va amalga oshirish maqsadida tashkilotlar oʻrtasida yaqin hamkorlik aloqalari va oʻzaro aloqalarni oʻrnatishga qaratilgan. Zamonaviy sharoitda chet ellik mutaxassislar oʻzaro hamkorlik va sheriklikni afzal koʻrishadi. Darhaqiqat, raqamli iqtisodiyotning ekotizimi – intellektual, ishlab chiqarish, axborot va boshqa resurslarni birgalikda ishlatadigan va ularga kirish imkoniyatini beruvchi kompaniyalar toʻplamidir. Resursni baham koʻrish barcha manfaatdor tomonlarga ekotizim miqyosidagi imtiyozlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Hamkorlik va oʻzaro aloqalardan tashqari, ekotizimdagi tashkilotlar oʻrtasida raqobat mavjud, bu raqamli iqtisodiyotning oʻziga xos xususiyatlari tufayli ob’ektiv hodisadir. Elektronika va dastur ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi (ARPE – Assotsiatsiasiya razrabotchikov i proizvoditeley elektroniki) mutaxassislarining fikriga koʻra, raqamli iqtisodiyot narxlar raqobatini kuchayishiga va faoliyat koʻlamiga talablarning oshishiga olib keladigan texnologiyalarni, dizaynlarni, jarayonlarni keng standartlashtirish bilan tavsiflanadi. Keng miqyosli va takrorlanadigan muvaffaqiyatli echimlarni yaratadigan kompaniyalar bozorni oʻrta va eng yomon ishlab chiqaruvchilar bilan boʻlishmaydilar, uni butunlay egallab olishadi. Har bir segmentda bozorning 40 foizini boshqaruvchi etakchi daromadning 80 foizidan koʻprogʻini oladi. Yetakchi kompaniya va qolgan ishtirokchilarning investitsiya imkoniyatlarida ulkan, tobora kengayib borayotgan boʻshliq paydo boʻlmoqda. Bozorlarni monopollashtirish 42 Goloxvastov D.V. Ekosistema kak instrument sbalansirovannoy integratsii interesov ekonomicheskix agentov v usloviyax tsifrovoy ekonomiki. [Elektronniy resurs]. – Rejim dostupa: http://izron.ru/articles/sovremennyy-vzglyad-na-problemy-ekonomiki-i-menedzhmenta- sbornik-nauchnykh- trudov-po-itogam-mezhduna/sektsiya-2-ekonomika-i-upravlenie-narodnym-khozyaystvom-spetsialnost-08-00- 05/ekosistema-kak-instrument-sbalansirovannoy-integratsii-interesov-ekonomicheskikh-agentov-v-usloviyakh/ 90 jarayoni, oligopolistik tuzilmalarning paydo boʻlishi, mamlakatlarning jahon bozoridagi ixtisoslashuvini mustahkamlaydi 43 . Ekotizim murakkab tuzilishga ega. Ekotizimning tarkibiy elementlarini tushunishda turli xil yondashuvlar mavjud. Ekotizimni qator quyi tizimlar toʻplami sifatida tasavvur qilish mumkin: texnologik quyi tizim (kichik innovatsion korxonalar, startaplar, texnoparklar, biznes-inkubatorlar, akseleratorlar, klasterlar, assotsiatsiyalar va boshqalar); moliyaviy quyi tizim (rivojlanish institutlari, venchur investorlar, venchur fondlari, biznes farishtalari, kraudfanding saytlari, banklar va boshqalar), ilm-fan va ta’limning quyi tizimi (universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy laboratoriyalar, yirik kompaniyalar tadqiqot boʻlimlari); axborot quyi tizimi (axborot markazlari va portallari, konferentsiyalar, yarmarkalar, konsalting agentliklari va boshqalar); kadrlarni qayta tayyorlash quyi tizimi; innovatsiyalar transferi quyi tizimi (texnologiyalar uzatish markazlari, muhandislik markazlari, eksperimental konstruktorlik byurolari, patentlash, ekspertiza va sertifikatlashtirish tashkilotlari va boshqalar) va boshqalar. Mualliflar ushbu yondashuvni oqilona va har qanday infratuzilmaning mohiyatini aks ettiruvchi deb bilishadi. RAEK tahlilchilarining fikriga koʻra, raqamli iqtisodiyotning ekotizimi –raqamli (axborot) texnologiyalar yordamida qoʻshimcha qiymat yaratiladigan bozor segmentlaridir. Ekotizim uning xablarga ajralishi orqali koʻrib chiqiladi. Hab (inglizcha, hub, soʻzma-soʻz - gʻildirak uyasi, markaz), umumiy ma’noda, qandaydir tarmoqning tuguni degan ma’noni beradi. 44 43 ARPE rasskazala o tsennosti ekosistem dlya razvitiya tsifrovoy ekonomiki v Rossii. [Elektronniy resurs]. — Rejim dostupa: http://arpe.ru/news/ARPE_rasskazala_o_tsennosti_ekosistem_dlya_razvitiya_tsifrovoy_ekonomiki_v_Rossii/ 44 [Электронный ресурс].— Режим доступа: https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A5%D0%B0%D0%B1 91 Olimlar 7 ta xabni ajratib koʻrsatadilar: davlat va jamiyat; marketing va reklama; moliya va savdo; infratuzilma va aloqa; media va koʻngil ochish; kiberxavfsizlik; ta’lim va kadrlar 45 (2.3.-rasm.). Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling