O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


-rasm. Honda tomonidan ishlab chiqarilgan ASIMO Android


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/177
Sana03.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1743996
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   177
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

3.28-rasm. Honda tomonidan ishlab chiqarilgan ASIMO Android 
roboti 
Ikki oyogʻidan foydalanadigan robotlar polda yaxshi harakat 
qilishadi va ba’zi konstruksiyalari zinadan yuqoriga koʻtarilishlari 
mumkin. Ushbu turdagi robot uchun notekis joylarda sayohat qilish qiyin. 
Yuradigan robotlarning harakatlanishiga imkon beradigan bir qator 
texnologiyalar 
mavjud: 
servo+gidromexanik 
oʻtkazgichli; 
ZMP-
texnologiyasi (
Zero Moment Point “
nol moment nuqtasi”- Hondaning 
ASIMO kabi robotlarda ishlatiladigan algoritm); sakrovchi robotlar
muvozanatni saqlash uchun moslashtiruvchi algoritmlar va boshqalar. 
1980-yillarda 
Massachusets Texnologiya 
institutining 

Leg”
laboratoriyasida professor Mark Reybert atigi bitta oyogʻidan foydalanib, 


261 
sakrab muvozanatni saqlashga qodir robot yaratdi. Keyinchalik, algoritm 
ikki va toʻrt oyoqli mexanizmlarga tatbiq etildi. Shunga oʻxshash robotlar 
yugurish qobiliyatini va oddiy harakatlarni amalga oshirish qobiliyatini 
namoyish etdilar.
Uchadigan robotlar. Aksariyat zamonaviy samolyotlar uchuvchilar 
tomonidan boshqariladigan uchadigan robotlardir. Avtopilot parvozni 
barcha bosqichlarda, jumladan uchish va qoʻnishni boshqarishga qodir. 
Uchadigan robotlar, shuningdek uchuvchisiz uchish apparatlarini ham oʻz 
ichiga oladi (UUA; qanotli raketalar). Bunday qurilmalar, fizik hajmi 
jihatidan ogir emas, (uchuvchi yoʻqligi sababli) va xavfli vazifalarni 
bajarishi mumkin; ba’zi UUAlari operator buyrugʻiga binoan avtomatik 
oʻqqa tutishga qodir. Samolyotlar tomonidan ishlatiladigan harakatlanish 
usuliga qoʻshimcha ravishda, uchadigan robotlar boshqa jumladan, 
pingvinlar, 
skat-baliqlar, 
meduzalar 
tomonidan 
ishlatiladiganlarga 
oʻxshash harakat usullarini ham qoʻllaydilar. Harakatlanishning bu usulini 
Festo kompaniyasining Air Penguin, Air Ray va Air Jelly robotlari 
ishlatadilar yoki RoboBee kabi hasharotlarga oʻxshash uchish texnikasidan 
foydalanadilar. 
Sudraluvchi 
robotlar. 
Ilonlar, 
qurtlar, 
shilliqqurt 
kabi 
harakatlanadigan robotlarning bir qator dizaynlari mavjud. Shu bilan birga, 
harakatni amalga oshirish uchun robot ishqalanish kuchlarini (notekis sirt 
boʻylab harakatlanayotganda) yoki sirt egriligining oʻzgarishini 
(oʻzgaruvchan egrilikli silliq sirt holatida) ishlatishi mumkin.

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling