O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
IMD-World Digital Competitiveness, WDC
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.11-rasm. WDC boʻyicha top-3 mamlakatlar 51
- 2.4 – jadval IMD WDC boʻyicha mamlakatlar reytingi
IMD-World Digital Competitiveness, WDC IMD WDC Jahon raqamli raqobatbardoshlik reytingi 2019 natijalariga koʻra, uchinchi yil hisoblanayotgan boʻlib, u 63 ta mamlakat iqtisodiyotining biznes, davlat va jamiyatda iqtisodiy oʻzgarishlarning asosiy omili sifatida raqamli texnologiyalarni qabul qilish va oʻrganishga tayyorligini oʻlchaydi. 2.11-rasm. WDC boʻyicha top-3 mamlakatlar 51 Texnologiyalar nafaqat biznes samaradorligiga, balki iqtisodiyotning amal qilish holati va kelajakka tayyorlanishiga ham ta’sir koʻrsatadi. Jahon mamlakatlari raqamli iqtisodiyotga qoʻshimcha qiymat yaratish va gullab- yashnashni kuchaytirish uchun katta sarmoya kiritmoqdalar. Top-5likka kiruvchi mamlakatlar bilimlarni shakllantirishga yoʻnaltirilganligi jihatidan umumiy yoʻnalishlarga ega, ammo ularning har biri raqamli raqobatbardoshlikka har xil yondashadi. Amerika Qoʻshma 51 www.Imd.org sayti ma’lumotlari 137 Shtatlari va Shvetsiya bilimlarni shakllantirish, texnologiyalarni rivojlantirish uchun qulay muhitni yaratish va innovatsiyalarni qabul qilishga tayyorlik oʻrtasida muvozanatli yondashuvga amal qilmoqdalar. Singapur, Daniya va Shveytsariya bir yoki ikkita omilga ustuvor ahamiyat beradi. “Noaniqlik va nobarqaror global vaziyatda, egiluvchan biznes va jamiyatlar IMD Jahon Raqobatbardoshlik reytingi bilan chambarchas bogʻliqdir. Shuningdek, bilim turli mamlakatlarning raqamli koʻrsatkichlari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi”deya ta’kidlaydi, IMD Jahon raqobatbardoshlik markazi direktori, professor Arturo Bris. 2.4 – jadval IMD WDC boʻyicha mamlakatlar reytingi 138 2020 yilgi IMD World Raqamli Raqobatbardoshlik Reytingida pandemiyadan chiqish qobiliyatini bashorat qilishga yordam beradigan iqtisodiyotning raqamli texnologiyalardan foydalanishini tahlil qilishda Amerika Qoʻshma Shtatlari va Singapur birinchi va ikkinchi oʻrinni egalladi. Jahon raqobatbardoshlik markazi reytingida Daniya uchinchi, Shvetsiya toʻrtinchi oʻrinni egalladi. IMD Jahon raqobatbardoshlik markazining bosh iqtisodchisi Kristos Kabolis fikriga koʻra, “Oʻz iqtisodiyotini COVID-19 zarbasidan qayta tiklamoqchi boʻlgan mamlakatlar uchun bir paytning oʻzida ham odamlarning, ham xususiy sektorning eguluvchan va moslashuvchan boʻlishi katta jumboqdir.” 2020 yilgi natijalar 2019 yilning birinchi oʻntaligida biroz oʻzgarishlarni koʻrsatmoqda. Biroq, 2020 yil natijalaridagi uchta aniq tendentsiya yuqori darajadagi barcha top mamlakatlar iqtisodiyotiga xosdir. Ulardan biri – raqamli iste’dodlardan samarali foydalanish, bu esa texnologik infratuzilmaning mavjudligi va mavjud texnologiyadan foydalanishning aksidir. Jamiyatni raqamlashtirish koʻrsatkichlari statistikada oʻz ifodasini topadi. Xorijiy tahlilchilarning tadqiqotlari shuni koʻrsatdiki, qayta ishlanayotgan ma’lumotlarning doimiy oshib borishi va biznesning uzluksizligi uchun ma’lumotlarga egalik qilish imkoniyatining oʻsib borishi soʻnggi yillarda ma’lumotlarni saqlash vazifasini diqqat markaziga qoʻydi. Ushbu holatda yagona yechim boʻlib bajarilayotgan vazifalarga toʻla mos keladigan ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashni tashkil etishga majmuaviy yondashuv xizmat qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi PQ-3165-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori doirasida davlat statistika organlarining axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini zamonaviy server va kommunikatsiya uskunalari bilan qayta jihozlashdagi kompleks yondashuv shakllantirildi. Axborot-hisoblash tizimining infratuzilmasini takomillashtirishning asosiy maqsadlari boʻlib quyidagilar hisoblanadi: 139 biznes-jarayonlar uzluksizligini ta’minlash va AKT xizmatlarining ochiqligini oshirish; ishonchlilikni oshirish; unumdorlikni oshirish; xizmat koʻrsatishga ketadigan umumiy harajatlarni kamaytirish; axborot xavfsizligi darajasini oshirish; statistik axborotlarning yagona ombori bilan ta’minlash; ma’lumotlarning yaxlitligini ta’minlash. Axborot-hisoblash infratuzilmasini takomillashtirish shunday keng koʻlamli loyihani ifoda etadiki, uning asosida axborotlashtirishni boshqarish tizimlarining uzoq muddatli taraqqiyotini belgilab beradigan tashkiliy-texnologik poydevor quriladi. Takomillashtirish loyihasining asosiy tamoyillari boʻlib quyidagilar hisoblanadi: 1. Lokal yechimlardan integratsiyalashgan jarayonli-yoʻnaltirilgan amaliy yechimlarga oʻtish; 2. Axborot, hisoblash va tashkiliy resurslarni yagona tizim ostida birlashtirish, ularni davlat statistika organlarining faoliyatini avtomatlashtirish va axborotlashtirishning muhim yoʻnalishlarida qoʻllash; 3. Ishbilarmonlik jarayonlarini axborot tahminoti funktsiyalarini amalga oshiradigan rasmiy boʻlmagan (ma’lumotli) tizimlardan ana shu tizimda saqlanadigan va qayta ishlanadigan ma’lumotlarni qoʻllash imkoniyatini ta’minlaydigan elektron hisobga olish tizimlariga oʻtish. Bu ma’lumotlar Davlat statistika qoʻmitasining ichki boshqarish jarayonlarini tashkil etishda yuridik jihatdan ahamiyatli boʻladi va uning tashqi kontragentlar (fuqarolar, xususiy, davlat va jamoat tashkilotlari) bilan oʻzaro aloqasini tahminlaydi. Yagona axborot ta’minoti muhiti va tizimlararo oʻzaro aloqa qilishning standartlari asosida zamonaviy jarayonli-yoʻnaltirilgan yondashuvni qoʻllagan holda ishlab chiqiladigan integrallashgan amaliy yechimlar tomonga avtomatlashtirish vektori yoʻnaltirilishini anglatadi. Foydalanuvchilarni ta’minlashning dasturiy mahsulotlari, ishlab chiqish vositalarini, asosiy dasturiy komponentlarni tanlashga yondashuvni belgilab beradi. Texnik va tashkiliy resurslarni yagona tizim ostiga birlashtirish tamoyili tashkiliy infratuzilmani takomillashtirish boʻyicha yechimlar negizida yotadi. Davlat statistika 140 organlari faoliyatiga tadbiq etilayotgan axborot tizimlari printsipial oʻzgarishlar bilan bogʻliqdir. Tizimli infratuzilmani takomillashtirish jarayoni quyidagilarni koʻzda tutadi: 1. Ishchi oʻrinlarida qoʻllaniladigan eskirib qolgan hisoblash texnikasining asta-sekin oʻzgartirilishi; 2. Hisoblash resurslari va ma’lumotlar omborlarini masshtablashtirish salohiyatiga e’tibor bergan holda ma’lumotlarni qayta ishlash markazini yangilash; 3. Amaliy va asosiy dasturiy-texnologik infratuzilmani takomillashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash markazi texnik parametrlarini asta-sekin kengaytirish. Asosiy dasturiy-texnologik infratuzilmani takomillashtirish quyidagilarni koʻzda tutadi: 1. Ishchi oʻrinlarini qayta jihozlagan sari foydalanuvchilarning ishchi muhitini almashtirish; 2. Amaliy tizimlarning integratsiyasi uchun tizimlararo oʻzaro aloqa qilish standartlarini ishlab chiqish; 3. Mavjud boʻlgan lokal tizimlar va ma’lumotlar bazalarining integratsiyalashgan platformasi sifatida axborot portallari tizimini tadbiq etish. Amaliy dasturiy-texnologik infratuzilmani takomillashtirish taktikasi mavjud boʻlgan amaliy tizimlarni bir vaqtning oʻzida ishbilarmonlik jarayonlarining qamrovini kengaytirgan va shu bilan bir vaqtda ana shu tizimlarni integratsiya qilgan holda faoliyat koʻrsatishning yangi texnologiyalariga koʻchirishdan iboratdir. Ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari (MQIM) – barcha ma’lumotlar, servislar va ilovalar markazlashgan holda kafolatlangan ishonchlilik, ochiqlilik va ma’lumotlar xavfsizligi darajasiga ega boʻlgan yagona, yaxlit axborot resursida saqlanishi va ijro etilishini koʻzda tutadi. MQIM ilovalar servislari ma’lumotlarining xavfsiz markazlashgan holda qayta ishlanishi, saqlanishi va taqdim etilishi uchun moʻljallangan hisoblash infratuzilmasini (oʻzaro bogʻlangan dasturiy va qurilmaviy komponentlar, tashkiliy ishlar) ifoda etadi. MQIM ning asosiy vazifalari: 141 ma’lumotlardan samarali foydalangan holda saqlash va qayta ishlash; foydalanuvchilarga amaliy xizmatlarni taqdim etish; amaliy tizimlarning faoliyat koʻrsatishini ta’minlash. Davlat statistika qoʻmitasining ma’lumotlarni qayta ishlash markazini avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bilan qayta jihozlash axborot hisoblash tizimlari va ma’lumotlarning tartibli boʻlishi hamda samarali qoʻllanilishini ta’minlaydi. MQIM oʻzgarayotgan va yuzaga kelayotgan ma’muriy jarayonlar tomonidan keltirib chiqariladigan joriy va istiqbolli vazifalarning yechilishini ta’minlaydi. Yagona MQIM bazasi doirasida ma’lumotlarning markazlashuvi ma’lumotlarning xavfsizligi, ishonchliligi va yaxlitligini ta’minlash borasidagi vazifalarning yechilishini sezilarli darajada osonlashtiradi. Zamonaviy MQIMlarning xarakterli xususiyati boʻlib, resurslarni boshqarishning yuqori darajasi va buning oqibatida ana shu resurslarni maksimal toʻliqligi va ularni qoʻllashning nazorati xizmat qiladi. Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi yuqori unumdor axborot infratuzilmasini yaratish va ma’lumotlarning kafolatlangan ishonchlilik, ochiqlilik va xavfsizlik darajasiga ega boʻlgan yagona, yaxlit axborot resursini ta’minlash uchun moʻljallangan majmuaviy tashkiliy-texnik yechim hisoblanadi. 2020-yil 1-iyuldagi PQ-4771-sonli “Boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga muvofiq faoliyat koʻrsatmayotgan, foydalanilmasdan turgan noturar ob’yektlardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni tashkilotlarning xoʻjalik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari huzuridagi “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonalari negizida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi boʻsh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalarini tashkil etildi. Shuningdek, mazkur qaror bilan boʻsh turgan obyektlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Markaz tomonidan 142 avtomatlashtirilgan tizim orqali tegishli davlat organlaridan olinadi hamda boʻsh turgan obyektlar toʻgʻrisida ma’lumotlar (ob’yekt toʻgʻrisidagi qisqa ma’lumot, geolokatsiya joylashuvi va boshqalar) Markazning rasmiy veb- saytida joylashtiriladi va har oyda yangilab boriladi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling