O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/177
Sana03.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1743996
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   177
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

Robotlarning tasniflanishi 
Robotlarni tasniflashda bir nechta yondashuvlardan foydalanish 
mumkin – jumladan, qoʻllash sohasi, maqsadi, harakatlanish usuli va 
boshqalar. Asosiy qoʻllanilish doirasiga koʻra sanoat robotlari, tadqiqot 
robotlari, ta’limda ishlatiladigan robotlar, maxsus robotlar ajralib turishi 
mumkin. 
Eng keng qoʻllaniladigan robotlarni ikkita sinfga ajratiladi: 
manipulyatsion va mobil robotlardir. 
Manipulyatsion robot – avtomatik mashina (statsionar yoki koʻchma) 
boʻlib, u ishlab chiqarish jarayonida harakat va boshqaruv funktsiyalarini 


256 
bajarishga xizmat qiluvchi dasturiy vositadan iborat bir necha darajali 
harakatlarni bajaruvchi manipulyator koʻrinishidagi ijro texnikasidir.
Bunday robotlar polga yoki shiftga oʻrnatilagan va portal versiyalarida 
ishlab chiqariladi. Ular mashinasozlik va asbobsozlik sanoatida eng keng 
tarqalgan. 
Mobil robot – bu avtomatik boshqariladigan oʻtkazgichlarga ega 
harakatlanuvchi shassiga ega boʻlgan avtomatik mashinadir. Bunday 
robotlar gʻildirakli, yuruvchi va sudraluvchi boʻlishi mumkin (shuningdek, 
emaklovchi, suzuvchi va uchuvchi mobil robot tizimlari ham mavjud). 
3.25-rasm. Kuzatuvchi kamerali mobil robot 
Robotlarning tarkibi bir necha uzviy oʻzaro bogʻlangan qismlardan 
iborat. 
Robotning tarkibiy qismlari: 
Oʻtkazgichlar robotlarning “mushaklari”dir. Hozirgi vaqtda 
oʻtkazgichlarda eng ommalashgani elektr dvigatellaridir, ammo ulardan 
tashqari, amaliyotda kimyoviy moddalar, suyuqliklar yoki siqilgan havoni 
ishlatadigan vositalardan ham foydalaniladi. 
Doimiy tok dvigatellari: Hozirgi vaqtda robotlarning aksariyatida bir 
necha xil koʻrinish ega boʻlgan elektr dvigatellaridan foydalaniladi. 
Qadamli elektr dvigatellari: Nomidan koʻrinib turibdiki, qadamli 
elektr dvigatellari doimiy tok dvigatellariga oʻxshab erkin aylanmaydi. 
Nazoratchi boshqaruvi ostida ular ma’lum bir burchakka qadamma-qadam 
harakatlanishadi. Ushbu holatni datchiksiz amalga oshirishga imkon 
beradi, chunki burilish burchagi boshqaruvchiga oldindan ma’lum. 


257 
Shuning uchun ushbu dvigatellar koʻpincha aksariyat robotlarning 
oʻtkazgichlari va raqamli dasturiy boshqaruv mashinalarida qoʻllaniladi. 
Pyezo dvigatellar: doimiy tok dvigatellariga zamonaviy muqobil 
hisoblanib, ultratovushli dvigatellar deb ham ataladi. Ularning ishlash 
printsipi juda oʻziga xos: soniyada 1000 martadan koʻproq chastotada 
tebranadigan pyezoelektrik oyoqchalari, motorni aylana yoki toʻgʻri chiziq 
boʻylab harakatlantiradi. Bunday motorlarning afzalliklari ularning 
oʻlchamlariga mos kelmaydigan yuqori nanometrik oʻlchamlari, tezligi va 
kuchidadir. Pyezo dvigatellari tijoratda mavjud boʻlib, ba’zi robotlarda 
ham qoʻllaniladi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling