O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
3.20-rasm. Heylig Sensoramasi
80-yillarda VPL kompaniyasi Research yanada rivojlangan virtual reallik uskunalari EyePhone-koʻzoynagi va DataGlove-qoʻlqopini ishlab chiqdi. Ushbu kompaniyaga 13 yoshida universitetga kirgan iste’dodli ixtirochi Djaron Lane asos solgan. Aynan u “virtual reallik” atamasini ishlab chiqqan. Toʻldirilgan reallik 1990 yilgacha, ya’ni Tom Kodell ismli olim “toʻldirilgan reallik” (AR) atamasini birinchi marta taklif etgungacha virtual reallik bilan oʻzaro bogʻliq boʻlib, parallel tushuncha sifatida qoʻllanilgan. 1992 yilda Lyuis Rozenberg Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy-havo kuchlari uchun eng dastlabki amal qiladigan toʻldirilgan reallik tizimlaridan birini yaratdi. Rosenberg ekzoskeleti harbiylarga boshqarish markazidan mashinalarni masofaviy boshqarishga imkon berdi. Va 1994 yilda Jyuli Martin “kibermaydondagi raqslar” deb nomlangan teatrda birinchi ARni yaratdi, spektaklda akrobatlar virtual makonda raqsga tushishdi. Shuningdek, 90-yillarda boshqa qiziqarli kashfiyotlar ham yuz berdi, masalan, avstraliyalik Jyuli Martin virtual reallikni televideniye bilan 242 birlashtirdi. Shu bilan birga, virtual reallik texnologiyalaridan foydalangan holda oʻyin platformalarini ishlab chiqish boshlandi. 1993 yilda Sega kompaniyasi Genesis konsolini ishlab chiqdi. Namoyishlar va dastlabki koʻrish ishlarida barchasi yakuniga etdi. Sababi Sega VR oʻyinlari vaqtida bosh ogʻrigʻi va koʻngil aynish holatlari kuzatilgan va qurilma umuman sotuvga chiqmagan. Qurilmalarning yuqori narxi, zerikarli texnik uskunalar va nojoya ta’sirlar sabab odamlar VR va AR texnologiyalarini bir muncha vaqt unutishdi. 2000 yilda, Quake oʻyinlarida AR texnologiyalarining qoʻshilishi tufayli, koʻchalarda haqiqiy mahluqlarni kuzatish mumkin boʻldi. Toʻgʻri, faqat datchiklar va kameralar oʻrnatilgan virtual shlem bilan qurollangan holda oʻynash mumkin edi, bu esa oʻyinni mashhurligiga olib kelmadi, ammo hozirgi Pokemon Goning paydo boʻlishi uchun zarur sharoit yarata oldi. Ushbu sohada haqiqiy bum faqat 2012 yilda boshlandi. 2012 yil 1 avgustda, taniqli boʻlmagan Oculus startapi, virtual reallik shlemini ishlab chiqarishga mablag‘ toʻplash uchun Kickstarter kampaniyasining platformasida ish boshladi. Dasturchilar foydalanuvchilarga har bir koʻz uchun 640 x 800 piksel oʻlchamdagi displeylardan foydalanish orqali «toʻliq yuklanish samarasi» tajribasini va’da qilishdi. Dastlabki toʻrt soat ichida talab qilingan 250,000 $ yigʻildi. Uch yarim yil oʻtgach, 2015 yil 6 yanvar kuni birinchi seriyali ishlab chiqarilgan iste’molchi VR shlemi Oculus Rift CV1ning ommaviy savdosi boshlandi. Sotuv kutilganidan ancha yaxshi natijaga olib keldi. Birinchi Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling