O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/177
Sana03.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1743996
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   177
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

 
Kvant texnologiyalari 
Kvant texnologiyalari – kvant mexanikasining oʻziga xos 
xususiyatlaridan, 
birinchi 
navbatda, 
kvantli 
chalkashliklardan 
foydalanadigan fizika sohasidir.
Kvant (lot. quantum – qancha, nechta) – biror fizik kattalikning 
diskret (uzlukli) tabiatga ega ekanligini tavsiflovchi va uning eng kichik 
(boʻlinmas) qiymatini koʻrsatuvchi zamonaviy fizikaning asosiy 
tushunchasidir. Kvant texnologiyasining maqsadi kvant printsiplariga 


154 
asoslangan tizimlar va qurilmalarni yaratishdir, ular odatda quyidagilarni 
oʻz ichiga oladi: 
 
Energiya sathining uzlukliligi (kvantlanishi) (kvant oʻlchovli 
effekti, Xoll kvant effekti) 
 
Geyzenberg noaniqlik printsipi 
 
Tizimlar sof holatining kvant superpozitsiyasi 
 
Mumkin boʻlgan toʻsiqlar orqali kvant tunneli 
 
Holatlarning kvantli birikuvi 
Amaliyotda qoʻllash mumkin boʻlgan dasturlarga kvant hisoblash va 
kvant kompyuterlari, kvant kriptografiyasi, kvant teleportatsiyasi, kvant 
metrologiyasi, kvantli sensorlar va kvant tasvirlari kiradi. 
Yangi ishlab chiqarish texnologiyalari – turli xil murakkablikdagi 
moslashtirilgan (individuallashtirilgan) moddiy ob’yektlar (tovarlar) ning 
zamonaviy texnologik darajadagi, loyihalashtirish va ishlab chiqarish 
jarayonlari majmui boʻlib, ularning narxi ommaviy ishlab chiqariladigan 
mahsulotlar tannarxi bilan taqqoslanadi. 
Oʻz ichiga quyidagilarni qamrab oladi: 
 
yangi materiallar; 
 
raqamli dizayn va modellashtirish, shu jumladan bionik dizayn; 
 
superkompyuter muhandisligi
 
qoʻshimchalar va gibrid texnologiyalar. 
 
Sanoat Interneti 
Sanoat Interneti (buyumlarning sanoat Interneti, sanoat Internet, 
Industrial Internet of Things, IIoT) – infokommunikatsion infratuzilmani 
qurish kontseptsiyasi boʻlib, Internetga har qanday maishiy boʻlmagan 
qurilmalar, uskunalar, datchiklar, sensorlar, shuningdek texnologik 
jarayonlarni 
avtomatlashtirilgan 
boshqarish 
tizimlarini 
Internetga 
ulanishini anglatadi. Ushbu elementlarning bir-biri bilan integratsiyasi
ushbu 
tovarlar 
va 
xizmatlarni 
yaratishda, 
shuningdek, 
ularni 
iste’molchilarga 
etkazib 
berishda 
yangi 
biznes 
modellarining 
shakllanishiga olib keladi. 
“Sanoat Interneti” kontseptsiyasini amalga oshirishda asosiy drayver 
mavjud ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarning samaradorligini 
oshirish va kapital xarajatlarga boʻlgan ehtiyojni kamaytirishdir. Shu 


155 
tarzda kompaniyalarning boʻshatilgan resurslari sanoat Interneti sohasidagi 
yechimlarga boʻlgan talabni shakllantiradi. 
Bugungi kunda Internet buyumlar tizimi uning ishlashi uchun zarur 
boʻlgan barcha yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi: sensorlar va boshqa 
qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar, dasturiy ta’minot, tizim integratorlari va 
buyutmachi tashkilotlar (B2B va B2G), aloqa operatorlari. 
Sanoat Internetining joriy etilishi alohida kompaniyalar va umuman 
mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir koʻrsatadi, mehnat unumdorligi va 
yalpi ichki mahsulotning oʻsishiga yordam beradi, ish sharoitlari va 
xodimlarning kasbiy oʻsishiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. Ushbu oʻtish 
davrida yaratilgan iqtisodiyotning xizmat koʻrsatish modeli ishlab 
chiqarishni va boshqa an’anaviy tarmoqlarni raqamlashtirishga, ishlab 
chiqarish jarayonining turli sub’yektlari oʻrtasida ma’lumot almashishga va 
katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslangan. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling