O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
3.24.-rasm. Robot qoʻli 72 В. Л. Конюх. История робототехники // Основы робототехники. — Ростов-на-Дону: «Феникс», 2008. — С. 21. — 281 с. — ISBN 978-5-222-12575-5 73 Wesley L. Stone. The History of Robotics // Robotics and automation handbook / Thomas R. Kurfess. — Boca Raton, London, New York, Washington, D.C.: CRC PRESS, 2005. — ISBN 0-8493-1804-1 255 XX asrning 50-yillarida radioaktiv materiallar bilan ishlash uchun mexanik manipulyatorlar paydo boʻldi. Ular xavfsiz joyda boʻlgan operator qoʻllarining harakatlarini taqlid qilishga muvaffaq boʻlishdi. 1960 yilga kelib, yuqori radioaktivlik zonalarida namunalarni tekshirish va toʻplash uchun manipulyator, televizor kamerasi va mikrofon bilan masofadan boshqariladigan gʻildirakli platformalarni ishlab chiqish amalga oshirildi. Sanoat raqamli boshqaruv mashinalarining keng qoʻllanilishi mahsulotlarni yuklash va tushirish dastgohlari tizimlarida ishlatiladigan dasturlashtiriladigan manipulyatorlarning rivojlanishiga turtki boʻldi. 1954 yilda amerikalik muhandis D.Devol almashtiriladigan kartochkalar yordamida yuklash va tushirish manipulyatorini boshqarish usulini patentlashtirdi, natijada 1956 yilda D.Engelberger bilan birgalikda dunyodagi birinchi sanoat robotlarini ishlab chiqaruvchi sanoat kompaniyasi «Unimation» (inglizcha Universal Automation)ni asos soldi. 1962 yilda Qoʻshma Shtatlardagi birinchi sanoat robotlari Versatran va Unimeit dunyo yuzini koʻrdi va ularning ba’zilari 100 ming soatlik ish vaqtini yengib oʻtib, hanuzgacha ishlaydi. Agar ushbu dastlabki tizimlarda elektronikaning mexanika xarajatlariga nisbati 75% dan 25% gacha boʻlgan boʻlsa, endilikda bu nisbat aksincha boʻldi. Shu bilan birga, elektronikaning yakuniy narxi barqaror ravishda pasayishda davom etmoqda. 1970-yillarda robotli boshqaruv bloklarini dasturlashtiriladigan boshqaruvchilar bilan almashtirgan arzon narxlardagi mikroprosessorli boshqarish tizimlarining paydo boʻlishi robotlarning narxini qariyb uch baravar kamaytirishga yordam berdi. Bu esa ularning sanoat ishlab chiqarishining barcha tarmoqlarida ommaviy tarqalishiga turtki boʻldi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling