O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/177
Sana03.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1743996
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   177
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

Raqamli iqtisodiyot – bu innovatsion gʻoya. Ushbu fikr Jahon banki 
tomonidan 2016 yil “Jahon taraqqiyoti haqida ma’ruza – 2016: raqamli 
dividendlar” ma’ruzasida ma’lum qilingan. Ushbu tadqiqot xulosalari 
mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning naqadar 
dolzarb va muhim masala ekanligini koʻrsatadi. Xususan, internet 
tezligining 10 foizga oʻsishi mamlakat YaIM oʻsishiga olib keladi. 
Rivojlangan davlatlarda bu koʻrsatkich 1,21 foizni tashkil etsa, 
riojlanayotgan mamlakatlarda 1,38 foizga teng. Demak, internet tezligi 2 
barobar oshadigan boʻlsa, YaIM hajmi 13-14 foiz ortishiga erishish 
mumkin. 
Hozirgi kunda xizmat koʻrsatish biznesida barqarorlikka erishish 
ilgarigidan koʻra, misli koʻrilmagan darajada juda qiyin boʻlib ketgan. 
Mustahkam raqobatli ustunlikka erishish, eng yuqori choʻqqiga chiqish 
hamda bu maqomni saqlab qolish oson ish emas. Xususan, Amerika 
statistika ma’lumotlariga koʻra, 2000 yil Fortune – 500 dan oʻrin olgan 
kompaniyalarning 52 foizdan koʻprogʻi hozirgi kunga kelib mavjud emas. 


16 
Yana bir muhim koʻrsatkich: Standart & Pyurs 500 ga kiradigan 
kompaniyalarning oʻrtacha umr uzunligi 1960 yilda 60 yilni tashkil qilgan 
boʻlsa, 2019 yilga kelib 15 yilga qisqargan. Yetakchilik muddatining 
bunday besh karra qisqarishining sababi – butun biznesning, jumladan, 
servis biznesining raqamli asoslarga oʻtishi sanalib, biz hozirgi kunda bu 
hodisaning guvohi va qatnashchisi boʻlib turibmiz. 
Yuz minglab va hatto millionlab odamlarning faoliyatini 
muvofiqlashtirishni talab qiladigan yirik tashkilotlar majmui va ishlab 
chiqarish tizimlarini boshqarish qobiliyatining yangi sifat bosqichiga 
oʻtildi. Alohida tashkiliy muammolar bilan bogʻliq boʻlgan axborot 
nazariyasi, informatika, kibernetika, qarorlar nazariyasi, oʻyinlar nazariyasi 
va boshqalar kabi yangi ilmiy yoʻnalishlarning jadal rivojlanishi davom 
etmoqda. 
Jamiyatni 
axborotlashtirishning 
salbiy 
jihatlaridan 
biri 
bu 
axborotlashgan jamiyat barqarorligining yoʻqotilishidir. Axborotning oʻsib 
borayotgan ahamiyati tufayli kichik guruhlar barcha odamlarga sezilarli 
ta’sir koʻrsatishi mumkin. Bunday ta’sirni, jumladan, ommaviy axborot 
vositalarida faol yoritilgan terror orqali amalga oshirish mumkin. 
Axborotlashishning 
oqibatida 
zamonaviy 
terrorizm 
jamiyatning 
barqarorligini pasaytirishga sabab boʻladi. Axborotlashgan jamiyat 
barqarorligini ta’minlash uchun, hisob siyosatini takomillashtirish orqali 
erishish mumkin. Odamlarni hisobga olish siyosatini kuchaytirishning 
yangi yoʻnalishlaridan biri bu biometriyadir. Biometriya odamlarni 
mustaqil ravishda taniy oladigan mashinalarni yaratish bilan shugʻullanadi. 
2001 yil 11 sentyabr voqealaridan soʻng, AQSh tashabbusi bilan, davlat 
chegaralarini kesib oʻtishda avtomatik mashinalar yordamida odamlarni 
biometrik identifikatsiyalash bilan xalqaro pasportlardan faol foydalanish 
boshlandi. 
Axborotlashgan jamiyatda hisob siyosatini kuchaytirishning ikkinchi 
muhim yoʻnalishi kriptografiyadan keng foydalanish hisoblanadi. Bunga 
misol uyali telefonda SIM-karta boʻlib, unda operatordan ijaraga olingan 
raqamli aloqa kanalining abonentlari tomonidan toʻlovlarni hisobga 
olishning kriptografik himoyasi mavjud. Uyali telefonlar raqamli 
boʻlganligi uchun raqamli tizimga oʻtish barchaga aloqa kanallariga 
ulanish imkonini berdi, ammo SIM-kartalardagi kriptografiyasiz uyali 


17 
aloqa ommaviylasha olmasdi. Ya’ni, uyali aloqa operatorlari abonent 
hisobida pul mablagʻlari mavjudligini va aloqa kanalidan foydalanish 
uchun pul mablagʻlari echib olinganini ishonchli nazorat qila olmasdilar. 
Soʻnggi paytlarda “shon-sharaf odamlari”
4
tobora sezilarli va 
ta’sirchan boʻlib bormoqda. Ushbu ijtimoiy qatlam katta daromadlari bilan 
ajralib turadi, ularning asosiy qismi shon-shuhratga bogʻliq. Shaxsiy 
mashhurlik ular tomonidan pul, aloqalar, manfaatli lavozim va boshqa 
imtiyozlarga almashinilishi mumkin. Axborotlashgan jamiyatda shaxsiy 
shon-sharaf muhim manbaga aylanadi. Rayt Mills birinchi marta ushbu 
yangi ijtimoiy qatlamga e’tibor qaratdi.
Rossiya Federatsiyasida hokimiyat organlarining axborotlashgan 
jamiyatni rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatini ishlab chiqish va 
amalga oshirish boʻyicha faoliyatida bir necha bosqichlarni ajratish 
mumkin. Dastlabki (1991-1994) yillarda axborotlashtirish sohasida 
poydevorlar shakllandi. Ikkinchi bosqich (1994-1998 yillar) ustuvorlik 
axborotlashtirishdan axborot siyosatini ishlab chiqishga oʻzgartirilganligi 
bilan tavsiflanadi. Bugungi kungacha davom etayotgan uchinchi bosqich – 
bu axborotlashgan jamiyatni qurish sohasidagi siyosatni shakllantirish 
bosqichidir. 2002 yilda Rossiya Federatsiyasi hukumati “Elektron Rossiya 
2002-2010” Federal maqsadli Dasturini qabul qildi, bu Rossiya 
mintaqalarida axborotlashgan jamiyatning rivojlanishiga kuchli turtki 
boʻldi. 2008 yilda Axborotlashgan jamiyatni 2020 yilgacha rivojlantirish 
strategiyasi qabul qilindi. 
Shaxsiy biometrik ma’lumotlarning maxfiyligi va anonimligini 
ta’minlash maqsadida Rossiya rivojlangan davlatlar ichida birinchilardan 
boʻlib milliy standartlarning maxsus toʻplamini yaratdi: GOST R 52633.0-
2006; GOST R 52633.1-2009, GOST R 52633.2-2010; GOST R 52633.3-
2011; GOST R 52633.4-2011; GOST R 52633.5-2011. Boshqa 
mamlakatlarda inson biometriyasini shaxsiy kriptografik kalitlariga 
aylantirish boʻyicha milliy standartlar hali mavjud emasligi sababli, 
kelajakda GOST R 52633.xx paketi standartlari tegishli xalqaro standartlar 
uchun asos sifatida ishlatilishi kutilmoqda.
4
Гринин Л. Е. Информационное общество и феномен известности. История и современность. № 2-2009. 
С. 3-33.


18 
2010 yilda Belorusiya Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan 
Belorusiyada 2015 yilga qadar Axborotlashgan jamiyatni rivojlantirish 
Strategiyasi
5
va uni amalga oshirish boʻyicha 2010 yilga moʻljallangan 
ustuvor tadbirlar rejasi tasdiqlangan. Ushbu mamlakatda axborotlashgan 
jamiyatni rivojlantirish 
umummilliy ustuvor yoʻnalishlardan biri 
hisoblanib, 
axborotlashgan 
jamiyatning 
asoslarini 
shakllantirish 
yakunlandi, axborotlashtirishning huquqiy asoslari yaratildi. Belarus 
Respublikasida 2015 yilgacha Axborotlashgan jamiyatni rivojlantirish 
strategiyasiga muvofiq, elektron xizmatlarni taqdim etish (elektron 
hukumat) davlat tizimini rivojlantirish uchun axborot-kommunikatsiya 
infratuzilmasining asosiy tarkibiy qismlarini yaratilib, uni rivojlantirish 
boʻyicha ishlar tugallangan. Mazkur Strategiya elektron xizmatlarni taqdim 
etish maqsadida davlat axborot resurslarini birlashtirgan umummilliy 
axborot tizimini; axborotning oʻzaro ta’siri uchun yagona xavfsiz muhitni; 
ochiq kalitlarni boshqarishning davlat tizimini; jismoniy va yuridik 
shaxslarni identifikatsiyalash tizimini, shuningdek, toʻlov operatsiyalari 
amalga oshiriladigan yagona hisob-kitob axborot makoni bilan 
integratsiyalashgan toʻlov platformasini oz ichiga oladi. 
Axborotlashtirish rejasiga koʻra, Belorussiya Respublikasida 2015 
yilda har bir universitetda keng polosali Internetga ulanish imkoniyati 
mavjud boʻlib, Internetga keng polosali ulanish portlari 3 milliongacha 
yetgan. 2020 yilda mobil Internetdan foydalanuvchilar soni 4,4 millionga 
etdi. Bugungi kunda Belorusiya maktablarining 87% dan ortigʻida 
Internetga ulanishning biron bir shakli mavjud, 21% dan ortigʻi esa keng 
polosali ulanish imkoniyatiga ega. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling