O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.36- rasm. 2020 yilda raqamli ko ʻrinishi
- 3.37- rasm. Raqamli platformalar xaritasi
- 3.38- rasm. Raqamli platformalardan foydalanuvchilar soni
- 3.39- rasm. Kompaniyalarning kapitallashuvi
5. Kriptografik axborotni himoya qilish texnologiyasi – bu….? A. Kvant hisoblash B. Kvant aloqa C. Kvant sensorlar D. Metrologiya 286 10 § Raqamli platformalar Reja: 1. Raqamli platformalar tushunchasi 2. Raqamli platformalar turlari 3. Raqamli platformalar ekotizimi Raqamli transformatsiya raqamli platformalardan foydalanishga asoslangan biznes modellarining inqilobiy oʻzgarishi boʻlib, bozor hajmining oʻsishiga va kompaniyalarning raqobatdoshligiga olib keladi. 3.36- rasm. 2020 yilda raqamli koʻrinishi Raqamli platforma an’anaviy tarmoq va bozorlarni raqamli oʻzgartirishning asosiy vositasi, raqamlashtirish (raqamli avtomatlashtirish) va raqamli transformatsiya strategiyalarini ajratib turuvchi kun tartibidagi global markaziy tushunchadir. 3.37- rasm. Raqamli platformalar xaritasi 287 2018 yilda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilarning eng katta soni Facebook, whatsApp, Youtubeda boʻlib, bir milliard foydalanuvchi chegarasini kesib oʻtdi va bular ma’lumotlar monopoliyasiga ega. 3.38- rasm. Raqamli platformalardan foydalanuvchilar soni Raqamli platformalardan faol foydalanadigan kompaniyalarning kapitallashuvi 2016 yilda 2011 yilga nisbatan sezilarli darajada oshdi va shu bilan General Electric, Exxon Mobile, Shell kabi gigantlarning oʻrnini bosdi. 3.39- rasm. Kompaniyalarning kapitallashuvi 288 3.40- rasm. Kompaniyalarning kapitallashuvi (2013-2018 yy.) Raqamli platforma – bu raqamli hamkorlikning oʻziga xos va ixtisoslashtirilgan tizimini yaratishda asos sifatida foydalaniladigan texnologiyalar guruhidir. Raqamli platforma – ikki yoki undan ortiq oʻzaro bogʻliq boʻlgan ishtirokchilar guruhlari oʻrtasidagi almashuvlarni osonlashtirish orqali qiymat yaratadigan yuqori texnologiyali biznes-modeldir. Raqamli platforma – uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari oʻrtasida oʻzaro foydali aloqalarni ta’minlaydigan korxona boʻlib, u ishtirokchilar uchun ochiq infratuzilmani ta’minlaydi va yangi qoidalarni oʻrnatadi. Raqamli platforma – ma’lumot bilan ishlash uchun raqamli texnologiyalar toʻplamidan foydalanish va mehnat taqsimotidagi oʻzgarishlar tufayli yagona axborot muhitida amalga oshiriladigan, sohaning (yoki faoliyat sohasining) koʻplab mustaqil ishtirokchilarining oʻzaro foydali algoritmik aloqalari tizimi hisoblanadi. Raqamli platforma – buzilgan yangilik, bu axborot va qadriyatlar almashinuvi uchun foydalanuvchilarning koʻp qirrali oʻzaro ta’sirini ta’minlaydigan, umumiy tranzaktsion xarajatlarni kamaytirishga, biznes jarayonlarini soddalashtirishga hamda tovar va xizmatlar yetkazib berish 289 zanjirining samaradorligini oshirishga olib keladigan integratsiyalashgan axborot tizimi hisoblanadi. 88 Ikki yangi bir-biriga bogʻlangan harakatlantiruvchi kuchlar raqamli iqtisodiyotda, xususan, raqamli ma’lumotlar va raqamli platformalarda qiymat yaratishni tobora kuchaytirmoqda. Birinchi harakatlantiruvchi kuch juda katta miqdordagi mashinada oʻqiladigan ma’lumotlarni (raqamli ma’lumotlar) toʻplash, foydalanish va tahlil qilish imkoniyatidir. Ma’lumot oqimining tahminiy baholansa, Global Internet Protokol trafigi 1992 yildagi kuniga 100 gigabaytdan 2017 yilda sekundiga 46000 gigabaytgacha oshdi; 2022 yilga kelib global Internet protokol trafigi sekundiga 150,700 gigabaytga etkaziladi. Ma’lumotlar toʻplaydigan, ma’lumotlarga qayta ishlov berish natijasida xulosalarni ishlab chiqadigan va ma’lumotlarni saqlash, tahlil qilish va modellashtirish bilan shugʻullanadigan kompaniyalarni oʻz ichiga olgan mutlaqo yangi ma’lumotlar qiymati zanjiri paydo boʻldi. Ma’lumotlar raqamli tahlilga aylantirilganda va tijorat maqsadlarida foydalanish uchun monetizatsiya qilinganida qiymat hosil boʻladi. Ma’lumotlar qiymat yaratish va saqlash uchun yangi iqtisodiy manbaga aylandi. Ma’lumotni boshqarish strategik ahamiyatga ega, bu esa ma’lumotlarni raqamli tahlilga aylantirish imkonini bergan holda qudratni oshirish va yangi raqobatdosh ustunliklarga erishishga asos boʻladi. Raqamli ma’lumotlar sun’iy intellekt, blockcheyn, Internet of Things, bulutli hisoblash, ma’lumotlar jadvali va barcha Internet xizmatlari kabi tez rivojlanayotgan raqamli texnologiyalarning tayanchidir. Ikkinchi harakatlantiruvchi kuch bu platformalashdir. Soʻnggi oʻn yillikda butun dunyoda ma’lumotlarga asoslangan biznes modellaridan foydalanadigan va mavjud sohalarda tub burilishlarni qiladigan koʻplab raqamli platformalar paydo boʻldi. Platformalarning kuchliligi, bozor kapitallashuvi boʻyicha dunyodagi eng yirik sakkizta kompaniyaning ettitasi platformaga asoslangan biznes modellaridan foydalanganligi bilan baholanadi. Raqamli platformalar Internetda oʻzaro ta’sir oʻtkazish uchun koʻplab tomonlar oʻrtasida aloqa mexanizmi boʻlib xizmat qiladi. Platformaga asoslangan korxonalar ma’lumotlar iqtisodiyotida katta afzalliklarga ega. Ham vositachi, ham infratuzilma sifatida oʻzlarining 88 https://unctad.org/meetings/en/SessionalDocuments/tdb_ede4d2_ru.pdf 290 pozitsiyalariga koʻra, ular Internetdagi platformalar foydalanuvchilari faoliyati va ular oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik boʻyicha barcha ma’lumotlarni olishlari va qayd etishlari mumkin. Raqamli platformalarning oʻsishi ularning raqamli ma’lumotlarni toʻplash va tahlil qilish qobiliyatiga bevosita bogʻliq, ammo ularning qiziqishlari va xatti-harakatlari daromad olish uchun bunday ma’lumotlarni qanday qilib monetizatsiya qilishlariga bogʻliq. Internetda maqsadli reklama onlayn tarzda sotish, elektron tijorat platformalaridan foydalanish, an’anaviy tovarlarni ijaraga berish yoki bulutli xizmatlarni ijaraga berish orqali ma’lumotlar monetizasiya qilinadi. Ma’lumotlarning alohida qismlari qiymati kam yoki umuman yoʻq. Qiymat ma’lumotlar katta hajmda toʻplanganda hamda hukumatlar, korxonalar, tashkilotlar va shaxslarga ushbu ma’lumotlarga asoslanib tushunish va qaror qabul qilishga imkon berish uchun ishlov berilgandan soʻng paydo boʻladi. Demak, ma’lumotlarni toʻplash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, tahlil qilish va sharhlash qobiliyati raqamli platformalarga qiymat yaratishga imkon beradi. Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi bir qator global firmalar, shuningdek, Xitoy dunyodagi 70 ta eng yirik raqamli platformalarning bozor kapitallashuvining 90% ini tashkil etadi. Evropaning ulushi 4%, Afrika va Lotin Amerikasining ulushi 1%. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling