O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
I BOB. RAQAMLI JAMIYATNING SHAKLLANISHI
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
I BOB. RAQAMLI JAMIYATNING SHAKLLANISHI
1 § Raqamli jamiyatning umumiy asoslari Reja: 1. “Raqamli iqtisodiyot” tushunchasining mohiyati va ahamiyati 2. “Axborotlashgan jamiyat” tushunchasi va uning rivojlanish bosqichlari 3. “Raqamli iqtisodiyot” va “raqamli jamiyat” kategoriyalariga nazariy yondashuvlar Axborotlashgan jamiyat – bu ishlovchilarning koʻpchilik qismi axborot ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan shugʻullanadigan jamiyatdir, ayniqsa uning eng yuqori shakli – bilim hisoblanadi. Jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishining ushbu bosqichi quyidagilar bilan tavsiflanadi: Jamiyatda axborot, bilim va axborot texnologiyalar rolining ortib borishi; axborot texnologiyalari, aloqa-axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchilar soni hamda AKTni yalpi ichki mahsulotdagi ulushining koʻpayishi; telefoniya, radio, televidenie, Internet, shuningdek an’anaviy va elektron ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda jamiyatni axborotlashtirishni jadallashuvi; quyidagilarni ta’minlovchi global axborotlashgan jamiyatni yaratish: • odamlarning samarali axborotlashgan oʻzaro ta’siri; • jahon axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati; • ularning axborot mahsulotlari va xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish; elektron demokratiya, raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat, raqamli bozorlar, elektron ijtimoiy va biznes tarmoqlarini rivojlantirish. “Axborotlashgan jamiyat” tushunchasi kibernetika yaratilishi bilan 1940 yillarda paydo boʻlgan, keyinchalik ushbu atama kompyuterizatsiya, axborot va raqamli texnologiyalar faol rivojlana boshlagan paytda keng qoʻllanila boshlandi. Ushbu tushuncha amerikalik C. Shennon, N. Viner, 8 D. fon Neyman, ingliz logisti va kriptografi A. Tyuring, sovet matematiklari maktabi asoschisi A. N. Kolmogorov kabi olimlarning nomlari bilan bogʻliq. “Axborotlashgan jamiyat” atamasining yaponcha versiyasi 1961 yilda Kisyo Kurokava va Tadao Umesao (ingliz) oʻrtasidagi suhbat paytida paydo boʻlgan 1 . Keyinchalik bu atama deyarli bir vaqtning oʻzida Yaponiya va AQShda T. Umesao (1963) va F. Maxlup (1962) tomonidan ishlatilgan. 2 “Axborotlashgan jamiyat” nazariyasi M. Porat, J. Masuda, T. Stounyer, R. Kars va boshqalar kabi taniqli mualliflar tomonidan shakllantirilib rivojlantirilgan 3 . Mazkur nazariya zamonaviy jamiyatni shakllantirishga e’tibor qaratgan tadqiqotchilar tomonidan muayyan mezon asosida axborot texnologiyalari taraqqiyotiga shunchaki e’tibor qaratib emas, balki texnologik yoki texnetronik (technetronic — yunoncha techne) jamiyatni shakllantirish nuqtai nazaridan yohud «bilimlashgan jamiyat», «bilimlar jamiyati» yoki «bilimlarni qadrlaydigan jamiyat» sifatida bilimlarning ortib borayotgan yoki oʻsib borayotgan rolidan kelib chiqib qoʻllab-quvvatlandi. Bugungi kunda zamonaviy jamiyatning alohida xususiyatlarini tavsiflashda oʻnlab tushunchalar mavjud. 1992 yildan boshlab ushbu atama Gʻarb mamlakatlari tomonidan qoʻllanila boshlandi, masalan, AQShda «Milliy global axborot infratuzilmasi» tushunchasi Milliy Ilmiy Jamgʻarmaning mashxur konferentsiyasidan va B. Klinton hamda A. Gorning mashhur ma’ruzasidan soʻng paydo boʻldi. «Axborotlashgan jamiyat» tushunchasi Evrokomissiyaning Axborotlashgan jamiyat dasturlari boʻyicha Ekspertlar guruhi Evropadagi axborotlashgan jamiyatning eng nufuzli ekspertlaridan biri Martin Bangemann rahbarligida olib borilgan tadqiqotlarida; Kanada, Britaniya va Amerika nashrlarida axborot magistral va supermagistrallari qoʻllanilgan. XX asr oxirida «axborotlashgan jamiyat» va «axborotlashtirish» atamalari nafaqat axborot sohasi mutaxassislarining, balki siyosatchilar, 1 Karvalics Information Society — what is it exactly? (The meaning, history and conceptual framework of an expression) Архивная копия от 26 февраля 2015 на Wayback Machine, 2007 2 Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling