O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqamli iqtisodiyot
Raqamli iqtisodiyot – bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni
raqamli texnologiyalarni qoʻllash asosida amalga oshirish tizimidir. Ba’zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. 1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte “raqamli iqtisodiyot” terminini amaliyotga kiritdi. Raqamli iqtisodiyot – bu noldan boshlab yaratilishi lozim boʻlgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga koʻchirish deganidir. Raqamli iqtisodiyot belgilari: 1. Yuqori darajada avtomatlashtirilganlik 2. Elektron hujjat almashinuvi 3. Buxgalterlik va boshqaruv tizimlarining elektron integratsiyalashuvi 4. Ma’lumotlar elektron bazalari 5. CRM (Mijozlar bilan oʻzaro munosabat tizimi mavjudligi) 6. Korporativ tarmoqlar Raqamli iqtisodiyot – bu jamiyat ne’matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarida elektron hamda axborot- kommunikatsion texnologiyalarini keng joriy etishni koʻzda tutadigan insonning xoʻjalik faoliyatini tadqiq etuvchi fandir. Raqamli iqtisodiyot atamasi ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor oʻrni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu oʻziga hos nazariya boʻlib, uning oʻrganish ob’yekti, axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Axborotlashgan jamiyatni rivojlanish bosqichlari Sivilizatsiyani rivojlanish tarixida bir nechta axborot inqiloblari roʻy bergan. Bunda axborotlarni qayta ishlash sohasidagi tub burilishlar oqibatida jamiyatdagi munosabatlari ham oʻzgargan.. 1.Yozuvni ixtiro qilinishi. Bilimlarni avloddan avlodga oʻtkazish imkoniyati paydo boʻlgan. 13 2. Kitob bosmasini ixtirosi (XVI a. oʻrtalari) sanoatlashgan jamiyatni , madaniyatni va faoliyatni tashkil qilishni mutlaqo oʻzgartirib yuborgan. 3. Elektr-energetika ixtirosi (XIX a. oxiri), tufayli istalgan hajmdagi ma’lumotni toʻplash, tezkor uzatish imkonini beruvchi telegraf, telefon, va radio paydo boʻldi. 4. Mikroprotsessorli texnologiyalar ixtirosi va shaxsiy kompyuterlar paydo boʻlishi (XX a.70-yy.). Mikroprotsessorlar va integral sxemalar asosida kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, ma’lumotlarni uzatish tizimlari (axborot kommunikatsiyalari) yaratiladi. Toʻrtinchi axborot inqilobi yangi bilimlarni ishlab chiqish uchun texnologiyalar, texnik vositalar va uslublarni ishlab chiqish bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan hamda axborotlashgan jamiyat qurilishiga olib keluvchi axborot sanoatini birinchi darajali tarmoqqa aylantirdi. Axborotlashgan jamiyat – ishlovchilarning katta qismi axborotlarni, ayniqsa axborotning eng yuqori shakli bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash, sotish va almashish bilan band boʻladigan jamiyatdir. Axborotlashgan jamiyat – shunday jamiyatki, bunda ishlovchilarning aksariyat katta qismi axborotlarni ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash, sotish va almashish bilan band boʻladilar. Bunda axborot eng muhim vositaga aylanadi. Axborotlashgan jamiyat me’zonlari: 1.Kompyuterlar mavjudligi. 2.Kompyuter tarmoqlarining rivojlanish darajasi. 3.Axborot sohasida band boʻlgan aholi soni. 4.Kundalik hayotda axborot texnologiyalaridan foydalanish. Texnik vositalar va axborot resurslarini rivojlanish bosqichlari: 1.Mexanikagacha boʻlgan davr (chigʻanoqlardan marjonlar, taxtadagi oʻyilmalar, arqondagi tugunchalar bogʻlami, barmoq va toshlardagi hisoblar, abak, suan-pan, schetlar, logarifmik lineyka). 2. Mexanika davri *1646y. qoʻshish va ayirishni amalga oshiruvchi «Paskalina», *1671y. Leybnis mashinasi koʻpaytirish va boʻlish amallarini bajara olgan *1847y. Odner arifmometridan elektron kalkulyatorlar paydo boʻlguncha foydalanilgan. 14 *1802y. Jakkard ma’lumot kiritishni boshqarish mumkin boʻlgan mashina yaratgan. 3. Elektron-hisoblar davri (Elektron hisoblash mashinalari va ularning analoglari) EHAlarida matematik kattaliklar qandaydir fizik kattaliklarning uzluksiz mohiyati sifatida namoyon boʻladi. EHAlar asosan chiziqli va differensial tenglamalarni yechish uchun qoʻllanilgan. EHMlarda esa sonlar raqamlar ketma-ketligi sifatida namoyon boʻladi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling