269
bilan ishlayotgan ob’yektlarni “sezish” va harakatlar yoki oʻzgarishlarga
avtomatik ravishda javob berishga imkon beradi. Jamoa toʻrtta oʻrnatilgan
kamera yordamida ishni kuzatishi mumkin.
Konstruksiyasi boʻyicha robot odamga oʻxshaydi. Uning yuqori
tanasi bel atrofida aylana oladi va elkalarini ikki tomondan qoʻllari ushlab
turadi.
Sport
Robotlar oʻrtasida futbol boʻyicha birinchi jahon chempionati 1996
yilda Yaponiyada boʻlib oʻtgan.
Transport
Prognozlarga koʻra, 2025 yilda toʻliq
avtomatlashtirilgan yengil
avtomobillar ishlab chiqarish 600 ming donani tashkil etadi.
Harbiy soha
Harbiy dasturlar uchun birinchi toʻliq avtonom robotlar ancha ilgari
ishlab chiqilgan. Xalqaro muzokaralarda ularga ta’qiq oʻrnatila boshlandi.
Yongʻin xavfsizligi
Yongʻin robotlari (robotlashgan qurilmalar) yongʻinni oʻchirishda
faol qoʻllaniladi. Robot yongʻin manbasini inson yordamisiz mustaqil
ravishda
aniqlay oladi, koordinatalarni hisoblab chiqadi, soʻndirish
vositasini olov markaziga yoʻnaltiradi. Odatda, ushbu robotlar portlash
havfi boʻlgan ob’yektlarga oʻrnatiladi.
Xulosa
Robotlashtirishning ijtimoiy oqibatlari
Ta’kidlanishicha,
rivojlangan
mamlakatlarda
qoʻl
mehnatiga
sarflanadigan soatlik ish haqi yiliga 10-15 foizga,
robot qurilmalarini
ishlatish qiymati esa 2-3 foizga oshadi. Shu bilan birga, amerikalik
ishchining soatlik ish haqi darajasi XX asrning 70-yillari oʻrtalarida
robotning bir soatlik ish haqidan oshib ketdi.
Natijada, ish joyidagi
odamni robotga almashtirish taxminan 2,5-3 yil ichida sof foyda keltira
boshladi
80
.
Ishlab chiqarishni robotlashtirish
arzon ishchi kuchiga ega
iqtisodiyotlarning raqobatdosh ustunligini pasaytiradi va malakali ishchi
kuchining ishlab chiqarishdan xizmat koʻrsatish sohasiga oʻtishiga olib
80
V. L. Konyux. Istoriya robototexniki // Osnovi robototexniki. — Rostov-na-Donu: «Feniks», 2008. —
С. 21. — 281 с. — ISBN 978-5-222-12575-5
270
keladi. Kelajakda ommaviy kasb egalari (haydovchilar, sotuvchilar)
robotlashtiriladi.
1990-2007 yillar orasida AQSh sanoatida ishlatiladigan robotlar
sonining bittaga koʻpayishi oltita ish joyining qisqarishiga olib kelgan. Har
mingta ishchi oʻrnidagi yangi robot iqtisodiyotidagi oʻrtacha
ish haqini
yarmigacha kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: