27
raqamli
arxivlar, virtual korxonalar, kriptovalyutalar – elektron pullar,
ijtimoiy tarmoqda marketing
xizmatlaridan foydalanish, blokcheyn
texnologiyasini joriy etish, korxonalarning raqamli “choʻntak”lari, raqamli
dividendlar va boshqalar kiradi.
Raqamli iqtisodiyot yoʻnalishlari bigdata, sun’iy intellekt,
blokcheyn,
kvant texnologiyalari, ishlab chiqarish texnologiyalari, sanoat
internet,
robototexnika, simsiz aloqa, virtual reallik kabilardan iborat.
Raqamli texnologiyalarni yaratish va amaliyotda qoʻllash bir qator
iqtisodiy qonunlarga tayanadi.
Gordon Mur qonuni
Gordon Mur Intel korporatsiyasining sarmoyaviy raisi boʻlib, uning
qonuni soʻnggi 40 yil davomida oʻzgarmagan va yana kamida 15 yil
davomida haqiqatligicha saqlanib qoladi. Ushbu qonunga koʻra:
«Mikroprosessorlarning hisoblash kuchi va xotira chiplarining zichligi
oʻzgarmas narxda taxminan har 18 oyda yoki 1,5- 2
yilda ikki baravar
ortadi.»
Qonunning kashf etilish tarixi. 1965 yilda elektronika jurnali Gordon
Murdan kelgusi 10 yil ichida yarimoʻtkazgichlar sanoatining rivojlanishini
prognozlashni soʻragan. Janob Mur oʻsha davrda mavjud boʻlgan
texnologiyalarning
imkoniyatlari
va
yarimoʻtkazgichli
chipning
murakkablashish sur’atini tahlil qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: