O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/177
Sana03.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1743996
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   177
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

3.22.-rasm. VR-koʻzoynak 
Super Data ma’lumotlariga koʻra, 2016 yilda ushbu VR 
minigarnituralaridan taxminan 6,3 milliontasi sotib olingan. Ular orasida 
Oculus Rift, HTC 
Vive, 
Samsung Gear VR, Sony HMZ-T1, Silico 
MicroDisplay 
ST1080 
savdo 
yetakchilari 
boʻlishgan. 
Bunday 
qurilmalarning narxi 100 dan 900 dollargachani tashkil etadi. 
Virtual reallik qoʻlqoplari virtual oʻyin ixlosmandlari orasida eng 
mashhurdir. Ular oddiy Ashan qoʻlqoplariga oʻxshaydilar, biroq oʻyin 
motorini ishlatib, qoʻl harakatlarini hisobga oladi va ekranda immitasiya 
qilishlari mumkin. Bir juft qoʻlqop narxi 200-500 dollarni tashkil qiladi. 
Eng 
qiziqarli 
qurilmalar 
qatoriga 
Xitoyning 
Dextra 
Robotics 
kompaniyasining ishlanmasini misol keltirish mumkin. 
 
3.23 - rasm. Dexmo F2 qoʻlqopi 


249 
Dexmo qoʻlqoplari insonning jismoniy sezgilarini virtual ob’yektlar 
bilan oʻzaro ta’sir ettirishga qodir. Ular foydalanuvchi qoʻllari harakatining 
11 darajali erkinligini kuzatadilar va qoʻl virtual ob’yektga tegishi bilan har 
bir barmoq ustida harakat qiladi. Ajablanarlisi shundaki, agar qoʻlga virtual 
tosh olinsa, barmoq oʻtkazgichlari haqiqiy tosh qoʻlda boʻlgandagiga 
qaraganda qattiqroq siqishga imkon bermaydi. 
Dextra Robotics bilan bir qatorda, Oculus, Contact Ci, Manus VR, 
HTC va boshqa kompaniyalar tomonidan ham qoʻlqoplar yaratilgan. 
VR xonasi (yoki CAVE tizimi, gʻor) virtual olamga toʻliq shoʻngʻish 
tajribasini ta’minlaydi. Shlemlardan koʻra xonalarning asosiy ustunlik va 
afzalliklari yuqori rasm oʻlchamlari, tomosha kechikishining pastligi, keng 
koʻrish maydoni, xona boʻylab boshni va fazoviy “sichqoncha”ni 
harakatlantirish, agar kerak boʻlsa, butun tanani, shu jumladan barmoqlarni 
(agar 
virtual 
reallik 
kostyum 
va 
qoʻlqoplaridan 
qoʻshimcha 
foydalanilganda) harakatga keltira oladi. Albatta, bunday xonaning narxi, 
shlem kabi, 100 dollar emas, lekin nisbatan arzonroq 3D proyektorlar 
chiqarilgandan keyin narx pasaymoqda. 
Inson oʻzining uyiga VR xonasini oʻrnatishi mantiqqa toʻgʻri 
kelmaydi, lekin koʻngilochar joylarda bu texnologiyalarni sinab koʻrish 
mumkin. Masalan, Moskvada ExitGames qvest oʻyin markazi HTC Vive 
tomonidan ishlab chiqilgan texnologiyalar asosida Rossiyada birinchi 
virtual reallik xonasini ochdi. Oʻyin 60 daqiqa davom etadi, unda bir 
vaqtning oʻzida 5 kishi qatnashishi mumkin. Moskva davlat universitetida 
ham shunga oʻxshash xonalar mavjud. Toʻgʻri, talabalar ularda 
oʻynashmaydi, lekin ilmiy tajribalar oʻtkazishadi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, virtual va toʻldirilgan reallik dastlab, 
harbiy va tibbiy ehtiyojlar uchun ishlab chiqilgan, ammo vaqt oʻtishi bilan 
ushbu texnologiyalar koʻngilochar oʻyinlar sanoatida rivojlana boshladi. 
Mutaxassislar ushbu texnologiyalar kelajagi haqida turli xil prognozlarni 
berishmoqda. 
Jumladan, Oculus bosh ilmiy xodimi Maykl Abrash 2016 yil noyabr 
oyida boʻlib oʻtgan Connect konferentsiyasida kelgusi besh yil ichida 
sohaning rivojlanishi toʻgʻrisida qator farazlarni ilgari surdi. Abrash virtual 
reallikning vizual xususiyatlarini yaxshilash muhim deb hisoblaydi. 
Tabiatan, inson 220 gradusli koʻrish qobiliyatiga ega – har bir gradusga 


250 
120 piksel toʻgʻri keladi. Rift va Vive kabi zamonaviy shlemlar har bir 
gradusi 15 pikselga teng boʻlgan 100 gradusli koʻrish maydoni va 1080 × 
1200 imkoniyatini beradi. Uning fikriga koʻra, besh yil ichida, har bir 
gradusga toʻgʻri keluvchi piksellar sonini – 30 ga yetkazib, ikki baravar 
oshirishga va har bir koʻz uchun 4000 × 4000 oʻlchamdagi koʻrish 
maydonini 140 gradusgacha kengaytirishga umid qilishimiz mumkin. 
Abrash “toʻldirilgan virtual reallik” deb ataladigan real dunyoga 
virtual olam elementlarini qoʻshish masalasiga toʻxtalgandi. Kelajakda 
shlemlar boʻshliqni skanerlashi va foydalanuvchining jismoniy muhitidan 
VR 
ilovalariga 
buyumlarni 
oʻtkazishlari mumkin. Shuningdek, 
foydalanuvchini real vaqt rejimida videotasvirga olingan joylarga 
«teleportatsiya» qilish ham ahamiyatli boʻlishi mumkin. Asosan, bu aralash 
reallikka oʻxshaydi. Abrash aniqlik kiritib: toʻldirilgan virtual reallik 
shlemlari toʻldirilgan reallik shlemlaridan keskin farq qilishini, chunki ular 
nafaqat grafikalarni joylashtirishga, balki har bir pikselni aralash sahnada 
boshqarishga imkon berishini aytgan. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling