O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
Jamiyatning axborot resurslari Jamiyatning an’anaviy resurslari moddiy, xom-ashyo, tabiiy, energetika, mehnat, moliyaviy resurslar shaklida boʻladi. Zamonaviy jamiyatning eng muhim resurs shakllaridan biri bu – axborot resurslaridir. Axborot resurslari— bu alohida hujjatlar yoki hujjatlar massividir, shuningdek, axborot tizimlari: kutubxonalar, arxivlar, fondlar, bank ma’lumotlari va boshqalardagi hujjat va hujjatlar massividir. Axborot resurslariga shuningdek, ixtiyoriy koʻrinishda shakllantirilgan va istalgan tashuvchidagi ilmiy-texnik bilimlarning barchasi, adabiyot va san’at asarlari, jamiyat-davlat ahamiyatiga ega axborotlar toʻplami kiradi. Jamiyatning axborot resurslari hozirgi paytdagi ahamiyatiga koʻra, moddiy, homashyo, energetika, mehnat va moliyaviy resurslar strategik resurslar sifatida qaralmoqda. Axborot resurslari klassifikatsiyasi: 1.Kutubxona resurslari. Katta hajmli axborot resurslari kutubxonalarda yashiringan. Asosan an’anaviy resurs shakllari yetakchilik qilsada, keyingi yillarda kutubxona resurslari raqamli (qogʻozsiz) koʻrinishiga oʻtkazilmoqda. 2. Arxiv resurslari. Arxivlar mamlakatning tarixi va madaniyati bilan bogʻliq (ba’zida koʻp asrlik) ma’lumotlarni yashirib turadilar. Arxiv ma’lumotlarning hajmi juda katta. 3. Ilmiy-texnik axborot. Hamma rivojlangan mamlakatlarda ilmiy- texnik axborortlarning maxsus tizimi mavjud. Ular koʻp sonli maxsus 15 nashrlarni, patent xizmatlarini va boshqalarni qamrab oladi. Ma’lumotlarning bu koʻrinishi koʻpchilik hollarda qimmatbaho hisoblanadi. 4. Davlat boshqaruvi va huquqiy axborot. Qonunlar toʻplami, kodekslar, normativ aktlar, huquqiy axborotning boshqa shakllari, qaysiki hech bir davlat ularsiz mavjud boʻla olmaydi. 5. Tarmoq axboroti. Ijtimoiy, sanoat, agrar yoki jamiyatning ixtiyoriy sohasida tarmoq axborot resurslari mavjud boʻladi. 6. Moliyaviy va iqtisodiy axborot 7. Tabiiy resurslar toʻgʻrisidagi axborot va sh.k. Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon “Yangi raqamli iqtisodiyot” turli xil atamalar bilan nomlanadi. Masalan, “postindustrial iqtisodiyot” (D.Bell), “Axborotlashgan iqtisodiyot” (O.Toffler), “Megaiqtisodiyot” (V.Kuvaldin), “axborot va aloqaga asoslangan iqtisodiyot” (I. Niiniluto), “texnoiqtisodiyot yoki raqamli iqtisodiyot” (B. Geyts), “bilimlarga asoslangan iqtisodiyot” (D. Tapskott). Ushbu tushunchalarni bogʻlab turadigan omil – bu iqtisodiy jarayonlarning globallashuv jarayonida axborot texnologiyalarning birlamchi oʻrinni egallashi boʻlib hisoblanadi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling