O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/177
Sana03.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1743996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

SH.M. Mirziyoev 
SOʻZ BOSHI 
Hozirgi vaqtda raqamli iqtisodiyot eng ko’p rivojlangan mamlakatlar 
bu AQSH va Xitoy hisoblanib, dunyo bo’yicha blokcheyn texnologiyalarga 
doir patentlarning 75 foizi aynan shu davlatlar hissasiga to’g’ri keladi. O’z 
navbatida internet mahsulotlarining 50 foizini aynan shu davlatlar aholisi 
iste’mol qiladi. Bugungi kunda, ayniqsa, beshinchi avlod (5G) mobil 
texnologiyasi rivojlanib bormoqda. Aloqa sifati va ma’lumotlarni uzatish 
tezligining yuqoriligi, energetik samaradorligi inson salomatligiga zararsiz 
ekanligidan tashqari, bu texnologiya foydalanuvchilarga yangidan yangi 
imkoniyatlarni beradi. Masalan, internet mahsulotlari, keng polosali 
mediaservislardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi, tabiiy ofatlar 
bo’lgan joylarda ham aloqa o’rnatish imkonini beradi. 
Raqamli ma’lumotlar qimmatbaho iqtisodiy resurs hisoblansa-da, u 
raqamli tafakkurga aylanganidagina foyda keltiradi. Raqamli iqtisodiyot kirib 
kelishi bilan raqamli platformalar yaratish va tez sur’atlarda o’sib borayotgan 
raqamli ma’lumotlarni monetizatsiya qilish muammolari vujudga kelmoqda. 
Bunda qiymat yarata olish yo’llarini, mazkur jarayonlardagi to’siqlarni 
bartaraf etish vositalarini aniqlash muhimdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Raqamli iqtisodiyot” fani talabalarga 
o’quv kursi sifatida o’qitilishi dolzarb hisoblanadi. Raqamli texnologiyalar 
nisbatan yangi soha bo’lganligi uchun talabalar mazkur sohada bilim va 
ko’nikmalarni egallashlari uchun o’quv adabiyotiga ehtiyoj seziladi.
“Raqamli iqtisodiyot” fani talabalarda raqamli yechimlar bazasida 
inson faoliyatini tashkil qilishning ilg’or texnologik va iqtisodiy usullari 
borasida istiqbolli fikrlashlarini shakllantirishga qaratilgan fan bo’lib, fanning 
maqsadi raqamli iqtisodiyot determinantlariga asoslangan iqtisodiy, 
texnologik, tashkiliy-boshqaruv bilimlaridagi qobiliyatlarini rivojlantirish, 
talabalar uchun zarur bo’lgan raqamli iqtisodiyot qamrovi va mazmun 
mohiyati to’g’risida nazariy va amaliy bilimlari majmuini shakllantirish, 
yuqori ilg’or texnologiyalar va ularni tadbiq etish bilan tanishtirishdan iborat. 




Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling