O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/177
Sana03.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1743996
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   177
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

3.33-rasm. Dextre roboti 
Dekstre – ikkita unchalik katta boʻlmagan qoʻl bilan jihozlangan 
robot boʻlib, u astronavtlar kosmik yurishlari paytida ilgari bajargan 
montaj ishlarini aniq bajarishga qodir. Dekstre ob’yektlarni tashishi, 
asboblardan foydalanishi va fazo stantsiyasida uskunalarni oʻrnatishi yoki 
olib tashlashi mumkin. Dekstre shuningdek yoritish, video uskunalari, 
asboblar bazasi va toʻrtta tutqichlar bilan jihozlangan. Datchiklar robotga u 




269 
bilan ishlayotgan ob’yektlarni “sezish” va harakatlar yoki oʻzgarishlarga 
avtomatik ravishda javob berishga imkon beradi. Jamoa toʻrtta oʻrnatilgan 
kamera yordamida ishni kuzatishi mumkin. 
Konstruksiyasi boʻyicha robot odamga oʻxshaydi. Uning yuqori 
tanasi bel atrofida aylana oladi va elkalarini ikki tomondan qoʻllari ushlab 
turadi. 
Sport 
Robotlar oʻrtasida futbol boʻyicha birinchi jahon chempionati 1996 
yilda Yaponiyada boʻlib oʻtgan. 
Transport 
Prognozlarga koʻra, 2025 yilda toʻliq avtomatlashtirilgan yengil 
avtomobillar ishlab chiqarish 600 ming donani tashkil etadi. 
Harbiy soha 
Harbiy dasturlar uchun birinchi toʻliq avtonom robotlar ancha ilgari 
ishlab chiqilgan. Xalqaro muzokaralarda ularga ta’qiq oʻrnatila boshlandi. 
Yongʻin xavfsizligi 
Yongʻin robotlari (robotlashgan qurilmalar) yongʻinni oʻchirishda 
faol qoʻllaniladi. Robot yongʻin manbasini inson yordamisiz mustaqil 
ravishda aniqlay oladi, koordinatalarni hisoblab chiqadi, soʻndirish 
vositasini olov markaziga yoʻnaltiradi. Odatda, ushbu robotlar portlash 
havfi boʻlgan ob’yektlarga oʻrnatiladi. 
 
Xulosa 
Robotlashtirishning ijtimoiy oqibatlari 
Ta’kidlanishicha, 
rivojlangan 
mamlakatlarda 
qoʻl 
mehnatiga 
sarflanadigan soatlik ish haqi yiliga 10-15 foizga, robot qurilmalarini 
ishlatish qiymati esa 2-3 foizga oshadi. Shu bilan birga, amerikalik 
ishchining soatlik ish haqi darajasi XX asrning 70-yillari oʻrtalarida 
robotning bir soatlik ish haqidan oshib ketdi. Natijada, ish joyidagi 
odamni robotga almashtirish taxminan 2,5-3 yil ichida sof foyda keltira 
boshladi
80

Ishlab chiqarishni robotlashtirish arzon ishchi kuchiga ega 
iqtisodiyotlarning raqobatdosh ustunligini pasaytiradi va malakali ishchi 
kuchining ishlab chiqarishdan xizmat koʻrsatish sohasiga oʻtishiga olib 
80
V. L. Konyux. Istoriya robototexniki // Osnovi robototexniki. — Rostov-na-Donu: «Feniks», 2008. — 
С. 21. — 281 с. — ISBN 978-5-222-12575-5 


270 
keladi. Kelajakda ommaviy kasb egalari (haydovchilar, sotuvchilar) 
robotlashtiriladi.
1990-2007 yillar orasida AQSh sanoatida ishlatiladigan robotlar 
sonining bittaga koʻpayishi oltita ish joyining qisqarishiga olib kelgan. Har 
mingta ishchi oʻrnidagi yangi robot iqtisodiyotidagi oʻrtacha ish haqini 
yarmigacha kamaytiradi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling