236
bildirilmoqda. 2020-yil yanvar oyida Davosda boʻlib oʻtgan Jahon
iqtisodiy forumida sun’iy intellektning xatarlari
va tahdidlari muhokama
mavzusi boʻlganligi tasodif emas. Ma’ruzachilar dunyo iqtisodiyoti
kiberhujumlardan 2018-yilda 1,5 trillion yoʻqotgan boʻlsa, 2022-yilda bu
koʻrsatkich 8 trln.ga chiqadi, deb taxmin qilgan.
Kiberhujumlar: banklar, korporatsiya
va davlat idoralarining
ma’lumotlar bazalarini buzish, robot jurnalistlar
orqali ijtimoiy
tarmoqlarga soxta yangiliklar yozish,
eng yangi qurollar, shu jumladan,
kosmik qurollarni yaratish ham SI yordamida amalga oshiriladi.
Shunday
qilib, SIni ishlatish bilan bog‘liq axloqiy jihatlar (unga asoslangan
tizimlarni boshqarish, odamlar uchun xavfsizligi) jamiyat oʻz vaqtida javob
berishi kerak boʻlgan muammo boʻlib qolmoqda.
Kelajakda sun’iy intellekt sanoatning rivojlanish tendentsiyasidir va
shu bilan birga sanoatning oʻzgarishiga olib keladi
Mavzu yuzasidan savollar
1.
Sun’iy intellekt rivojlanishining tarixi haqida nimalarni bilasiz?
2.
Avtomatlashgan oʻqitish (machine learning)
va neyron
tarmoqlar haqida nimalarni tushundingiz?
3.
Avtomatlashgan oʻqitish shakllarini sanab oʻting.
4.
Machine learningni iqtisodiyot tarmoqlarida qoʻllash qanday
samara beradi?
5.
Sun’iy intellekt bozori nima?
6.
Sun’iy intellekt bozori ekotizimi nima?
7.
Sun’iy intellektning texnologik yoʻnalishlari.
8.
Sun’iy intellekt sohasida ishlovchi kompaniyalar faoliyati
haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz?
9.
Sun’iy intellekt rivojlanishining xatarlarini sanab oʻting.
Do'stlaringiz bilan baham: